1-muskul to’qimaning ko’ndalang kesimi,
2-muskul to’qimaning bo’yiga kesimi, 3-muskul tolasi,
4-qon tomiri, 5-siyrak chin biriktiruvchi to’qima.
Preparat: Yurak muskul to’qimasi (26-rasm).
Yurakning bulma va krincha devorlari uchta: tashki – perekardiya, o’rta –miokardiya va ichki – endokardiya qatlamlaridan iborat. Ushbu preparat ot yuragining miokardiya qatlamidan tayyorlangan. Preparat mikroskopning kichik obyektivi orkali karalganda bu muskul to’qimaning siyrak xolda bo’lib joylashgan tolalarini ko’rish mumkin. Tolalari asl biriktiruvchi to’qima bilan o’rab olingan. Yadrolari uzunchok bo’lib, sitoplazmaning o’rta kismida joylashgan. Bu belgisi bilan muskul tolalari skelet muskul tolasidan fark ailadi, chunki skelet muskul tolasining yadrolari sitoplazmaning chetida joylashgan. Bitta tolaning ikkinchi tola uchi bilan tutashgan joyi ko’ra rangda kundalangchizik xolida ko’rinadi. Tolalarining oralarida qon tomirlari va nerv tolalari keng tarkalgan.
26-rasm. Yurak muskul to’qimasi.(G.G.Tinyakovdan).
1-muskul tolasi, 2-muskul tolaning yadrosi,
3-chin siyrak biriktiruvchi to’qima.
Sinov uchun savollar
1.Muskul to`qimasi qanday tuzilgan?
2.Kundalang yo’lli muskul to`qimasi qanday tuzilgan?
3.Sillik muskul to`qimasi qanday tuzilgan?
4.Yurak muskul to`qimasi tuzilishini aytib bering.
9-Mashg’ulot
Mavzu: Nerv to’qimasi.
Mashgulotning maqsadi : Nerv to’qimasiining tuzilishini urganish.
Reja: 1Reseptorlarning tarkibiy tuzilishi.
2. Nerv hujayrasining tuzilishi.
3.Neyronlararo sinapslar va ularning tuzilishi.
4.Nerogliyalar va ularning tuzilishi.
5.Nerv tuqimasi regenerasiyasi.
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetka-zib berish va u yerda analiz-sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga yetkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bog’lanish bo’lib turadi.
Ma’lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta’sirni qabul qiluvchi apparatlar — reseptorlar joy-lashgan. Tashqi ta’sirni qabul qiluvchi reseptorlar eksteroreseptorlar, ichki ta’sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta’sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) yetkaziladi. U yerda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat ney-ronlari, ya’ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqa-li harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) yetkaziladi. Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki bo’shashadi, bezlarn esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muhitda o’zining turgan joyi va yo’nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib chiqib, o’rgangan narsa-hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarknbida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, «balki uchinchi guruh — oraliq (assosiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent iyeyrondan efferent neyronga o’tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |