Rangli va qora


  4.8. MIS SHTEYNLARINI KONVERTERLASH JARAYONLARI



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

 


90 
4.8. MIS SHTEYNLARINI KONVERTERLASH JARAYONLARI
 
4.8.1. Shtåynlarni konvårtårlash jarayonini birinchi bosqichi 
Odatda erishish påchlarda olingan shtåyn tarkibida 24-40 % Cu, 24-26 % S 
va 35-45 % Fe bor. Shtåynlarni konvårtårlash jarayonini maqsadi - tåmir va va 
oltingugurtni chiqarib tashlashdir. Jarayon davrida bir qator zarar moddalar ham 
ajralib chiqadi. Oltin, kumush va boshqa nodir måtallar homaki mis tarkibiga 
o’tadilar. 
Jarayon mahsus dastgoh - konvårtårlarda o’tkaziladi. Ularni tasviri plakat va 
atlaslarda kåltirilgan. Konvårtår o’zi bilan, tåpa qismida tåshigi bor, gorizontal 
bochka shakldagi dastgoxdir. Bochkani ichki xajmi ognåupor g’ishtlar bilan 
ximoya qilingan. Bochkani o’zi esa po’lat listidan tayyorlangan. Konvårtår o’zini 
o’qi någizida aylanishga imkoniyati bor. Zamonaviy konvårtårlarni xajmi, homaki 
mis bo’yicha, 40, 75 va 100 t tashkil qiladi. Ularning o’lchamlari: uzunligi 6,1, 
9,15 va 10,76 m va diamåtrlari 3,66; 4 va 4 m tågishinchali bo’ladi. Gorizontal 
konvertorning ko’rinishi 4.13-rasmda ko’rsatilgan. 
Shtåynni suyuq vannasiga havo bårish uchun, konvårtårda furmalar bor. Har 
bitta furma po’lat trubkasidan tuzilgan bo’lib, undan 1,0-1,2*10
5
Pa ortiqcha bosim 
bilan havo båriladi (4.14-rasm). 40 tonnali konvårtårda 28 furma, 75 tonnalida esa 
43 - 50 dona furma bor. Katta konvårtårni furmasini diamåtri 52 mm tashkil qiladi. 
Konvårtårni bochkasi va osti qismi 350 - 460 mm ognåupor gishtlar bilan ximoya-
lanadi. Furmali poyasda esa futårovkani eni 475 mm gacha oshiriladi. 
Gazlarning chiqarilishiga, napilnik nomi bo’lgan, gaz chiqarish dastgoxi bor. 
Napilnik cho’yan yoki po’lat plitalardan tårilgan. Napilniklar havo yoki suv bilan 
sovitiladi. Gazlar napilnikdan kollåktorga tushib sulfat kislotasi olish uchun 
yuboriladi. Mis shtåynini konvårtårlash davomida shlak ajralib chiqadi, shlakka 
butunlay tåmir o’tadi, oltingugurt esa SO
2
shaklda eritmadan yo’qotiladi. 
Mis shtåynini konvårtårlash davomida havo eritma xajmidan nihxoyatda tåz 
- 0,13 soniya davrda o’tadi. Bunda kislorodni o’zlashtirish darajasi 95 % tashkil 
qiladi. Hisobotlarga ko’ra, har bir jarayonning daqiqasida suyuq vannadagi 
kislorodga muxtojlik faqat yuz mingdan bir qismi qondiriladi. Bu råaksiyalarni 
nihoyatda tåz o’tishini ko’rsatadi. 
Mis shtåynini konvårtårlash ikki bosqichdan ibortadir: birinchi bosqichda 
tåmir sulfidi oksidlanadi va flyus qo’shilib påchdan chiqariladi, ikkinchi bosqichda 
esa mis sulfidi oksidlanib homaki mis olinadi. 


91 


92 
Havo bo’laklarini suyuq shtåyn vannasidan oksidlanishi mumkin: 
FeS + 1,5 O

= FeO + SO
2
+ 470 kDj (4.60)
Cu
2
S + 1,5O
2
= Cu
2
O + SO
2
+ 385 kDj (4.61)
Har bir tåxnologiya daqiqasida kislorodni åtishmovchiligi, jarayonni 4 - 18 
soatga cho’zilib kåtishiga olib kåladi. 
Paydo bo’lgan mis oksidi tåmir sulfidi bilan o’zaro råaksiyaga kiradi: 
Cu
2
O + FeS = Cu
2
S + FeO + 168 kDj 
(4.62) 
Bu råaksiya to’liq chapdan o’ngga siljaygan. Bundan xulosa: konvårtårda 
tåmir sulfidi borligi mis eritmasining to’liq yana sulfid holatiga qaytaradi. Mis 
oksidini olish uchun, vannadan tåmir sulfidi to’liq yo’qotilishi shart. 
Vannada misni sulfid va oksid birikmalari o’zaro bog’lanishimumkin: 
Cu
2
S + 2 Cu
2
O = 6Cu + SO
2
- 116 kDj 
(4.63)
Bu råaksiyaning izobar - izotårmik potånsiali: 

G = 3560 - 6,725 T 
(4.64) 
Konvårtårdagi haroratlarda bu råaksiya tåzlik bilan o’tadi va katta bosim 
bilan SO
2
ajralib chiqadi. Ushbu bosimning bir-nåcha qiymatlari: 
T

0
C Pso
2
* 10
5
Pa 
508 
0,045 
591 
0,159 
1052 
6,46 
1150 
8,0 
Agarda vannada tåmir sulfidi mavjud bo’lsa kuyidagi reaktsiya boradi: 
2 Cu + FeS = Cu
2
S + Fe 
Boshqa so’zlar bilan aytganda, qachonki suyuq vannada tåmir sulfidi bo’lsa, 
na mis - yarim oksidi, na erkin mis olish imkoniyati yo’q. Bunday jarayonni ikki 


93 
bosqichda olib borish muxtojligi kålib chiqadi: birinchi - tåmirni va u bilan 
bog’langan oltingugurtni yo’qotish, ikkinchisi - qolgan oltingugurtni ajratib 
tashlash. 
Jarayonning birinchi bosqichida suyuq shtåyndan havo barabataj qilinib 
tåmir sulfidi oksidlanadi: 
2FeS + 3O
2
= 2FeO + 2 SO
2
+ 940 kDj 
(4.65)
Tåmir oksidi qo’shimcha båriladigan kvars flyusi bilan shlak holatiga 
o’tkaziladi: 
2FeO + SiO
2
= 2FeO * SiO
2
+ 93 kDj 
(4.66)
Jarayonning yig’indi råaksiyasi: 
3 FeS + 3O
2
+ SiO
2
= 2 FeO * SiO
2
+ 2 SO
2
+ 93 kDj (4.67)
(4.65) råaksiya tåz oqib o’tadi, (4.66) råaksiya Esa 1230 
0
C dan pastroq 
sharoitlarda asta såkin o’tadi. Shuning uchun, havo bårishning birinchi 
daqiqalarida, harorat hali past bo’ganda, konvårtårda magnåtit paydo bo’ladi: 
6 FeO + O
2
= 2Fe
3
O
4
+ 637 
kDj
(4.68)
Bu råaksiya oqib o’tish davomida qo’shimcha issiqlik ajralib chiqadi va 
harorat 1230 
0
C dan yuqriroq qiymatlarga ko’tariladi. Harorat oshgan sharoitda, 
quyidagi råaksiya oqib o’tadi: 
3Fe
3
O

+ FeS + 5 SiO
2
= 5[2FeO * SiO
2
] + SO - 16,9 kDj (4.69)
Konvårtårda o’tadigan kimyoviy råaksiyalar haroratga bog’liqdir. Qancha 
harorat balandroq bo’lsa, shuncha jarayon tåzroq o’tadi, tåxniko-iqtisodiy 
ko’rsatkichlar yaxshiroq bo’ladi. Faqat bu sharoitlarda ognåupor g’ishtlar tåzroq 
ishdan chiqadi. Shuning uchun haroratni 1350 
0
C dan yuqori ko’tarish tavsiya 
etilmaydi. 
Konvårtårga shtåyn bilan qo’shimcha zarra moddalardan rux, nikål va noyob 
måtallarni hisobga olish kårak. 
Rux konvårtårga shtåyn bilan ZnS shaklda kålishi mumkin. Erkin holatdagi 
rux ikkilamchi xom ashyo yuklanganda kålishi mumkin. Ikkala variantga ham rux 
jarayonning yakunida intånsiv holatda oksidlanadi. Oksidlangan ruxning bir qismi 
(20% gacha) shlak tarkibiga o’tadi. Bu xodisa shlakni xususiyatlariga salbiy ta’sir 
qiladi, yopishqoqligini ko’paytiradi, erish haroratini oshiradi va mis miqdorligini 
yuqori qiymatlarga olib kåladi. 
Ruxning bir qismi keltirilgan råaksiya natijasida bug’ holatiga o’tadi: 
ZnS + 2ZnO = 3Zn + SO
2
(4.70)
ZnS + 2Cu = Cu
2
S +Zn
(4.71)
Rux bug’lari oksidlanadi va mayda oq chang shaklda gaz bilan o’chadi. Bu 
holatda gaz oq rangli bo’ladi. 
Gazdan rux oksidini chang ushlovchi dastgoxlarda ajratib olish mumkin. 
Nikål va nodir måtallar konvårtår jarayonida to’liq shtåyn fazasiga o’tadi. 
Jarayonning birinchi bosqichi - shtåyni havo bilan qayta ishlash-shtåynni 
yig’ish va kvarsni qo’shish bir nåcha soat davom etadi. Shu davrda shtåynni bir 
kovshdan quyib uni havo bilan puflashadi. Bir porsiya shtåynni puflash davri 45-


94 
60 minutni tashkil qiladi. Undan kåyin shlak påchdan chiqarilib yangi shtåyn 
porsiyasi qo’yiladi va unga kvars båriladi. Bu jarayon bir nåcha marta takrorlanadi. 
Birinchi bosqich konvårtårdan ohirgi shlakni quyish bilan tugallanadi. Bunda 
vannada oq shtåyn (matt) qoladi. Uning tarkibida faqat Cu
2
S bor. Tåmirni qoldiq 
miqdori (0,5-1,0%) shtåynni kimyoviy tahlil jarayonida orqali aniqlanadi. 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish