Radjabov A., Vaxidov A. X. Toshkent 2017



Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/129
Sana18.04.2022
Hajmi9,08 Mb.
#560421
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129
Bog'liq
elektr podstasiya

Nazorat sam ltari
1. O'zingiz ta ’lim oliyotgan muassasasi haqidagi batafsil
та ’lumot bering.
2. Talabalar huquqlariga nimalar kiradi.
3. Talabalar vazifalariga nimalar kiradi.
4. Oliy о ‘quv yuritmalarda о ‘quv jarayonlar va uni tashkil etish
haqidagi nimalarni bilasiz (Oliy о ‘quv yurti rektori, prorektorlari,
dekanat, kafedralar ulami vazifalari).
5. Bibliografiya deganda nimani tushinasiz.
6. Axborat 
to ‘plashda 
qanday 
manbalardan foydalanish
mumkin.
7. 
Shaxsiy 
va 
umumiy 
foydalanishga 
mo Ijallangan
kutubxonalar haqida nimalarni bilasiz.
8. О ‘zbekistonda va chet ellarda topilgan yirik kutubxonalardan
qaysilarini bilasiz.
9. Katalog nima va uning qanday turlarini bilasiz. Alfavit
katalogi va tizimisi katalogi haqida nimalarni bilasiz.
10. Matbuot asarlariga nimalar kiradi.
233


1-Ilova
Mualliflar to‘g‘risida 
Abdurahmon Rajabov - Toshkent davlat agrar universiteti 
“Qishloq xo‘jaligida elektr energetika va elektrotexnologiyalar” 
kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Abduraxman Radjabov 1946-yiIda tavallud topgan . 1967-yilda 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash 
injenerlari 
institutining 
„Qishloq 
xo'jaligini 
elektrlashtirish” 
fakultetini tamomlab Injener-elektrik mutaxasisligini egallagan. U 
qishloq xo‘jaligi energetikasi sohasida ilmiy maktabiga ega olim, 
Uning rahbarligida 
5 ta doktorlik, 8 
ta 
nomzodlik, 
36 ta magistrlik 
dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi vaqtda 2 
ta katta ilmiy 
xodim-tadqiqotchining va 1 ta katta ilmiy xodim izlanuvchining 
doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda, 265 
dan 
ortiq 
ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari, 
jumladan: 20 
ta ixtiro, 
5 ta
monografiya, 8 ta darslik va o‘quv qo'llanm alari hamda 
40 ta 
uslubiy qo‘llanmalari respublikamiz va xorijda chop etilgan. Ilmiy 
jumallarda 48 ta shundan 15 tasi xorij nashrlarda chop etilgan. 
A. Radjabov 
«Международная 
агроинженерия» 
xalqaro 
va 
« 0 ‘zbekiston agrar fani axboratnomasi» respublika ilmiy jumallari 
taxririyat a’zosi, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi va 0 ‘z.
234


Res, FTRMQning ilmiy loyihalarini tanlovi va hisobotlarini ко‘rib 
chiqish ekspert guruhi a’zosi., 0 ‘zR.FA Energetika va avtomatika 
instituti qoshidagi 05.05.07 - Qishloq xo‘jaligida elektr uskunalar va 
elektrotexnologiyalar 
mutaxassisligi 
bo‘yicha 
doktorlik 
dissertatsiyalami himoyadan oldin muhokama qilish ilmiy-nazariy 
seminar 
a ’zosi, 
0 ‘zR 
VM 
huzuridagi 
Oliy 
attestatsiya 
komissiyasining (OAK) texnika yo ‘nalishi b o ‘yicha ekspert 
kengashi a’zosi sifatida respublikada yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashga va agrar sohada energetikasini rivojlanishiga samarali 
xissa qo‘shib kelmoqda. 2006-2014-yillarda uning rahbarligida 
Davlat granti bo‘yicha 2 ta fundamental, 2 ta amaliy, 2 ta inno 
vatsion loyihalar va 1 ta xo‘jalik shartnomasi asosida ilmolib 
borilgan
2016-yiida 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Mustaqillikning 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2002 va 2013-yillarda yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv 
adabiyoti tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Vaxidov Abdunabi Xudoyberdiyevich - Toshkent davlat agrar 
universiteti “Qishloq xo‘jaligida elektr energetika va 
elektrotexnologiyalar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari
nomzodi.
235


1958-yil 23-iyunda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 
ishchi oilasida tug‘ilgan. 1981-yil, Toshkent irrigatsiya va qishloq 
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 
Ma’lumoti 
bo‘yicha 
mutaXassisligi 
-
qishloq 
xo‘jaligini 
elektrlashtirish va avtomatlashtirish. texnika fanlari nomzodi, 
dotsent.
100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 2 
ta darslik, 6 ta o ‘quv qo‘llanma, 2 ta avtorlik guvohnomasi, 20 dan 
ortiq 
o ‘quv-uslubiy 
qo‘l!anmalar 
mavjud. 
“Moyli 
ekinlar 
mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarining energiya samarador 
elektrotexnologiyasini 
ishlab 
chiqishning 
ilmiy-metodologik 
asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ishini olib bormoqda.
Uning rahbarligida 15 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari va 
100 dan ortiq bitiruv ishlari himoya qilingan. Kafedrada faoliyat 
yuritib 
kelayotgan 
05.05.07 
-
“Qishloq 
xo‘jaligida 
elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi ilmiy-texnik 
seminari ilmiy kotibi bo‘lgan.
QXA - 9-129-2015 raqamli “Moyli ekin mahsulotlarini qayta 
ishlash jarayonlarining energiya samarador elektrotexnologiyasini 
yaratish” ilmiy loyiha rahbari.
2011-yilda 
0 ‘zbekiston 
Respubiikasi 
Prezidentining 
“Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2015-yilning “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchisi” tanlovi 
g‘olibi.
2-ilova
ENERGIY AD AN OQILONA FOYDALANISH 
TO‘G‘RISlDA
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
1997-yil 25-aprel
QONUNI
( 0 ‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisiiing 
Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-son, 118-modda)
236


5. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu 
Qonunning maqsadi milliy 
energetika resurslari 
saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan 
samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy huquqiy asoslami 
shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari
Energiyadan oqilona foydalanish sohasndagi munosabatlar 
ushbu Qonun va 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun 
hujjatleri bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
energiyadan 
oqilona 
foydalanish 
sohasidagi 
munosabatlar 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Ushbu Qonun amal qiladigan soha
Yuridik va jismoniy shaxslaming yoqilgi qazib olish, yoqilg‘i, 
issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb 
yuritiladi) hosil qilish, ulami qayta ishlash, saqlash, tashish, 
taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish 
vz uni sarflash deb yuritiladi) bilan bogliq faoliyati ushbu Qonun 
amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga 
solish:
energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida energiyadan 
samarali va ekologik jihatdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlashga;
energiya jthatidan samarali texnologiyaiami ishlab chiqish va 
joriy etishni, arzonroq neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir va 
boshqa turdagi tabiiy yoqilg‘ilami (matnda bundan buyoq yok.ilgi 
deb yuritiladi) qazib olish va hosil qilishni rag‘batlantirishga;
energiya hosil qilish va uni sarflash mikdori hamda sifatini 
o ‘lchash va hisobga olishning aniq, to‘g ‘ri, bir xil bo‘lishini 
ta’minlashga;
237


energiyaning samarali hosil qilinishi va sarflanisbi hamda uning 
sifati ustidan, energetika asbob-uskunalarining, energiya bilan 
ta’minlam va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy holati 
ustidan davlat tekshiruvi hamda nazoratini amalga oshirishga 
qaratilgandir.
4-raodda. Standartlash
Energiya hosil qiladigan va energiya sarflaydigan asbob- 
uskunalar hamda mahsulotga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab 
qo'yiladi.
Normativ hujjatlarda energiya hasil qilish va uni sarflash 
chog‘tda 
energiyadan 
samarali 
foydalanish 
ko‘rsatkichlari, 
shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi, 
hududlar, binolar va inshootlarni isitish, harorati va namligini bir 
xilda saqlab turish, havosini almashtirish, issiq.lik, suv, gaz va elektr 
bilan ta’minlash, elektr bilan yoritish uchun energiya sarflash 
ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Energiyadan oqilona foydalanishga doir normativ hujjatiar, 
texnikaviy qoidalar va normalar energiya hosil qiluvchilar va uni 
sarflovchilarning barchasi uchun majburiydir.
Energiyaning sifati tegiudi normativ hujjatlarda belgilangan 
talablarga muvofik bo‘lishi lozim.
5-modda. Standartlash obyektlari va predmetlari
Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki 
energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob- 
uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, uysozlik va 
qishloq xo‘jalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish, 
harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni 
almashtirish tizimlari, xalq iste’moli mollari, shuningdek, issiklik 
o‘tkazmaydigan 
materiallar 
va 
qurilish 
konstruktsiyalari 
energiyadan 
oqilona 
foydalanish 
sohasidagi 
standartlash 
obyektlaridir. Energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish, 
texnologiya jarayonlari va ishlarni bajarish uchun energiya sarfi
238


ko‘rsatkichlarining majmui va qiymati standartlash predmetlaridir.
6-modda. Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifati 
ko‘rsatkichlariga rioya etilishi u si id an davlat tekshiruvi va nazorati
Energiya jihatidansamaradorlik hamda energiya sifatining 
normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi 
ustidan davlat tekshiruvi vanazorati (Uzbekistan Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o ‘zbekiston davlat standartlash, 
metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon 
«Uzdavstandart» deb yuritiladi) hamda boshqa organlar zimmasiga 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuklanadi.
7-modda. Energiya sarflash normativlari
Ushbu qonun 5-moddasining birinchi qismida sanab o ‘tilgan 
obyektlar uchun energiya sarflash normativlarini o‘zbekiston 
Respublikasi hukumati yoki u vakolat bergan organlar belgilaydi,
Energiya sarflash normativlari energiya hosil qiluvchi va uni 
ishlatuvchi 
asbob-uskuialar 
hamda 
mahsulotlaming 
texnika 
pasportlariga, tuzatish-ta’mirlash va rejim varaqalariga, ulardan 
foydalanish yo‘riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshootlami 
isitish, ulaming havosini almashtirish harorati va namligini bir xilda 
saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari qurilish normalari 
va qoidalarida belgilab quyiladi. Energiya sarflash normativlari har 
besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi va ilg‘or texnologiya yutuqlarini 
hisobga olgan holda uzgartirilishi lo.znm.
8-modda. Sertifikatlash
Quyidagilar energiya jihatidan samaradorlik ko'rsatkichlariga 
muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertitlkatlashtiriladi:
- energetika resurslari;
-om m abop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va 
xizmatlar ko‘rsatish;
-en erg iya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar 
hamda mahsulotlar.
- Majburiy sertifikatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.
239


Tayyorlanayotgan 
asbob-uskunalaming, 
shu 
jumladan, 
ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalaming 
normativ 
hujjatlaming 
energiya 
jihatidan 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga doir qismida belgilangan talablarga muvofiqligini 
ishlab chiqaruvchi tomonidan uni albatta tamg‘alash yo£li bilan 
tasdiqlanadi.
9-modda. Metrologiya
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, shuningdek, 
energiyani sertifikatlash paytida majburiy davlat metrologiya 
tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik 
ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chogvida 
o'lchaslining bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 
normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi,
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat 
metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridir.
- 0 ‘lchov vositalari;
- axborot-o‘lchov tizimlari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart 
namunalari;
-energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui 
hamda tarmoqlari;
- o ‘lchash uslublari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa 
obyektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta ’minlash ustidan 
davlat 
metrologiya 
tekshiruvi 
va 
nazorati«0‘zdavstandart» 
zimmasiga yuklatiladi.
IL ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING 
DAVLAT BOSHQA RUVIASOSLARI
10-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari
240


Quyidagilar energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir:
- aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqa dasturlari 
hamda loyihalarini ruyobga chiqarish;
-m illiy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
energiya hosil qilishni va uni sarflashni barqarorlashtmsh;
-en erg iya hosil qilish va uni sarflash rejimlarini eng maqbul 
darajaga keltirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
-en erg iya tejamli sarflanadigan asbob-uskunalar va energiya 
kam sarflanadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
-en erg iy a hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar 
hamda mahsulotga taalluqli normativ hujjatlarga energiya jihatidan 
samaradorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;
- energiya sifati, ishlab chiqarishning energiya sarflanishi 
jihatidan samaradorligi va mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan 
davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming energiya jihatidan 
samaradorligi tekshirib borilishini tashkil etish;
- mahsulotlaming, 
ishlab turgan 
va qayta qurilayotgan 
obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalaming energetika 
ekspertizasini o ‘tkazish;
-en erg iy a samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarini ruyobga 
chiqarish uchun energiya jihatidan samaradorlik namoyish etiladigan 
zonalar barpo etish*
- energiya jihatidan samarador va ekologik jihatidan sof 
texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni rag‘bat- 
lantirish;
- energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika 
kuzatuvini tashkil etish.
11-modda.
0 ‘zbekiston Respublika xukumatining energiyadan oqilona 
foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi 
vakolatlari.
Energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini
241


amalga oshirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati:
-energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan dasturlar va 
loyihalami ishlab chiqish hamda ulami ro ‘yobga chiqaradi;
- energiya tejamli sarflanadigan dasturlar va loyihalami ishlab 
chiqish hamda ulami ro ‘yobga chiqarishda vazirliklar, idoralar, 
korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlaming, 
shuningdek, 
Qoraqalpog‘iston Respubiikasi hukumati, viloyatlar va Toshkent 
shahar davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
-en erg iya jihatidan samarali texnika va mahsulotlar, ilg‘or 
texnologiya, bu sohadagi boshqaruv usullariva ilmiy tadqiqotlami 
joriy etish bo‘yicha ikkilamchi energiya resurslari va chiqindilardan 
foydalanish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, quyosh, shamol, suv 
oqnmlarining tabiiy harakati energiyasi va boshqa energiya 
manbalaridan (matnda bundan buyon qayta tiklanadigan energiya 
manbalari 
deb yuritiladi) 
foydalanadigangach texnologiyalar 
ro ‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashadi;
-energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish 
asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologii jihatdan xavfsiz 
energetika 
qurilmalarini 
nshlab 
chiqaruvchi 
sanoat 
bazasi 
rivojlantirilishiga yordam beradi;
- energetika tadqiqotlari va ekspertizalari sohasidagi faoliyatga 
litsenziya beradi;
-en erg iy a sarflashning maxsus rejimini o ‘matishga rozilik 
beradi;
- energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob- 
uskunalarini ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlami tayyorlash va 
qayta tayyorlashchtizimini yaratishga ko‘maklashadi;
-jam oatchilikni 
energiyadan foydalananish: 
samaradorligi 
to‘g‘risida xabardor qilib boradi;
-q o n u n hujjatlariga muvofiq. Boshqa vakolatlami amalga 
oshiradi.
12-modda.
Anik, maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy 
dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish
242


sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy 
dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo'yicha 
davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha aniq maqsadga qaratilgan milliy, 
tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish 
tashabbuskori boladilar:
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati:
Vazirliklar va idoralar;
Qoraqalpag‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar va Toshkent 
shahar davlat hokimiyati organlari.
Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy 
dasturlar hamda loyihalar besh yi! va undan uzoqroq muddat uchun 
ishlab chiqiladn, 0 ‘zbckiston Respublikasi hukumati tomonidan 
tasdiqlanadi vaustuvor hisoblanadi. Ulami ro ‘yobga chiqarish 
mas’uliyati 
tegishincha 
0 ‘zbckiston 
Respublikasi 
hukumati, 
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
zimmasiga yuklatiladi.
13-modda. Energetika tekshiruvlari
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash 
samaradorligini baholash maqsadida o'tkaziladi.
Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i 
yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya 
resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 
majburiy energetika tekshimvlaridan o‘tkaziladi,
Energetika tekshiruvlarini o'tkazish tartibi va muddatlarini 
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydi
14-modda. Energetika ekspertizasi.
Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar, 
shuningdek, ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan 
mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi va energiya sarflanishi 
miqdorini baholash uchun energetika ekspertizasidan o'tkaziladi, 
Yangi 
va 
rekonstruktsiya 
qilinayotgan 
obyektlaming, 
texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika 
ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir.
243


Energetika ekspertizasi 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati 
belgilaydigan tartibda o ‘tkaziladi.
15-mod da. Energiyani hisobga olish
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta 
hisobga olinadi,
Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta ’minlash 
qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta 
ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari 0 ‘zbekiston 
Respubiikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Energiyani hisobga 
olish normativ hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvoflq amalga 
oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g ‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat 
berilgan boshqa shaxslaming zimmasiga.yuklatiladi.
16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika
kuzatuvi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash hajmi hamda uning tarkibiy 
tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika 
kuzatuvini 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasining 
Istiqbolini belgilash va statistika davlat qo‘mitasi 0 ‘zbekiston 
Respubiikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi 
va amalga oshiradi.
III. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING 
IQTISOD1Y MEXANIZMLARI
17-modda. Aniq maqsadga qaratilgan dasturlar va loyihalami
moliyalash.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga 
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar va loyihalami 
moliyalash energiya jihatidan samarali dasturlar va loyihalami 
ro ‘yobga chiqarishdan foyda oladigan korxonalaming ishlab 
chiqarish faoliyatidan keladigan darotnadlari, byudjetdan tashqari
244


aniq, maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va chet el investitsiyalari, 
byudjet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18-modda. Tarm oqlararo energiyani tejash fondi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini 
moliyaviy qo‘llab-quwatlash maqsadida 0 ‘zbckiston Respublikasi 
hukumati tomonidan byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani 
tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb 
yuritiladi) tashkil etiladi.
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari 
boMishi mumkin:
-k red itlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xo‘jalik 
faoliyatidan olinadigan foyda;
-energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga 
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalami 
ro‘yobga chiqarishdan olinadigan foydaning ulushi;
-y u rid ik va jismoniy shaxslaming, shu jumladan, chet ellik 
yuridik va jismoniy shaxslaming aniq maqsadga qaratilgan ixtiyoriy 
badallari;
- energiyadan noolqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo 
chorasi qo‘llashdan tushadngan mablag‘lar;
- amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar,
19-modda. Energiya hosil qiluvchilar va uning iste’molchilariga 
beriiadigan imtiyozlar
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hukumati yuridik va jismoniy shaxslarga:
-energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga 
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalami 
davlat imtiyozli kreditlar hisobiden moliyalash bo‘yicha;
- tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
moliyalash, energiya jihatidan samarador asbob-uskunalaming 
tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo'yicha:
245


-energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan 
maxsus asbob-uskunalar, asboblar va materiallami import qilganlik 
uchun bojxona bojlari va soliqlar bo‘yicha;
— o ‘z vakolatiga muvofiq. Boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar 
beradi.
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati:
— belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini 
ta’minlagan;
-en erg iy a sarfi mikdori belgilangan normativlardagidan kam 
bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan;
-y o q ilg ‘idan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 
xomashyo sifatida foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va 
kapital mablag‘lar qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob- 
uskunalar, 
asboblar, issiqlik o ‘tkazmaydigan materiallar va 
konstruktsiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan 
samarali mahsulotlami chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan, 
va xizmatlar ko‘rsatayotgan ishlab chiq(aruvchilarga, shuningdek, 
mazkur 
asbob-uskuna, 
asbob, 
material, 
konstruktsiya, 
mahsulotlaming 
joriy 
etilishini 
va 
ulardan 
foydalanishni 
ta’minlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga 
muvofiq soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
Energiya va issiqlik ta ’minotini takomillashtirish, uy-joylar, 
kvartiralar, korxonalar, muassasalar, va tashkilotlami energiya 
sarfrni hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan 
asboblar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik 
yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va energiya sarflashni kamaytirishga, 
isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta tiklanadigan 
energiya manbalaridan, mahalliy yoqilri turlari va ishlab chiqarish 
chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlami 
qo‘shimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslarga energiyani tejash fondi m ablagiaridan dotatsiya berilishi 
mumkin.
246


20-modda. Qayta tiklanadigan energiya m anbalaridan 
foydalanish
Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va 
issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning 
tarmoqlariga energiya ta’minoti tarmoqlari va manbalaming eng 
oqilona ish rejimini ta’minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda 
energiya berish huquqiga ega. Energiya ta’minoti tashkilotlari 
mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda 
chiqariladigan narxlar bo‘yicha o ‘z tarmoqlariga qabul qilib olishni 
taminlashlari shart.
Energiyadan oqilona foydalanish soahasidagi loyihalar va 
dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya 
manbalardan foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilami 
ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va 
issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar. Qurilishiga 
ketgan kapital mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan 
kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta’minlashi lozim.
Energetika 
resurslaridan 
samarali 
foydalanilishini 
rag‘batlantirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan belgilanadigan tartibda neft mahsulotlari, qozon-pech 
yoqilgisi uchun mavsumiy narxlar hamda elektr va issiqlik 
energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek, elektr energiyasi 
uchun sutkaning turli vaqtlari bo‘yicha tabaqalashtiri -Igan tariflar 
joriy etiladi.
21-modda. Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun
javobgarlik
Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘illanayotgan 
yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va 
energetika jihatidan samarasiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini 
istisno eta-digan ishlab chiqarish, mahsulot, ishlar va xizmatlaming 
belgilangan energiya jihatidan samaradorligini ta’minlashlari shart. 
Bu talablar buzilgan taqdirda yuridik shaxslarga nisbatan:
- energiyaning sifat ko‘rsatkichlari buzilgan;
247


- bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ 
usul bilan aniqiangan;
-en erg iy a jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ 
hujjatlarning talablariga mos kelmaydigan mahsulotlar ishlab 
chiqarilgan;
- energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish 
buzilgan;
- sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, 
energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan 
foydalanilgan;
-m av ju d ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning 
belgilangan ulushi ta ’mynlanmagan hollarda qonun hujjatlariga 
muvofiq iqtisodiy jazo choralari qo‘llaniladi.
Iqtisodiy jazo choralaming qo‘l!anilishi yuridik shaxslami 
o ‘zlari yetkazgan zarami qoplashdan ozod qilmaydi.
Energiyadan 
nooqilona 
foydalanganlik 
uchun 
jismoniy 
shaxslaming javobgarligi qonun hujjatlarida belgiianadi.
Energiya yetkazib beruvchilaming kelishmasdan energiya 
ta ’minotini to ‘htatib qo‘yishi natijasida energiyadan 
foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qoplanadi.
IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
22-modda, Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagn xalqaro
xamkorlik
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo ‘nalishlaridir:
-en erg iy a jihatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqaro 
tashkilotlar bilan o ‘zaro manfaatli ayirboshlash;
- energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo‘shma 
davlatlararo loyihalami respublikada ruyobga chiqarish;
- energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro 
loyihalarda ishtirok etish;
248


-en erg iy a jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro 
standartlaming talablariga moslash, shuningdek, sertifikatlash 
natijalarim o ‘zaro e’tirof etish.
23-modda. Xalqaro shartnom alar
Agar 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
qatnashgan 
xalqaro 
shartnomada ushbu qonunda nazarda tutilganidan boshqacha 
qoidalar 
belgilangan 
bo‘lsa, 
xalqaro 
shartnoma 
qoidalari 
qo‘llaniladi.
24-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Energiyadan oqilona foydalanish to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O ‘zbekiston Respublikasining 
Prezidentil. KARIMOV
3-ilova
O ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi

Download 9,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish