Silliq muskul to’qima.
Sillik muskul to’qima kavak organlarning devorida uchraydi. Bu to’qimaning tarkibiy kismi muskul hujayralaridan iborat. Muskul hujayralar mioblast nomi bilan ataladiyu mioblastlar uzunchok, urchuksimon shaklida bo’lib, uzunligi 20 dan 500 millimikrongacha bo’ladi. Uning atrofi hujayra membranasi bilan o’ralgan, buni plazmalemma deyiladi. Mioblastlarning sitoplazmasi karioplazma nomi bilan ataladi. Karioplazma Goldji kompleksi, mitoxondriya va donachali plazmatik tur, boshka organoidlariga nisbatan ko`prok uchraydi. Bu organoidlardan tashkari, muskul hujayra uchun maxsus bo’lgan miofibrill ipchalari karioplzmada keng tarkalgan. Oddiy yorug’lik mikroskopi orkali miofibrillarning tashki ko’rinishi bir xil sillik bo’lib ko’rinadi. Shuning uchun ham bu muskulning nomi sillik muskul to’qima deb atalgan. Xar bir mioblastning atrofi siyrak asl biriktiruvchi to’qima bilan urab olingan bulib va shu to’qima orkali mioblastlar bir-biri bilan birikib, muskul to’qimani xosil kiladi. Bu to’qimaning hujayralari orasida kon tomirlari va nerv tolalari keng tarkalgan. Sillik muskul to’qima doimo ritmik ravishda kiskarib turadi.
Yurak muskuli. Yurak muskuli bajaradigan vazifasiga va mikroskopik tuzilishiga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan muskullarga o’xshaydi. Bu muskul silliq muskullarga o’xshab ritmik ravishda qisqarib charchamaydigan xususiyatga yega. Muskul hujayralarning tarkibi ham shunga moslashgan. Innervasiyasi ham odam yoki hayvonlar ixtiyoriga bog`liq emas, markaziy bosh miya orqali mutassil boshqa rib turiladi.
Mikroskopik tuzilishi ko’ndalang yo’lli boshqa muskullarnikiga o’xshaydi. Masalan, uning miofibrillalarida anizatrop va izotrop disklar va ularning o’rtasida telefragma va mezofragmalar bor.
Hozirgi zamonaviy elektron mikroskoplar yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, yurak muskuli o’ziga xos nozik mikroskopik tuzilganligi bilan boshqa muskullardan qisman farq qilar ekan. Masalan, u tolachalaridan emas, balki zanjirsimon shakda bir-biriga birikibketganuzun muskul hujjayralaridan tarkib topgan. Binobarin, uzunchoq shakldagi muskul qujayralari sitoplazmasining o’rtasida asosan yadro joylashgan bo’lib, miofibrillasi periferiya qismida yotadi. Miofibrillalarda xuddi skelet muskullari tolachalaridagidek, qora va oq disk uchraydi.
Miofibrillalari ingichka ( aktin ) va yo’g`on ( miozin ) protofibrillalaridan tashkil topgan. Ular xuddi skelet muskulaturasidagiga o’xshab sarkolemma ichida gekeogana shaklda joylashga. Miofibrillalar orasida mitoxondriylar ( sarkosomalar) nisbatan ko’p uchraydi. Xarakterli tomoni shundaki, bu yerda mitoxondriylarning kriptalari ko’p uchraydi. Bundan ma’lum bo’ldiki, muskul to’qimasida oksidlanish jarayoni nhoyatda tez boradi, natijada jadal ravishda ATF ( adenozintrifosfat ) ishlab chiqarila boshlaydi.
Chuqur tekshirishlardan ma’lum bo’liicha, har bir muskul hujayrasining chegarasi bu—qo’imcha chiziq bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turishda xizmat qiladi. Binobarin, har bir hujayra territoriyasi shunday chiziq bilan ajralib turiladi. Bu chiziq, odatda, tutashuvchi ikkita hujayraning plazmolemmalari tutashishidan hosil bo’ladi. Plazmolemmalar orasida juda kichkina bo’shliq ham bor. Plazmolemmalar bir-biriga barmoqsimon o’simtalar yordamida birikadi. Sarkoplazma ichida boshqa yelementlardan tashqari, o’zi xos ishtirok yetadi. Ularga – sarkoplazmatik to’r deyiladi. Nozik tuzilishiga ko’ra, u ham xuddi skelet muskulturasining membrana apparati to’qimasiga o’xshash bo’ladi. Sorkoplazmatik to’r o’ziga mustaqil ikki xil sturukturadan tashkil topgan. Ular birinchisi miofibrillalar bo’ylab uzunasiga joylashgan bo’lib, boshqa hujayralardagi endoplazmatik to’r vazifasini bajaradi. Ikkinchisi, muskul tolasiga ko’ndalang joylashgan «T» sistema strukturasini tashkil etadi. Ayrim joylarda bu struktura sarkolemmagva ham tutashib turadi. U organizm ta’sirni tashqaridan muskul ichkarisiga uzatilishini ta’minlaydi.
Yurakning ritmik ravishda qisqarib turishi unda boradigan fiziologik regenarasiyani ham bir yo’la ta’minlab turadi. O’z tvazifasini o’tab bo’lgan hujayralar regenarasiya jarayonida yangilari bilan almashinib turadi. Yurakning muskul hujayralari ham. Odatda, ko’payish xossasiga ega.
Zavarzin fikriga tayanadigan bo’lsa, yurakning muskul to’qimasi ontogenezda splanxatam viseral varag`ining alohida epiteliy qismlaridan hosil bo’ladi. Murtak miokardining sodda hujayra tolachalari sistemasini shakllntiruvchi hujayralarning tabaqalanishi ontogenezning dastlabki bosqichlaridayoq yuzaga keladi.
Shikastlangan miokard miositlari, odatda, nobud bo’ladi. Binobarin, miokard reparasiyasi uch xil mexanizm orqali ro’yobga chiqadi.
miositlar shikaslangan joyda zich chandiqli biriktiruvchi to’qima hosil bo’ladi;
2) shikaslanmagan va demak, nobud bo’lmagan miositlar gepertrofiyalanadi;
3) ixtisoslashgan miositlar qisman differensiyalanadi va mitoz yo’li bilan bir marta bo’linadi, bu xodisa faqat shikastlangan soxada yuz bermay, balki brak muskullarining boshqa soxalarida ham yuzaga keladi. Chunonchi, tajribada kalamushning yurak qorinchasida infarkt yuzaga keltirilganda yurak bo’lmachasidagi miositlar ko’plab mitotik bo’linish siklini boshdan kechiradi. Vaxolanki, bo’lmacha shikastlangan qorinchadan ancha uzoqda turadi.
Ma’lum bo’lishicha, odam vahayvonlarning yuragida miokard infakti yuz berganda o’lgan muskul to’qimasi o’rni ana shu mexanizmlar orqali tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |