GEOMETRIK MA’LUMOTLARNI TAKRORLASH
Qanday geometrik shakllarni bilasiz? Bilgan shakllaringizni chizib ko’rsating.
a) daftaringizga egri va siniq chiziqlar chizing;
uzunlik o’lchov birliklarini ayting. Ular orasida qanday munosabat bor?
ikki xil ko’pburchak chizing. Ular nimasi bilan farq qiladi?
3. Rasmdagi shakllarning nomini tartib bilan yozib chiqing:
a) to’g’ri to’rtburchak deb nimaga aytiladi? Kvadrat deb-chi?
bitta to’g’ri to’rtburchak va bitta kvadrat chizing. Bu shakl-larning bir-biridan nima farqi bor?
5. a) uchburchakning perimetri qanday o’lchanadi? Chizib tushuntiring; b) to’g’ri to’rtburchakning perimetri qanday o’lchanadi?
6. To’g’ri toytburchakning yuzi qanday o’lchanadi? Kvadratning yuzi qanday o’lchanadi? Ularning yuzini o’lchash formulalarini yozing.
yuz o’lchov birliklarini ayting. Ular orasida qanday bog’lanish bor?
to’g’ri to’rtburchakning asosi balandligidan 3 marta uzun, perimetri esa 32 sm. Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
7. a) massa o’lchovlari orasida qanday bog’lanish bor? b) vaqt o’lchovlari orasida qanday bog’lanish bor?
To’g’ri to’rtburchakning yuzi 480 sm2, balandligi 20 sm. Asosi balandligidan qancha ortiq?
Kvadrat tomonining uzunligi 3 sm. Tomoni undan 2 marta katta, kvadrat hosil qilish uchun berilgan kvadratdan nechtasini olish kerak?
To’g’ri to’rtburchakning: a) yuzi 1 m2, balandligi 5 dm ga teng. Asosini
toping; b) yuzi 30 dm2, asosi esa 6 dm ga teng. Perimetrini toping.
To’g’ri to’rtburchakning tomonlari uzunliklari 10 sm va 6 sm. Perimetri shu to’g’ri to’rtburchak perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping.
Soat 6 da osma soat 6 marta bong urdi. Agar birinchi bongdan oltinchi bonggacha 30 sekund o’tgan bo’lsa, soat 12 da 12 marta bong urishi uchun qancha vaqt ketadi?
Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishning asosiy
(bosh) maqsadlaridan biri o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo’lib, bu narsa (hayolda) qayta tiklangan obrazlarni (shakllarni) ajratib olishga va boshqatdan ulardan kombinatsiya qilgan holda (tiklashga) yordam beradi. Biroq ajratib olishga obrazlarni kayta kombinatsiyalashga (birlashtirish) faqat geometrik obrazlarni ajratib olishnigina emas, balki ular orasidagi turli-tuman munosabatlarni ham bilishni takozo etadi (ko’zda tutadi), chunki yangi figuralar hosil qilish ular elementlari orallarida ba’zi munosabatlar to’plamining mavjud bo’lishini nazarda tutadi.
Uchinchi o’quv yilining ohirida qachonki bolalar ma’lum darajada geometrik tasavvurlar majmuasiga ega bo’lgach ma’lum umumlashtirishlarga ehtiyoj tug’iladi, o’quvchilar figuralarning ta’riflariga yaqinlashgan tavsiflarini bera olishlari kerak.
Tabiiyki, tushunchalarni hosil etish jarayonida umumlashtirishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq geometrik tushunchalarini hosil etish jarayonida umumlashtirishlar qilishda fazoviy munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. O’rganilgan fazoviy munosabatlarni bir holatdan boshqasiga o’tkazish darajasi umumlashtirishlar darajasini xarakterlaydi.14
Ha, albatta, o’quvchilar tanishadigan geometrik tushunchalar mazmuni obrazlar tushunchalari ma’lum munosabatlar sistemasi bilan xarakterlanadi.
Tushunchalarni hosil qilish, shakllantirish va rivojlantirishda turli tuman elementlar va ob’ektlar to’plamlari orasida izomor fizmni o’rnatar ekanmiz biz nafaqat bu ob’ektlar orasida, balki asosiy munosabatlar orasida ham ikki tomonlama moslik o’rnatamiz, chunki bu ob’ektlar turli tabiatga ega. Tabiiyki, boshlang’ich sinflarda geometric tushunchalarning ta’riflarini kiritish haqida so’z
Do'stlaringiz bilan baham: |