Ma’ruza №34
Qaynar qatlam pechi va aglomeratsion mashinalarning tasnifi, issiqlik va massaalmashuv
jarayonlari
Tayanch iboralar:
kojux, futerovka, issiqlikni izolyasiyalash, aeroaralashma, qotma, bunker,
kuydirish
kamerasi, issiqlik ajralishi, to‘kish ostonasi,
solishtirma ishlab chiqarish,
aglomeratsiya, telejka, panjara, eksgauster, yoqilg‘i, kuyindi, kuydirish.
Reja: 1.
Qaynar qatlam pechlarining konstruksiyasi. Qaynar qatlam pechlarining tasniflari.
2.
Aglomeratsion mashinalar konstruksiyasi. Aglomeratsion mashinalarning tasniflari.
3.
Issiqlik va massalamashuv jarayonlari.
4.
Qaynar qatlam pechlari va aglomeratsion mashinalarning qo‘llanilishi.
Qaynovchi qatlamda kuydiruvchi material oldindan maydalangan va 6% namlikkacha
quritilgan bo‘lishi kerak. Pechning tag qismidagi teshiklardan to‘xtatmasdan havo uzatilib
turiladi. Materialning tashqi ko‘rinishi suvning qpynash jarayoniga o‘xshab ketadi.
Pechning
nomi shundan kelib chiqqan. To‘xtamasdan aralashmani va qattiq bo‘laklarning bir-biriga
urilishi natijasida gaz plenkasi va hosil bo‘lgan oksidlarning plenkasi yo‘qoladi va bu kuydirish
jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishiga olib keladi. Qaynovchi qatlam pechlarining eng katta
kamchiliklari birinchi o‘rinda chang chiqishining ko‘pligidir.
Qaynovchi qatlam pechlari
silindrik yoki to‘rt burchak kamera, maxsus pod, materiallarni yuklash
va chiqarib olish uchun
moslamalar va gaz olib ketuvchi sistemalardan iborat. Agar kuydirish ko‘p sonli ekzotermik
reaksiyalar bilan borsa, qaynovchi qatlam darajasida pechning tag
qismida suvli yoki havoli
issiqlik almashinuvchi, ya’ni o‘ta yuqori issiqlikni olib ketuvchi kesson yoki zmeevik qo‘yiladi.
Kuydiruvchi kamera temir kojuxdan iborat bo‘lib, ichki tomoni shamotli g‘ishtlar bilan
qoplangan. Ayrim hollarda olovbardosh betonlar bilan 200-500 mm qalinlikda qoplanadi. Kojux
bilan olovbardoshlar orasidagi qatlam 10-50 mm gacha bo‘ladi. Ba’zi kuydiruvchi kamera bir
nechta gorizontal yoki vertikal kameralarga bo‘linadi. Bu holda material har bir kamerada o‘z
oqimi bo‘yicha kameradan kameraga o‘tib kuydiriladi. Kuydirish
joyida bir nechta kamera
bo‘lishi ularda turli harorat ushlab turishga olib keladi. Ba’zi hollarda pechlardagi yuqori kamera
gaz havoli aralashmani tinchlantirish uchun kengaytirilgan. Pechning eng asosiy detali-maxsus
podi u orqali havo yoki gaz yuborilib material qaynovchi qatlam holiga olib kelinadi. Podning
konstruksiyasi shunday bo‘lishi kerakki, havo yoki gaz har bir teshikdan bir xil berilishi kerak va
kuydiruvchi mahsulot teshiklardan tushib qolishi mumkin emas. Pechga materiallar yon tarafdagi
devordan yoki bunkerdan metallik tarelkasimon pitatellar orqali svoddan yuklanadi. Ba’zida
pechda materiallar suyuq pulpa ko‘rinishida nasos yoki oqava trubalar orqali yuklanadi. Kuygan
material pechdan o‘z oqimi bo‘yicha chiqib ketuvchi trubalar yoki tuynuklar
orqali qaynovchi
qatlam darajasidan tushadi. Tarkibida changgi ko‘p bo‘lgan gazlar gaz yurishi tuynuklari orqali
yon devorlaridagi yoki svoddagi chang ushlovchi yoki issiqlik ishlatiluvchi qurilmalar orqali
ushlab qolinadi.