Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki, hosil bo’ladigan cho’kma kristall tuzilishli bo’lsa, massasi 0,5 g, amorf tuzilishli modda bo’lsa, 0,1—0,3 g atrofida bo’lishi kerak. Namunaning massasi cho’ktirish reaksiyasining tenglamasi asosida quyidagi formula bilan hisoblanadi: kristall cho’kma uchun: , amorf cho’kma uchun: , bu yerda: MA – aniqlanadigan moddaning molekular massasi; MB – tortiladigan shaklning molekular massasi; a, b — reaksiya tenglamasidagi stexiometrik koeffitsiyentlar. Namunaning massasi analitik tarozida 0,0001 g, to’rt xona (10-4) aniqlikda tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |