"Nasoyim ul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodalari")-xalqni haq va haqiqat sari yllash, bashariyatni ilohiy ma'rifatga etishtirishdek ulkan vazifani z zimmasiga olgan ulu ulamo va urafo, mashoyix-u avliyolar haqida bitilgan noyob manbadir. Hijriy 901 (1496) yilda vujudga kelgan zbek nasri va tasawuf adabiyotining mumtoz namunasi sanalgan bu asarning tliq nomini muallif «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» («Ulug'lik xushbyliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari»), deya e'tirof etadi. Tazkira Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari asosida vujudga kelgan. Alisher Navoiy uning yozilishi tarixini
428
quyidagicha bayon etadi: «Doim oshufta xotira kelur erdi va parishon xayola evrulur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur, arabiya payvasta va iborati ishorat ahli tiliga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul iborat-u ishoratdin bexabarlar ul alfozdin z qobiliyatlari hurdida va ishtiollari muqobalasida naf lar toparlar va fayz elturlar.
Ammo turk ulusidin ba'ziki, kngul sidq-u safosia bahramanddurlar, bu kimiyo asar szlar ta'sirig'a Tengri inoyatidin arjumand, ul alfoza vuquf qillatidin ul fayzdardin mahrum va xaqoyiqning daqoyiqi ularga noma'lum. Xotira kechmishkim, agar sa'y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olaymuman?-deb mutaammil erdim daqoyiq-u mushlculotni ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila tkara olaymuman?~deb mutaammil erdim. Va ne bu xayol-u muddaodin zumni tkara olur erdim va ne ishning azimlii va dushvorlii jihatidin shuru' qila olur erdim.
To ta'rix tqquz yuz birdaki, ul kitobning ta'Iifidin yigirma yil tub erdi, Tengri taolo tavfiqi birla bu ulu isha ilik urdum va bu azim amra qalam surdum.» (17. 12). Ayonlashadiki, Alisher Navoiy turkiy xalqlarni «bu kimiyo asar» («Nafohat ul-uns»)da nomlari keltirilgan ulular bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uni zbek tiliga tarjima qiladi. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns min xazorat ul-quds» asari 1476-1478-yilIarda yozilgan blib, muallif tazkiraning bunyod etilishida Alisher Navoiy da'vatkor blgaiiligini e'tirof etadi. Demak, ana shunday asar yozish zarurati ulu zbek shoiri knglida yillar davomida yashab kelgan.
«Nasoyim ul-muhabbat» muallifi sharqona xokisorlik bilan «ushbu kitobni tarjima ysini ila bunyod ettim»,-deya ta'kidlagan blsa-da, tadqiqotchilar tazkira yangi ma'lumotlar bilan boyitilgani, unga juda kp zgarishlar kiritilganini tirof etishadi. Jumladan, «Muqaddima», «Asosiy qism» va «Xotima»dan tarkib topgan asarning «Muqaddima» qismi bevosita Alisher Navoiy qalamiga mansub. Tazkira muallifi ulu shayxlar nomlari zikr etilgan «Nasoyim ul-muhabbat»ning asosiy qismini quyidagicha mukaramallashtiiganini ham bayon etgan: «Va hazrat Shayx Fariduddin Attor q.s. bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba'zi kibor mashoyixkim, «Nafohat ul-uns»a doxil blmabdur erdi—har qaysini munosib mahalda doxil qildim va hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj q.a.din snggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni doi hazrat Shayx ul-mashoyk Xoja Ahmad
Yassaviy r.din bu zamonacha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba'zi holot-u szlarin z mahalida darj qildim. Va hazrat Maxdumi n.m.n.ning oti va muosir-u musohib mashoyix q.a. zikri daikim, ul mutabarrak kitobda yq erdi, munda qshdum va ul kitobda dai avliyoulloh zikridin ba'zi szkim, zamon ahlia kp muhtoj un-ilayh ermas erdi itnob vahmidin tarkin tutdum va bu tarjimadin ksutturrrya chun bu valoyat riyozi muhabbat nasimia muhib va fiituwat shamimia sabab bo'ldi» (17.12-13). Shunday qilib, Alisher Navoiy «Nafohat ul-uns»da 618 (584 erkak, 34 ayol) mutasawif haqida berilgan ma'lumotlarni 770 taga yetkazadi, ulardan 35 tasini ayol avliyolar sha'niga bildirilgan fikrlar tashkil etadi. Bunda muallif Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», Shayx Farid Shakarganjning shu ynalishda yozilgan asaridan foydalandi hamda turk mashoyixlari, shuningdek, Abdurahmon Jomiy va ziga zamondosh blgan ulular nomlarini tarixda manguga muhrlaydi.
«Nasoyim ul-muhabbat»ning muhim fazilatlaridan biri uning «Bu toifaning a'mol-u af ol va muomilot-u riyozatidin ba'zini zikr qilmoq» nomli muqaddima qismida avliyo va mashoyixlarning a'mol (ishlari), afol (fe'llari), muomalat (yashash tarzi) va riyozat (iroda ruhlarini chiniqtirish)lari bayon etiladi hamda tasawuf ahlining tavba, halol, luqma talabi, shariat rioyati, namoz, zakot, rza, haj, yetuk axloq, bazli raavjud (zidagi narsalarni boshqalarga ravo krish), hilm, rizo, sabr, sidq riyozat kabi sifat va xislatlar sharhlanadi. Bulardan tashqari, ma'lum kasb-hunar bilan halol luqma topib faoliyat krsatgan Shayx Muhammad Sakkok (pichoqchi), Shayx Abu Hafz haddod (temirchi), Shayx Abulabbos Omiliy (qassob), Shayx Ibrohim Ojuriy (xisht avalabdur), Mirchai Safolfurush (doshgar), Adulhasan Muzayyin va Shayx Bannon (hammol), Shayx Abulhasan (najjor), Xoja Bahouddin Naqshband (kimho naqshini bolamoqqa mashhur) kabilar hayotini ibrat qilib krsatadi. Alisher Navoiy ilohiy fayzdan bahra olishning eng oliy sifati luqmai halol ekanligini uqtirib quyidagilarni bayon etadi: «Va soyir mashoyixi kibordin ham kpi halol luqma kasbia muzdurluq qilibdurlar, tin toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin fayz-u ma'rifat zoyanda bo'lur» (17. 15-16).
«Nasoyim ul-muhabbat» musulmon mintaqa xalqlari ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida yuksak nufuzga ega blgan tasavwuf tarixi, uning tarmoqlari va ulu mashoyix-u avliyolari haqida ma'lumot berishi, shuningdek, tasawufning nozik jihatlari bilan turkiy xalqlarni
tanishtirish ylida yozilgan ilk tazkira boMganligi bilan ahamiyatlidir. Bulardan tashqari, bu mtabar manba Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy singari z davrining peshqadam ziyolilari blgan ulu zotlar dunyoqarashining shakllanishida bevosita ta'sir etgan shaxs va asarlar bilan yaqindan tanishishga imkon yaratadi.
ALisher Navoiyning «Vaqfiya» (h.886, m.1481) asarida zining davlat arbobi sifatidagi faoliyatida qanday ijtimoiy-siyosiy tamoyillaiga asoslanib ish tutgani, z ixtiyoridagi mulk va mablalardan asosan qanday niyatlarda foydalangani, shu mablalar hisobida qurdirgan bino, madrasalarda rnatgan tartiblari, vaqf qildirgan yerlari, mulklari va bolari haqida ma'lumot keltirilgan. Asar XV asr ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy hayoti tarixini, shuningdek, ufu shoir hayoti va faoliyatinining kpgina qirralarini iganishda ishonchli manba vazifasini taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |