Rahbar: F. N. Abdullayeva Buxoro 2021 Reja: kirish I gеоmеtrik figuralar elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirish оmili sifatida



Download 216,96 Kb.
bet2/17
Sana29.03.2022
Hajmi216,96 Kb.
#515813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
gemettik materiallar

Kurs ishi tuzilishi: kirish, 2 ta bob, 5 ta bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlar ro’yxatidan iborat.





  1. Jumaev M.E. va boshq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) — T:. «Fan va texnologiya», 2005-yil.


I BOB GЕОMЕTRIK FIGURALAR ELЕMЕNTAR MATЕMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH ОMILI SIFATIDA
1.1 Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik


materialning mazmuni

Xozirgi zamonda mavjud boshlang’ich ta’limning turli sistemalari (tizimlari) ta’lim maqsadining nimalarga ko’prok e’tibor berish kerak degan masalada tubdan o’zgarishlar kiritilishini nazarda tutadilar.


Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi birinchi o’ringa chiqib bormoqdaki, bu narsa kichik yoshdagi maktab o’quvchisining shaxs sifatida shakllanishini ta’minlaydi va uning individual (shaxsiy) qobiliyatlarini ochilishini yuqori darajada ta’minlaydi.


Bu bilan bog’lik holda kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy ta’limda matematikani rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rolini kuchaytirishga keng yo’l ochilmoqda. So’ngi yillarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan matematikaning qator yangi usullari taklif etildi, shu bilan bir qatorda geometrik mazmun bilan boyitilgan kurslar ham. Bu usullar ko’proq kichik yoshdagi o’quvchilarni rivojlanishi masalasini ko’proq darajada amalga oshiradi, ularning xususan mantiiqy tafakkurlarini rivojlantirishga, fazoviy tasavvurlarini kengaytirishga ko’proq diqqat-e’tiborini qaratishadi. Ularda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hamda imkoniyatlari to’la-to’kis hisobga olingan. So’ngi yillar davomida boshlang’ich matematika kursidagi geometrik material mazmunan va hajm jihatdan ham ancha o’zgarishlarga uchradi. Bu haqda boshlang’ich sinflar matematika kursida turli yillarda o’rganilgan geometrik materiallarni qiyosiy o’rganish natijalari aytib turibdi.


Boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometrik tayyorgarligi masalalasida bizning oldimizga qo’ygan vazifalarni hal etish uchun bizning naqtai nazarimizda o’tgan va hozirga davrda olib borilgan geometrik materialni boshlang’ich sinflarda o’rganishga bag’ishlangan eng qiziqarli izlanishlarga kichik yoshdagi o’quvchilarga nimani o’rgatamiz degan savolga javob berishga diqqatni qaratamiz.


Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.


Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.


Geometrik materiallarni o’rganish:


– Geometrik figuralar haqidagi tasovvurlar zahirasini to’plashga (kengaytirishga);


– fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur


etish ko’nikmalarini shakllantirishga;


– muhim amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga;


– bolalarni keyinchalik geometriyani o’rganishga tayyorlashga xizmat qiladi. «10 gacha bo’lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o’rganishda bolalar


nuqta va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to’rtburchak, beshburchaklar va boshqa ko’pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi.


«100 raqamigacha bo’lgan sonlarni qo’shish va ayirish» mavzusini o’rganishda esa to’g’riburchak, to’g’riburchakli to’rtburchak, kvadratlar, ko’pburchaklarning bir ko’rinishi sifatida o’rganadilar .


2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:


a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o’rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o’zaro farqlash ko’nikmalari shakllanadi.


b) Katak daftarda chizg’ich va uchburchak figuralarni yasash.





  1. Figuralarni guruhlarga ajratish.




  1. Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.




  1. Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.




  1. (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o’qiy olish ko’nikmalarini shakllantirish.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish


metodikasida ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.


Geometrik elementlarni o’rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog’oz, cho’plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog’ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo’ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o’lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o’quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi. Masalan, to’g’riburchakli to’rtburakni o’rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to’rtburchak ekanligi va burchaklari to’g’ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.


Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga o’tgan sari o’zgarib boradi, Masalan, «kesma», «burchak» »ko’pburchak» kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto’g’ri bo’lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o’z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).


Quyi sinf o’quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo’lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni noto’g’ri o’zlashti-rishga qadar xatolarga yo’l qo’yishga, masalan,o’quvchilar kvadratning to’g’ri burchakli to’rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko’pburchakli figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar.


Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to’g’ri va to’g’ri bo’lmagan burchaklar, ko’p burchakli figuralar (burchaklar soniga ko’ra uchburchak, to’rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar. 1


Mashg’ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to’g’ri to’rtburchak, to’rtburchak yoki ko’pburchakli figura deb atay olsinlar.


Geometrik materialni o’rganishda chizma va o’lchov asboblarini qo’llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog’liq bo’lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko’nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda bajarilayotgan ishlarni so’zlar bilan tariflay olish, dasturda ko’zda tutilgan simvolika (belgi, ramz) va atamalarni qo’llay olish muhim ahamiyatga egadir.


Shuni ham nazarda tutish g’arurki, boshlang’ich sinflarda olingan geometrik figuralarni yasash va o’lchashga doir ko’nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi.


Qurilmalarning aniqligi va o’lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang’ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o’quvchilari chizg’ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o’lchash ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo’ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo’yish kerak.


Chizish va o’lchashga oid ko’nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg’ulotlaridan ham foydalanish lozim.


________________________________________________________________________________________________






  1. Download 216,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish