2.8 Quyosh sistemasining kichik a’zolari
Quyosh atrofida undan har xil masofada elliptik orbitalar bo'ylab ko‘plab mayda jismlar ham aylanadi. Ulaming ko‘pchiligi Quyosh sistemasining asl a’zolari bo‘lib, ulaming orbita tekisligi Yer orbitasi (ekliptika) tekisli- giga yaqin joylashgan. Bular asteroidlar (mayda sayyoralar)dir. 100 ta asteroid orbitasining ekliptika bilan tashkil qilgan burchagi i >20°. Ayrim mayda
6- 81
jismlar orbitasi ekliptika tekisligidan ancha chetda joylashadi. Ular orasida kometalar ajralib turadi. Bu jismlar Quyosh sistemasiga, uning tashqarisi- dan kirgan. Sayyoralararo muhit ko‘plab mayda jismlar, zarralar, chang va gaz modda bilan to‘lgan. Bularning hammasi Quyosh sistemasi a’zolaridir va katta sayyoralar bilan birgalikda sistemani hosil qiladilar. Endi shu jismlarning fizik tabiati bilan tanishib chiqamiz.
a) Asteroid (kichik sayyora) lar. Asteroid yulduzsimon yoritqichdir. Bu yoritqichlar ham yulduzlar osmonida asta-sekin siljib yuradigan, ya’ni sayyor jismlardir. Ular ham Quyosh sistemasiga kiradigan boshqa jism (sayyora) lar singari o‘zlaridan yorug'lik chiqarmaydilar. Biz ularning Quyosh yoritgan qismlarini ko'ramiz. Ulami kichik sayyoralar ham deb atashadi. U holda 8 ta sayyora katta va bir necha ekzo (sayyora kabi) sayyora bo‘ladi.
Hozirgi kunda bunday jism (asteroid)lami 20 000 dan ortig‘i qayd qilingan. Birinchi kichik sayyora bundan 200 yil oldin, 1801-yil sisiliyalik (Italiya) Juzeppe Piasii (1746—1826) tomonidan kashf ctilib, unga Serera (antik hosildorlik xudosi) deb nom berilgan. 1983-yil 1-noyabrgacha 2958 ta kichik sayyora ro‘yxatga olingan. 1999-yilning martiga kelib asteroidlar soni 10 000 dan oshdi va 2001-yilni yanvariga kelib bu asteroidlar soni 20 000 ga yetdi va hozir bu son 21 000 dan oshib ketdi. Kichik sayyoralar markazi (Kembrij, AQSH) bankida 90 000 dan ortiq asteroid to‘g‘risida ma’lumot to‘plangan. Ulaming ko‘pchiligi orbitasi hali hisoblanganicha yo‘q. Bu mayda sayyoralar maxsus robotik teleskoplar (LINEAR) yordamida ochilmoqda. Oxirgi (20 yil) yillarda ishga tushirilgan katta teleskoplar va Xabll kosmik teleskopi 25 m kattalikkacha yomg‘likka ega bo‘lgan yoritqichlami qayd qilishga imkon berdi.
Eng katta mayda sayyora (Serera)ning diametri 1000 km, 14 ta asteroidning diametri 250 km dan katta. Ko‘pchilik asteroidlaming ko‘nda!ang kesimi bir necha km. Kattaligi 1 km dan katta bo‘lgan jismlar asteroid, undan kichiklari m eteroid deb ataladi. A steroidlar soni 100000, meteoridlarniki yuz millionlab bo‘lsa kerak, degan taxminlar mavjud.
Ko‘pchilik asteroidlar orbitasi Mars bilan Yupiter orbitalari orasida joylashgan. Bu soha asteroidlar hosil qilgan belbog1 deb ataladi. Asteroidlar belbog'i o‘rtasini Quyoshdan uzoqligi 2.77 astronomik birlik va u Tisius - Bode qoidasida n =3 ga to‘g‘ri keladi. Ayrim asteroidlar orbitasi cho‘zinchoq ellips bo‘lib, belbog‘dan tashqariga chiqadi. To‘rtta asteroid (Ikar, Germes, Eros, Adonis) Quyoshga yaqinlashganda Yer orbitasini kesib o‘tadi. Ikar bilan Yer orasidagi masofa 1968-yilda 7 mln km bo‘lgan. Bu Yerga eng yaqin kelgan asteroiddir. Uning diametri 1.5 km. Gidalgo uzoqlashganda Saturn orbitasigacha yetadi, Xiron esa undan ham o ‘tadi (a= 13 .7 a.b.). Xaron, Saturn va Uran orbitalari orasida harakat qiladi. Katta asteroidni bir necha o‘nta mayda jismlar o‘rab harakat qiladi, ya’ni bitta oilani tashkil etadi. Bunday «oila»lami 50 dan ortig‘i kashf etilgan. Ular asteroidlaming o‘zaro to‘qnashishi natijasida hosil bo‘lgan.
Asteroidlar qattiq jismlar bo‘lib, ulaming ikki xili mavjud: tosh asteroid (p ~ 2 g/sm 3) va temir — nikel asteroid (p ~7—8 g/sm 3). Eng katta asteroid
82
Sereraning massasi 1.4- 1021 kg — Yernikidan 4.4 ming, Germesniki — I012 kg — Yernikidan milliardlab marta kam. Asteroidlar o ‘z o‘qi atrofida aylanadi va ular orasida qo‘shaloqlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |