18-rasm. Elastik tog’ay (I.V.Almazovdan)
1-tog’ayusti parda, 2-elastik tola, 3-tog’ay hujayralari,
4-izogen guruh.
Preparat: Tolador tog’ay (19-rasm).
Tolador tog’ay to’qimaning tarkibida kollogen tolaning mikdori ko`p bo’lib, bir tomondan payga, ikkinchi tomondan gialin tog’ayiga o’xshash bo’ladi. Preparat mikroskopning kichik obyektivi ostida karalganda kollogen tolalar yugon va uzun tutamlarni xosil kilib zich joylashganini ko’rish mumkin. Tolalar orasida tog’ay hujayralar yakka-yakka bo’lib kator tuzilib yotganligi kuzga anik ko’rinadi. Kam mikdorda izogen gruppalarini ham ko’rish mumkin.
19-rasm. Tolador tog’ay. (I.V.Almazovdan)
1-tog’ay hujayrasi, 2-tolalar
Sinov uchun savollar
1.Tog’ay to`qimasi qanday tuzilgan?
2.Tog’ay to`qimasi hujayralari va hujayra oralik moddalari qanday tuzilgan.
3.Tog’ay turlari haqida gapiring.
4.Tog’ay to`qimasi organizmning kaysi qismlarida uchraydi?
7-Mashg’ulot
Mavzu: Suyak to’qimasi
Mashgulotning maqsadi : Suyak to’qimasiining tuzilishini urganish.
Reja: 1. Suyak to’qimasiining tarkibiy tuzilishi.
2.Suyak to’qimasining hujayralari
3.Naysimon suyaklarning gistologik tuzilishi
4.Suyak to’qimasi gistogenezi
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Suyak to’qimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima bo’lib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexanik vazxifalariga ko’ra boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farq qiladi, ya’ni umurtqali hayvonlar (odam) skeletining tashkil etad, gavda tuzilishini tashkil etadi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga ko’ndalang yo’lli muskullar birikkan bo’ladi). Ximiyaviy-biologik jihatdan esa suyak to’qimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini ta’minlab turadi va hokazo. Uning hujayralararo moddalari tarkibida ko’p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97% suyak to’qimada uchraydi.
Tirik organizmning suyak to’qimasida mineral elementlarning miqrodi doim o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarga, odatda, birinchidan, organizm yoshining ulg`ayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekresiya bezlarining unga ko’rsatadigan ta’siri sabab bo’ladi. Suyak to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab asosan suyak hujayralardan va hujayralararo moddalardan tarkib topgan.
Suyak to’qimasining hujayralari. Demak, suyak to’qimasi hujayralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik tuzilishga ko’ra uchga bo’linadi: ostioblast, ostiosit va ostioklast hujayralar.
1.Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil qiluvchi hujayra bo’lib, suyak to’qimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. ostioblast hajayralar tabaqalangan suyak to’qimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida ko’p uchraydi. Barcha skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak ustki pardasi tarkibida doimo bo’ladi. Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmasining periferik qismida yumaloqyoki ovalsimon yadrosi bo’ladi. Har bir hujayra yadrosi bitta yoki bir nechta yadrocha bo’ladi. Elektron mikroskopda ko’rilganda tarkibidagi organoidlardan tioxondriy, enoplazmatik to’r va Goljikompleksi yaxshi ko’rinib turadi. Bundan tashqari, sitoplazma qismida ko’plab RNK va yuqori aktivlikka ega bo’lgan ishqoriy fofataza uchraydi. Bular to’qimada mineral tuzlar almashinuvida ishtirok etadi. Organizmning embrional rivojlanishi davrida ostioblast hujayralar mezinxema hujayralaridan hosil bo’lib, so’ng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtrok etadi. Shu bilan birga to’qimada sodir bo’ladigan fiziologtk va reforativ regenerasiya jarayonlarini ham ta’minlaydi. Ostioblast hujayralar asta-sekin ostiositlarga aylanishi ham mumkin.
2. Ostiositlar yetilgan, yuqorida darajada tabaqalangan, suyak to’qimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir. Atrofi hujayralararo moddasi bilan o’ralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashgan. Ostiositlar yassilashgan yumaloqyoki ovalsimon shaklda bo’lib, atrofidan kanalchasimon bir nechta o’simta chiqargan. Yonma-yon joylashgan hujayra o’simtalari bir-biri bilan tutashgan bo’lib, to’qimaga to’rsimon shakl beradi. Hujayra o’simtalari hujayralararo moddada joylashgan bo’lib, shu yo’l orqali to’qimaning ichki qismiga oziq modda kiradi. Ishdan chiqqan yoki qarigan to’qimma kanalchalarida oziq moddalar ko’rinmaydi. Ostiositlar joylashgan bo’shliqlarning devoridagi hujayralararo modda tarkibida, odatda, tuzlar yig`ilmaydi. Eskm adabiyotlarda tog`ay hujayralarning kapsulasiga o’xshatib, uni ham suyak hujayrasining kapsulasi deb atashgan va o’ziga xos mustahkam tuzilishiga ega bo’lgan deb tushinishgan. Lekin elektron mikroskop yordamida olib borilgan tadqiqod ishlari shuni ko’rsatdiki, haqiqatdan ham kapsulada mineral tuzlaryig`indisi bo’lmas ekan, kapsula devoridagi modda, to’qimaning boshqa qismidagi tuzlarga boy moddalarga nisbatan, aksincha, yumshoq tuzilishga ega ekan. Shuning uchun kapsula mikroskopda yaltirab ko’rinar ekan. Ostiositning ochroq bo’yalgan sitoplazmasi markazida, odatda, bitta to’q bo’yalgan yadro bo’ladi. Organoidlardan mitoxondriy ko’p uchraydi. Golji komplesi ham uncha rivodlanmagan. Ostiositlar to’qima faoliyatida deyarli ativ ishtirok etmaydigan, to’qimada stabil holatda joylashgan hujayralardir. Ayrim yosh ostiositlar ko’payish xususiyatiga ega. To’qimaning hujayralararo moddasi tarkibidagi mineral tuzlar almashinuvida ishtrok etadi.
3. Ostioklast hujayralar tog`ay va suyak hujayralarini buzish xususiyatiga ega. Boshqa suyak hujayralaridan ancha yirik (50-90 nm), noto’g`ri shaklda bo’lib, ko’p yadroli hujayralar qatoriga kiradi. tarkibida 3-10 tagacha yadrosi bo’lishi mumkin. Hujayralararo moddaga tegib turgan tashqi membranasida sitoplazmatik o’simtalarga o’xshash, ingichka ichak epiteliysi mikrovorsinalarini eslatuvchi ko’p miqdordagio’simtalarga ega. O’simtalar ichida ko’p miqdorda lizosomalarga o’xshash vakuolalar uchraydi. ular hujayra membranasi orqali tashqariga, ya’ni hujayralararo moddaga chiqib, uni shiddat bilaneritadi. Shu yo’l bilan ostioklast hujayralar to’qimaning rivojlanishini, o’sishi va tikolanishini ta’minlaydi.
Ostioklast hujayralar sitoplazmasining markazi asosan bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi, periferik qismlari oksifil, ya’ni ochroq bo’yaladi. Hujayra o’simtalarining ichidagi lizosomalarda gidrolitik fermentlar ko’p. Mitoxondriylarning soni ham ko’p. Donali endoplazmatik to’r donasiz endoplazmatik to’rga nisbatan oz. Lizosoma bilan vakuolalar ko’p miqdorda bo’ladi. Ostioklast hujayralarning hujayralararo moddasi bilan tutashgan joylarida mayda bo’shliqlar yoki lakunalar hosil bo’ladi. Ostioklast hujayralar normal fiziologik holatda atrofdagi hujayralararo moddalarga karbonat angidrid chiqaradi, u yerda karbonat angidrid suv bilan birikib karonat kislota hosil qiladi:
SO2 +N2O=N2SO3
Natijada kalsiy tuzlari erib, oraliq moddaning organik strukturasi buziladi.
Ko’rinib turibdiki, ostioklast hujayra suyak to’qimasining embrional va postembrional rivojlanishi davrida va regenerasiya jarayonlarida o’ziga xos muhim vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |