Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


Depsinish va g‘ovdan o‘tish



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Depsinish va g‘ovdan o‘tish.
G‘ovdan 200—220 sm beridan
depsiniladi. G‘ov ustiga o‘tish paytida silkinch oyoq 200 m
ga g‘ovlar osha yugurishdagiga qaraganda yuqoriroq
ko‘tariladi. Gavda g‘ov tomonga faol engashadi. Qo‘llar
harakati 100–200 m ga yugurishdagi kabi. Depsinuvchi oyoq
g‘ov ustidan 200 m ga yugurishdagiga qaraganda yuqoriroq
olib o‘tiladi. G‘ovdan keyin 130— 150 sm nariga oyoq
qo‘yiladi.
G‘ovlar orasida yugurish.
G‘ovlar orasidagi masofani
(35 m) bir xil miqdorda qadam tashlab, tezlikni pasaytirmay
yugurib o‘tish ayniqsa 400 m ga yugurishda qiyin. G‘ovlar
orasidagi masofani eng kuchli yuguruvchilar 13 yoki 15
qadamda yugurib o‘tadilar. Kamroq tayyorgarlik ko‘rgan
yuguruvchilar esa 17, hatto 19 qadamda yugurib o‘tadilar.
Masofa oxirida charchab qolish natijasida, masofani oxiri-
gacha bir xil ma’romda, g‘ovlar orasidagi qadamlar miqdorini
bir xil saqlab yugurib bo‘lmaydi. Bunda g‘ovlar orasidagi
masofalarning ko‘pchiligini 15 qadamda, charchoq paydo
bo‘lgandan keyingilarini esa 17 qadamda o‘tsa bo‘ladi. Ba’zan
yuguruvchilar masofaning yarmigacha g‘ovlar orasini 13


211
qadamda yugurib, keyin 15 qadamda yugurib o‘ta bosh-
laydilar.
400 m ga yugurishda g‘ov oldidagi depsinish joyiga aniq
kelish uchun, ko‘zda mo‘ljal olib, qadamlar hisobiga tuzatish
kiritish zarurati bor. Bunday qilish uchun g‘ovlar orasida
yugurish mobaynida qadamlar uzunligi doim tenglashtira
boriladi. Sportchi istagan oyog‘ida birdek depsinaveradigan
bo‘lsa, juda ham soz. Bunda yumshoqroq yo‘lkada, qarshidan
shamol esayotganda va boshqa yugurish ma’romini
o‘zgartiradigan hollarda so‘zsiz unga qulayroq bo‘ladi.
G‘ovlar orasidagi 15 qadamning taxminiy uzunligi (sm):
148, 210, 215, 207, 221, 215, 224, 222, 225, 223, 218, 212,
205, 200, 190 va g‘ovga tomon depsinish 227 sm.
400 m ga yugurganda g‘ovlardan o‘ng oyoqda depsinib
o‘tgan ma’qul, chunki masofa davomida ikki marta burilishda
yugurish kerak bo‘ladi. Chap oyoqda depsinadigan g‘ovoshar
yo‘lkaning tashqari chekkasidan yugurishga majbur bo‘lgani
uchun, u sal bo‘lsa ham ortiqroq yo‘l bosib o‘tishi kerak
bo‘ladi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish