148
Tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlashning texnologik sxemasi
hilma-hilligi bilan ajralib turadi. Qaysi bir sxema tanlash juda ko’p omillarga
bog’liq, ularning asosiylari: rudadagi oltinning tavsifi, rudanning dastlabki
kattaligi,
rudaning moddiy tarkibi, rudada oltindan tashqari kimmatbaho
komponentlarning mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasini murakkablashtiruvchi
komponentlarning mavjudligi va h.k.
Rudadan oltinni ajratib olishning texnologik jarayonlariga tayyorlov
(maydalash, yanchish), boyitish (gravitasion boyitish, flotasion boyitish) va
metallurgik jarayonlar (amalgamasiya, sianlash, sorbsion tanlab eritish, desorbsiya,
rux kukini bilan cho’ktirish (sementasiya), elektrcho’ktirish) kiradi.
Tanlangan texnologik sxema oltinni rudadan yuqori darajada ajratib olishni,
hom ashyoni kompleks ravishda ishlatilishini, moddiy,
energetik va mehnat
resurslarining kam miqdorda sarflanishini, sanoat chichiqindilari bilan atrof-
muhitni eng kam miqdorda ifloslantirishini ta’minlash kerak.
Oltin saralash korxonalarning ohirgi mahsuloti homaki oltin yoki oltinga boy
cho’kma hisoblanadi. Bu mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishi mahsus affinaj
zavodlarida yuqori tozalikdagi oltin olish bilan amalga oshiriladi.
Oltinni rudalardan turli usullarda ajratib olishning keng tarqalgan texnologik
sxemalari 7.1- rasmda keltirilgan.
Kumushning minerallaridan kuyidagi birikmalar mavjud:
6)
Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi .
2) Argentit yoki kumush yaltirogi-AgS sulfidli rudalarda uchraydi, kupincha
tarkibida Su
2
S bo’ladi .
3) Getit Ag
2
Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4) Surma –kumush , mishyak-kumush sulfidli minerallari: stefanit 5Ag
2
S x
Sb
2
S, pirargerit 3Ag
2
S x As
2
S
3
, diskrazit As
3
Sb
2
polimetall
rudalarda kup
tarkalgan.
5) Polibazit 9(Ag,Cu)
2
x(Sb,As)
2
S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu,Ag)
2
S x
Sb
2
S
3
6) Argentoyarazit AgFe
3
(OH)
6
(SO
4
)
2
– temir tug’ma (jeleznыe shlyapы)
toshida bo’ladi.
Kumush oltin bilan birga gidrometallurgik ajratib olinadi va faqatgina affinaj
jarayonida bir biridan ajratib olinadi.
Hozirgi kunda oltin va kumush tug’ma konlarning rudalaridan
gidrometallurgiya jarayonlari va kombinasiyalashgan usul jarayonlari yordamida
ajratib olinadi. Bu usullar hilma-hil va rang-barangdir. Hozir O’zbekiston
sharoitida, rudalar tarkibidagi oltin va kumush sorbsiya,
ekstraksiya,
ionalmashuvchi ionitlar yordamida, er ostida tanlab eritish, to’dada tanlab eritish
orqali xam ajratib olinmokda. Ayrim hollarda, rudaning sulfidli turlari bo’lsa
flotasiya usulini jarayon
tarkibiga kiritish orqali, agar oltin zarralar qatnashsa -
gravitasiya usulidan foydalanish orqali , agar rudada volfram, kalay, temir-pirit
minerallari bo’lsa gravitasiya, magnit, elektr, xatto bakterial-eritish
kabi usullarni
joriy qilish bilan ajratib olinadi.