Радиотехник тизимлар назарияси асослари


d)Yulduzlararo modda kondensatsiyalari va yulduz hosil boiishi



Download 17,68 Mb.
bet101/130
Sana13.07.2022
Hajmi17,68 Mb.
#791991
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130
Bog'liq
Astrofizika.-2-qism-I.Sattorov

d)Yulduzlararo modda kondensatsiyalari va yulduz hosil boiishi. Yuqori temperaturali (T> 104) H II gaz tumanliklar kengaya boshlaydi va H I soha bilan to ‘qnashib uni siqadi. Natijada H I quyuqma undan esa vodorod+geliy aralashmadan iborat zich bulutlar hosil boiadi. Bulut o‘z gravitatsiya maydoni ta ’sirida siqilaboshlaydi. Quyuqlashayotgan gaz va changdan hosil b o ig an bulut nurlanishlar uchun notiniqlashadi va soviyboshlaydi. Uning markazida T ~ 10 K gacha tushadi. Bunday soviyotgan
155



Star and Planet Formation


4 .13-rasm. Ulkan molekular bulutlardan yulduzlar va har bir yulduz atrofida sayyoralar tizimi hosil boMish jarayoni modeli.

bulut ichida alohida kondensatsiyalar hosil bo‘laboshlaydi (4.13-rasm). Ularning har biri siqilaboshlaydi va o ‘z potensial energiyasini sovishni to‘xtatishga, gaz-chang bulutni qizdirishga sarf qiladi. Shunday qilib, yulduz hosil qiluvchi protoyulduz hosil bo‘ladi. Odatda, uning diametri bir necha parsekka yetishi (Quyoshnikidan 106 marta katta) mumkin. Bunday siqi- lish fazasidagi protoyulduz juda past (yuzlab K) temperaturaga ega va uni ko‘rib bo‘lmaydi. Biroq u infraqizil nurlarda kuzatilishi mumkin. Chunki 300 K temperaturagacha qizdirilgan absolut qora jism nurlanishi maksimu- mi X, = 10 mkm ga to‘g‘ri keladi. Gaz+chang bulutdan bunday yo‘l bilan yulduz hosil bo‘lishi uchun yuz minglab yil kerak bo‘ladi. Yulduz darajasi- ga yetish vaqti protoyulduzning massasiga bog‘liq. Massasi ko‘p (101Tt>s ) protoyulduzlardan tez (104 yil), kam (ITJ)0)laridan sekin (105 yil) yulduz hosil bo‘ladi. Yulduzlar odatda guruh-guruh tarzda (O va T-assotsiatsiyalar)


156



hosil bo‘ladi. Bu nuqtayi nazardan infraqizil rangi ortiq bo‘lgan yulduzlar niiiyiiq chang bulut ichida joylashgan) alohida qiziqish uyg‘otadi. Agar
.luiutlay chang bulut ichida qaynoq ( 0 , B) yulduz bo‘lsa, u o‘z atrofidagi M / i n ionlashtiradi va H II soha hosil qiladi. Bu soha o‘z nuriy bosimi voulamida chang moddani tashqariga itarib tashlaydi. Yulduz atrofida chang i|obiq hosil bo‘ladi, ularni birgalikda «pillali yulduz» deyiladi (pilla va qurt mi'ari). Hosil bo‘lgan qaynoq yulduz atrofidagi gaz+chang qobiqdan yana vangi yulduzlar hosil bo‘lishi mumkin. Kengayayotgan HII soha ta’sirida
/u hlashayotgan qobiqdagi neytral vodorod atomlari changchalar va mo- lckulalarni o‘z atrofida to‘playdi va yangi siqilish markazlari hosil bo‘ladi. Ap.ar dastlabki gaz-chang bulut massasi lO3+lO 4lTt)0 bo‘lsa, undan qator viilduz turkumlari, assotsiyatsiyalar to ‘dalari hosil bo‘lishi mumkin.
Siqilayotgan gaz bulut infraqizil nurlanish sochadi. Bunday protoyul- duzlarda mazer effekti ishga tushib, siqilish natijasida hosil bo‘lgan energiyani iming ichki qatorlaridan chiqishiga yo‘l ochadi, protoyulduz soviydi va
■■iqilish tezlashadi. Bu jarayon yulduz markazida T ~ 14- 106 K ga vaqinlashguncha davom etadi va undan yadro reaksiyalari boshlanib ketadi I' ko‘tarilgach bosim kuchi bilan siqilish kuchi tenglashadi va yulduzning siqilishi to‘xtaydi.
Hozirgi paytda osmonda yulduz hosil qilayotgan bir necha agregatlarni kuzatish mumkin. Shulardan biri Orion tumanligidir. Bu trapetsiya shaklidagi lo‘rtta qaynoq O-B yulduzni o‘rab turuvchi ulkan HII soha bilan biz yuqori- da, diffuz tumanliklarda tanishgan edik. Trapetsiyaning shimolida (bir yoy minut uzoqlikda) infraqizil manbalar to ‘dasi bo‘lib, to‘da molekular bulut bilan ustma-ust tushadi. Infraqizil manbalarning temperaturasi 530 K. Molekular bulut ichida 7 tadan ko‘p manba bor. Ilon eltuvchining p -si (p Ophiuchi) yaqinidagi murakkab qora chang bulut ichida 67 ta nuqtasimon infraqizil nurlanish manbayi borligi aniqlangan. Bu qora tumanlikda 1 ps3 hajmda 20 ga yaqin manba qayd qilingan. Shu munosabat bilan Hulkarda lps3ga 6 ta yulduz to‘g‘ri keladi. p Oph da kuzatiladigan bu manbalaming bir qismi aslida yaqinda tug‘ilgan ( 104—105 yil) yulduzlar bo‘lishi kerak, qolganlari (massasi kamlari) hali protoyulduz holatdadir. Shunday qilib, yulduzlar gaz+chang bulutlar ichida hosil boiadi. Bulut ichida hosil boigan har bir (yoki bitta) qaynoq (O, B) yulduz o ‘z atrofidagi moddaga nur ta’sir ko‘rsatadi va yana bir necha yulduz hosil boiishiga asos solinadi. Yangi hosil boiayotgan bu qaynoq yulduzlar o‘z navbatida atrofdagi moddada yangi protoyulduzlar hosil qiladi. Bu jarayon bulut bo‘ylab tarqaladi hamda yosh yulduzlar (O, T-assotsiatsiya) guruhlari va to‘dani hosil boiadi.

Download 17,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish