joylashgan yulduzlar yorug‘liklari (m) ayirmasi (Am=m(ij)-m(e)) spektming har xil (A.) qismlarida o'lchashga asosan topilgan.
Uzoqda joylashgan yulduzning nuri yaqindaginikiga qaraganda ko‘p yo‘l
bosib o‘tadi va ko‘p chang zarralarida sochiladi, demak, uning yorug‘ligi ko‘p miqdorga kuchsizlandi. Bu yulduzlaming temperaturasi bir xil, demak, spektrida energiyaning taqsimlanishi bir xil bo'lishi (Am(A,)=0)kerak. Biroq 4.10- rasmdagi chizmadan murakkab bog‘lanishga ega ekanligini ko‘rish mumkin Am(A). 0 ‘rtacha kuchsizlanish miqdori to ‘lqin uzunligiga teskari
proposional ravishda ortib boradi, ya’ni Am(A) = 2m—( y )m. Biroq
ultrabinafsha (A <2500 A) diapazonda bunday chiziqli bog‘lanishdan chetlashishlar kuzatiladi. Uzoq ultrabinafshada (A 1250 A) chetlashish kuchli. Bu yulduz nurini sochishda molekulalarning ishtiroki bilan bog'liq. 4.10- rasmdagi bog'lanishga asoslanib yorug'likni kuchsizlantiruvchi zarralar ko‘ndalang kesimi d~0.1 mkm bo‘lishi kerak degan xulosaga kelish mumkin, chunki X = 0.6 mkm va a ~ l .
d) Yulduzlar yorug‘ligi kuchsizlanishining quthlanganligi. Zarra tabiati to‘g‘risidagi bilimlar kuchsizlanish miqdorini (Am(A)) qutblanganligidan olinishi mumkin. Uzoqda joylashgan yulduzlar yorug'ligining qarash chi- zig'iga tik har xil (0° dan 360° gacha) yo'nalishlarda intensivligi har xil ekanligi aniqlanadi. Buning uchun fotometr oldiga qarash chizig'iga tik holda analizator o'rnatiladi va o‘q atrofida aylantirib yulduzning yorug‘ligi
10 145
o‘lchanadi. Uzoqdagi yorugdigi kuchsizlangan yulduzlar ustida olib borilgan bunday o‘lchashlar yulduzning nuri qutblanganligini ko'rsatadi, ya’ni yulduz nuri m a’lum (y) yo‘nalishda maksimal (Imax) va (y + 90°) minimal
(I . ) intensivlik ko'rsatdi va Am = 2 .51 gy~ farq o ‘lchanadi. Yulduzlar
yorug'ligining qutblanganligi Amp=0.2m gacha yetadi. Hozirgi paytdagi fotoelektrik fotometrlaming xatosi ± 0.005mekanligini hisobga olsak, olingan natija realligiga ishonch hosil qilamiz. Shunday usul bilan ko'plab yorug'li- gi kuchsizlangan yulduzlar tekshirildi va har safar Amp va y aniqlab borildi. Qutblanish sim m etrik, sharsimon zarrachalarda ro‘y bermasligi, qutblantiradigan zarralar ma’lum yo'nalishda bir-biriga parallel yo‘naltirilgan uzunchoq zarralar boiishi va bu zarralarni tartibga keltiruvchi kuch boiishi kerak. Agar zarralar cho‘zinchoq metall, masalan, ninasimon kristalik ferromagnit boisa, u holda ularni Galaktika magnit maydoni tartibli joylashtiradi. Haqiqatdan, Persey yulduz turkumidagi yulduzlar nurining qutblanish burchagi (y) Somon Y oii yo'nalishiga mos keladi. Demak, ninasimon kristalik metall chang zarralarini Galaktika spiral yenglari, Somon Y oii bo'ylab yo‘nalgan magnit maydon tartibli joylashtirgan. Buning uchun magnit maydon kuchlanganligi 10-5 ersted boisa yetarlidir. Shunday qilib, yulduzlar yorugiigini kuchsizlantiradigan yulduzlararo muhitdagi chang ko'ndalang kesimi 0.1 mkm boigan kristalik metal zarralardan iboratdir,
degan xulosaga kelamiz.
2500>
Do'stlaringiz bilan baham: |