Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot
Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik
jarayonlarga aytiladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik
zahiralar hisobidan boradi. Sulfidli xom ashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik
jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish
ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo’lish reaksiyalari isssiqligi hisobiga
amalga oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki
texnologik kislorod ishlatilishi mumkin.
Bugungi kunda dunyo olimlari Yaponiyaning «Onaxama» va «Naosima»,
Kanadaning «Timmins» zavodlarida ishlab kelayotgan «Misubisi», Kanadaning
«Noranda», muxandis Uorkraning «Konzink Riotinton» (Avstraliya) firmasi
tomonidan 1967 yili ishlab chiqilgan «Uorkra» jarayoni, sobiq Ittifoqda ishlab
chiqarilgan (Rossiya) «Vanyukov» jarayonlariga yuqori baho bermoqda. YUqorida
qayd etilgan jarayonlar nisbiy solishtirma unumdorligi, avtogenligi va boshqa bir
qancha texnik- iqtisodiy ko’rsatgichlari bilan, XX asr oxirlarida joriy qilinayotgan
ko’p tomonlama taraqqiy etgan, mukammal pechlar sarasiga kiradi.
216
Avtogen jarayon aslida bugun yoki kecha topilgan yangi jarayon emas. O’z-
o’zidan issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayonlar qariyb 100 yildirki, sulfidli va
oksidli boyitmalarni oksidlovchi kuydirish jarayonida, yoxud shteynlarni
konvertorlash jarayonida ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Bunda sulfidli
birikmalar oksidlanishi, parchalanishi mobaynida yuqori haroratning ajralib
chiqish natijasida boradigan jarayonligi asrimizning boshidayoq sanoat miqiyosida
keng qo’llanilganidan dalolat beradi.
Avtogen jarayonlarda issiqlik almashuvi, massa almashuvi, hamda,
issiqlikning uzatilishini boshqa pechlarda qaraganda umuman boshqacha bo’lishi
kuzatilgan, ya’ni oqova gaz xarakat yo’nalishi toshqolining erish haroratiga
qaraganda, yuqori bo’ladi. SHuning uchun ham issiqlikning yo’qolishi, ya’ni
oqova gaz bilan tashqariga chiqib ketishi bir oz bo’lsada yuqoriroqdir.
YOnilg’ilarning, yoqilg’i resurslarning yildan-yilga kamayib ketishi va elektr
energiya narxining oshib turishi avtogen jarayonlarning mavqeini yuqori
ko’rsatgichga ko’tarib kelmoqda. Chunki avtogenli agregatlarga deyarli yonilg’i
yoki qizitish uchun elektr energiya berilmaydi. Xaroratni oshirish uchun ko’pincha
pechga oksidlash uchun purkalanayotgan havo yoki texnologik kislorod qizdirilib
berilaadi.
Sobiq Ittifoqda avtogen jarayonlarni qo’llash 1968 yilda Olmaliq tog’-
metallurgiya kombinatida «kislorodli mashalli eritish» pechini ishga tushirilishi
bilan boshlandi.
Umuman olganimizda metallurgiyada, xususan mis eritishda butun sarf
bo’lgan xarajatlarning teng yarmi xomashyolarni va shixtalarni tayyorlashga
hamda eritib undan shteyn olishga sarflanadi. Qolgan 50 % xarajat esa
konvertorlash, olovli tozalash, elektroliz yo’li bilan tozalab mis olishga sarflanadi.
Avtogen jarayonlarga yuklanishi mo’ljallangan xomashyo uchun aloxida
talablar qo’yiladi. Bu talablarning asosiysi uning tarkibidagi kerakli birikmalarning
kislorod bilan o’zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning xomashyo
yoki shixtani eritishga etarli bo’lishidadir. Oltingugurt bilan birikkan moddalar
avtogen jarayonlar uchun asosiy xomashyodir. CHunki ular kislorod bilan
reaksiyaga kirishib ekzotermik holatni yuzaga keltirib quyidagicha issiqlik
chiqarish mumkin: Su
2
S - 144,56 kJ/kg, FeS – 336,36 kJ/kg, PbS – 72,76 kJ/kg.
Taqqoslash uchun shuni ko’rsatish mumkinki, o’tin 10,5-12,6 kJ/kg, koks 26,0-
32,0 kJ/kg, neft 41,9-46,0 kJ/kg, tabiiy gaz 35,6-37,7 kJ/m
3
.
Hozirgi vaqtga kelib, to’g’ridan–to’g’ri xomaki mis olishga mo’ljallangan
turli variantlar tavsiya etilmoqda, lekin faqat uchta jarayon: «Noranda»,
«Misubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o’z o’rnini topdi.
Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi 21,3
m, diametri 5,2 m gorizontal silindrik aylanma uskunalarda amalga oshiriladi. 37
% gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida joylashtirilgan
furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75 % Cu li shteyn olinadi.
«Misubisi» jarayoni to’g’ridan – to’g’ri qoramtir mis olishga mo’ljallangan
uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari –
eritish, konverterlash, shlaklarni kambag’allashtirish alohida ovalsimon uchta
217
stasionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan
boshqasiga oqib o’tadi (10.1-rasm).
Vanyukov eritish jarayoni – mis, mis – nikel, mis – rux va boshqa og’ir rangli
metall boyitmalarini qayta ishlash uchun ishlatiladi. Vanyukov jarayonini sanoatda
qo’llash uchun shaxta ko’rishidagi pechlardan foydalanish tavsiya etilgan.
Vanyukov pechlarining optimal uzunligi agregatning kerakli quvvat birligiga
bog’liq bo’lib, 10 m dan 30 m va undan uzun bo’lishi
10.1-rasm.
«Misubisi»
jarayonining
umumiy
ko’rinishi: 1-eritish pechi;
2-shlakni
birlashtirish
pechi;
3-konvertorlash
pechi; 4-mikser; 5-flyus,
havo, kislorod, sovutuvchi
suyuqlik;
6-chiqindi
gazlar; 7-konvertor shlaki;
8-shteyn;
9-shteyn
va
shlak;
10-
birlashtirilgandan
sungi
shlak; 11-shixta, flyus,
havo, kislorod; 12-xomaki
mis.
mumkin. Pechlarning eni havo purkash mashinalari imkoniyati va eritish natijasida
olinayotgan eritmalarning xossasiga bog’liq bo’lib, 2,5 – 3 m ni tashkil etadi;
umumiy balandligi 6 – 6,5 m bo’ladi. Vanyukov pechining alohida xususiyati
purkash furmalarining pechning pastki qismiga nisbatan (1,5 – 2 m dan) yuqorida
joylashganidir. Vanyukov eritish jarayonining xarakterli xususiyati, avval ko’rilgan
jarayonlardan tamomila farqi shundaki, shixtani erishi va sulfidlarni oksidlanishi
shteynli eritmada emas, shlakli eritmada boradi, eritish mahsulotlari pechda boshqa
218
ma’lum eritish usullari singari gorizontal yo’nalishda emas, vertikal – tepadan
pastga qarab harakatlanadi (10.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |