Sapchish
» kuchli oyoqda, yugurib kelib uzunlikka
sakrashdagiga nisbatan o‘tkirroq burchak ostida (60–68°)
depsinish bilan bajariladi. Sakrovchi depsinishni ko‘proq
yuqoriga yo‘naltirib, «sapchish» uzunligini oshirsa bo‘ladi-
yu, lekin bunday qilish kerak emas: baland «sapchishdan»
keyin yerga tushgandagi yuklama katta bo‘lishi va tayanch
fazasida amortizatsiya ko‘proq cho‘zilishi «qadam» uchun
samarali depsinishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun
«sapchish» har doim maksimal mumkin bo‘lganidan qisqaroq
bo‘ladi.
282
Sakrovchi birinchi bor depsinishda yuqori kuchni yuqo-
riga uchib chiqish uchun emas, balki oldinga mumkin qadar
tezroq siljish uchun sarflaydi. Shuning uchun «sapchish»da
uchib chiqish burchagi bor-yo‘g‘i 14–18°
ga teng. Depsinish
paytida qattiq bukilgan silkinch oyoq mumkin qadar tez
oldinlatib yuqoriga uzatiladi. Ammo bu harakat ko‘proq
oldinga yo‘nalgani uchun, depsinish paytida silkinch oyoq
tizzasi uzunlikka sakrashga nisbatan o‘tmasroq burchak ostida
bukilgan bo‘ladi. Depsinish esa xuddi o‘zidan uzoqroqda
orqada qolganday yakunlanadi (bunda gavda bilan depsinishni
tugatgan oyoq o‘rtasida o‘tmas burchak hosil bo‘ladi). Qo‘llar
silkinib depsinishni kuchaytirishga va muvozanatni saqlashga
yordam beradi.
«Sapchish»ning uchish fazasidagi «qadamlab» uchishning
boshlanishi bir qancha cho‘ziladi (to‘liq uchishning
1
/
3
gacha).
Qo‘l va oyoqlar harakati sekinroq davom etadi. Undan keyin
oyoqlar faol almashib, «qaychi» hosil qiladi: silkinch oyoq
orqaga sidiruvchan harakat qiladi, depsinuvchi oyoq esa
qattiq bukilib, oldinga chiqariladi. Oyoqlarni almashtirish
oxirida depsinuvchi oyoqning soni, xuddi sakrovchi oyog‘ini
97-rasm.
Yugurib kelib uch hatlab sakrash.
283
yo‘lkaga faolroq qo‘yish uchun silkiyotganday ko‘tariladi.
Bu harakat «silkish» deb ataladi. Keyin sakrovchi oyog‘ini
«sidiruvchan» harakat bilan yerga sprintcha yugurishdagidek
qilib qo‘yadi. Bu oyoqni gavdaning
UOM
proyeksiyasiga
yaqinroq qo‘yishga va tayanch fazasi boshlanish paytidagi
ro‘para qarshilikni ancha pasaytirishga yordam beradi.
Oyoq uchidan boshlab tarang qo‘yiladi. Yerga tegish
paytida oyoq qariyb tik bo‘lishi kerak. Shunda sakrovchi
yerga tushgandagi katta yuklamaga osonroq bardosh bera
oladi va depsinish uchun mushaklar qayishqoqligidan yax-
shiroq foydalanadi. Òayanch oyoq ozroq bukilsa, keyingi
sakrash — «qadam» uchun depsinish tuzukroq chiqadi.
«Sapchish» oxirida yerga passiv tushish yoki «sapchish»ni
uzaytirishga intilib, oyoqni juda nariga uzatib yuborish yara-
maydi. «Sidiruvchi» harakatni depsinuvchi oyoq yuqori ho-
latga yetgandayoq boshlash kerak. Shunda orqadagi oyoq
silkinch harakatni ertaroq boshlaydi va kattaroq tezlanish
hosil qiladi.
Depsinuvchi oyoq sonini «silkish» vaqtida gavda ko‘tarila
borayotgan son tomon bir oz engashadi. Ammo oyoqni yerga
qo‘yayotganda bu engashuv 3–4° gacha kamayadi. «Sapchish»
dagi qo‘l harakatlari yugurishdagiga o‘xshash bo‘lib, faqat
bunda uchish ikkinchi qismida kengroq bajariladi. Depsi-
nuvchi oyoq yerga tegish paytida, shu oyoq tomondagi qo‘l
allaqachon harakat boshlagan bo‘ladi.
«
Qadam
». Yerga tushganda oyoq tarang bo‘lsin uchun,
«sapchish» dan keyin oyoq tagini to‘la yerga tegizib tushish
kerak. Bu payt
UOM
tayanch oyoq ustida bo‘ladi. Shundan
keyingi depsinish tuzuk chiqsin uchun va uchib chiqish
burchagi kichiklashsin uchun, bu tayanch oyoqni ortiqcha
bukib yuborish yaramaydi.
Silkinch oyoqning «sapchish» uchish fazasida boshlangan
harakati depsinuvchi oyoqni yerga qo‘yish paytida tezlashadi.
Silkinch oyoq tayanch oyoq yonidan o‘tib, tezda oldinga
284
yuqoriga ko‘tariladi va bu bilan depsinishga yordam beradi.
Sakrovchi depsinuvchi oyog‘ini to‘g‘rilab yo‘lkadan ajraladi
va uchish paytida yugurish «qadami» holatida bo‘ladi. Bu
yerdagi depsinish burchagi «sapchish»dagidan kamroq
bo‘ladi. Bu kamaygan gorizontal tezlik o‘rnini depsinish
hisobiga to‘ldirish tuzukroq bo‘lishiga imkon beradi. Shunga
yarasha
UOM
ning uchib chiqish burchagi ham kamayadi
(taxminan 11–14° gacha). Depsinish oxirida gavda ko‘proq
engashib, 5–6° ga yetadi.
Sakrovchi «qadam» holatida sonning pastga tushishini
sun’iy ravishda to‘xtatib turadi va shu holatda mumkin qadar
ko‘proq uchib o‘tishga harakat qiladi. Bunda orqadagi oyoq
qattiq bukiladi: oldindagi oyoq son bilan yuqoriga ko‘tarila
turib bukiladi. Son ko‘tarilgan sari, gavda ham ko‘proq
engasha boradi.
Sakrovchi «qadamlab» uchayotganda, yarim bukilgan
qo‘llarini yoysimon harakat bilan orqaga va sal yon
tomonlarga tortadi-da, keyin ularni shu holatda orqada sal
vaqt to‘xtatib turadi.
Uchishning oxirgi uchdan bir qismida gavdaning
engashishi chegarasiga yetadi, bukik silkinch oyoq soni yana
ham keskin yuqori ko‘tariladi; qo‘llarning orqaga harakati
ham chegarasiga yetadi.
Shu holatdan oyoq, xuddi «sapchish» oxirida yerga
qo‘yilganidagi kabi, sidiruvchi harakat bilan keskin va
shiddatli pastga tushadi va yo‘lkaga oyoq tagi to‘la qo‘yiladi.
«Sapchish» dagi kabi bunda ham oyoq yo‘lkaga tegish
paytida deyarli to‘g‘ri bo‘ladi. Oyoq depsinish joyiga tushgan
zahoti gavdaning engashishi ham kamayadi. Shu bilan bir
vaqtda sakrovchi qo‘llarini oldinga shiddatli silkib ko‘tara
boshlaydi.
Sakrovchilar ko‘pincha «qadam» qismini uzaytirish
hisobiga uzoqroq sakrayman deb, oyoqni juda oldinga
chiqarib yuboradilar. Bu noto‘g‘ri, chunki bunda katta
285
tormozlanish hosil bo‘lib, gorizontal tezlik keskin pasayadi
va uchinchi sakrash uzunligi kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |