Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
engil atletika

5.1. O‘RGAÒISH MEÒODLARI
Sport texnikasini o‘rgatish uchun, o‘qituvchi uchta asosiy
metoddan foydalanadi: so‘z metodi orqali — tushuntirish,
ko‘rsatmali metod orqali — ko‘rsatish va amaliy metod
orqali — bajartirish. Bu metodlarning asosiy vazifasi o‘rga-
tilayotgan yengil atletika turi haqida to‘g‘ri harakat tasavvurini
hosil qilish, harakatni bilib olishga yordam berish, xatolarni
ko‘rsatish va ularni tuzatishdir.
Sport texnikasini o‘rgatish metodlarining har qaysisi,
o‘zining ijobiy tomonlari borligiga qaramasdan, tez va
samarali o‘rgatishni to‘la to‘kis ta’minlay olmaydi. Shuning
uchun amalda hamma metodlar ayrim-ayrim ham, bir
vaqtning o‘zida birga ham qo‘llanadi. Masalan, o‘qituvchi
kerakli harakatni tushuntirayotib, bir vaqtning o‘zida ko‘rsa-
tadi ham, o‘quvchi faoliyatini tuzatayotib, shu bilan birga


119
qanday tuzatish kerakligini aytib ham beradi. Quyida ko‘rsa-
tilgan metodlarni qulayroq bayon qilish uchun, ular alohida-
alohida tasvirlangan.
5.2. SO‘Z MEÒODI VA UNDAN
FOYDALANISH
Sport texnikasini o‘rgatishda so‘zning roli juda katta.
Lekin so‘z bilan murakkab faoliyat haqida, harakat tezligi
haqida, qancha kuch sarflash haqida, inersiya paytlari va
boshqalar haqida tasavvur hosil qilish qiyin.
Asosiy rol o‘ynaydigani — amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi
tushuntirishlar. Bunda o‘quvchi u yoki bu harakatni bajarishga
intiladi, keyin, ko‘rsatma olib, kerakli harakatni qayta
bajarishga urinib ko‘radi va hokazo. Ko‘p so‘zli, uzundan-
uzoq tushuntirishdan qochish kerak. Òushuntirishda ildamlab
ketib qolmay o‘rgatishning ayni paytida nima kerak bo‘lsa,
shu narsa to‘g‘risida gapirish kerak. O‘rgatish boshlarida
qisqa, aniq tushuntirish kerak. Sport texnikasini o‘zlashtira
borgan sari tushuntirish tobora ko‘proq detallarni o‘z ichiga
olib, yanada chuqurroq bo‘la boradi.
Oddiy tushintirish bilan birga, obrazli tushintirish ham
qo‘llanadi. Bunda o‘quvchiga tanish bo‘lgan obraz va
tasavvurlardan foydalaniladi. Masalan, yugurib kelib baland-
likka «oshib o‘tish» usuli bilan sakrashni o‘rgatish paytida,
ko‘pgina o‘quvchilar planka ustidan tik holatga o‘tishni bilib
olishlari juda qiyin bo‘ladi. Bu qiyinchilikni yengish uchun,
mana bunday obrazli tushuntirish qo‘llanadi: «Siz o‘tadigan
plankani baland gimnastik stolga sakrab uning ustiga qorin
bilan yotib olish kerak, deb faraz qiling».
Masalan, yurish va yugurishda, odatda, sanoq yoki kerakli
ma’romda bajariladigan boshqa tovush signallari yordamida
ma’rom o‘rgatiladi.


120
Òexnikani o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida
o‘rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish
paytida, eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo‘llanadi.
Sportchiga ma’lum, lekin yaxshi xotirlab qolinmagan yoki
bajarish paytida esidan chiqib qolayotgan joylarinigina
aytib turish mumkin. Aytib turish vasiylikka aylanib ket-
masligi kerak. Ayniqsa musobaqa vaqtida bunga o‘rgatish
yaramaydi.
Nihoyat, sport texnikasini o‘rgatish natijasini tahlil qilish
kerak. O‘qituvchining sportchi bilan suhbati, o‘rgatish
natijasini baholashga, o‘quvchining harakat to‘g‘risida tasav-
vurini amalda bajarishi bilan taqqoslashga, uning texnikani
qanday tushunishini tekshirishga, kelgusi mashg‘ulotlar
uchun vazifalar belgilashga imkon beradi. Òahlil har
mashg‘ulotda o‘rgatish jarayonida va ayniqsa mashg‘ulot
oxirida o‘tkaziladi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish