yulduzsimon obyektlar (YuO)
chiqishdan oldin galaktikalarning fizik uchun uzoqlashish tezligi 270000
xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz. km/s.
168
5.6. Galaktikalaming fizik xususiyatlari
Galaktikalar bir-biridan faqat shakli bilan farq qilsa, bitta sinfga (li yoki S) kiradiganlari esa o‘lchamlari, massalari, yorqinliklari va boshqa li/.ik ko'rsatkichlari bilan farq qiladi. Yulduzlarda ko‘rganimizdek, bir sinfga kira iligan galaktikalarning fizik ko'rsatkichlari orasida bog'lanishlar bo'lishi ko uk, chunki galaktikani tashkil etgan yulduzlar bir-birlari bilan gravitalsion knch vositasida bog‘langan va bir-birlariga ta'sir ko‘rsatadi. Galaktika tarkibig,a kiradigan barcha yulduzlar, ular orasida joylashgan gaz va chang niodda umumiy gravitatsion maydonda harakat qiladi. Galaktika ma’lum shaklga oga va o‘z o‘qi atrofida aylanadigan yaxlit material muhit deb hisoblanishi va unga mnumiy fizik (tortishish, aylanish) qonunlar qo‘llanilishi mumkin. Yuqori da Galaktika misolida ko‘rganimizdek, boshqa galaktikalar ham o‘zak atrol'ula aylanadi. Sa va E tipdagi galaktikalar moddasining asosiy qismi ularning, o‘zagida joylashgan. 0 ‘zakda modda zichligi galaktika markazi tomon orlih horadi va o‘zak markazida maksimal qiymatga yetadi. Bunday tizimga kiradigan va uning tashqi qismlaridagi yulduzning harakati massa markazi atrolida aylanadigan jismning harakat qonunlariga (Kepler qonunlari) bo'ysunishi kerak. Bunda Kepler qonunlari qoilanilishi va markaziy (galaktika o'zagi) massaning fizik ko‘rsatgichlari hisoblanishi mumkin. Ichki qismlari (o‘zak va uning yaqin atrofl) ning aylanishi yaxlit holda (qattiq jism singari) ro‘y beradi va uning fizik ko‘rsatkichlarini hisoblashda qattiq jismning aylanishi qonunlarini qo‘llash mumkin.
a) Galaktikalarning burchak va chiziqli o‘lchamlari. Galaktikaning burchak kattaligi uning tasvirini o‘lchashdan topiladi. Ko‘pchilik galaktikalai (S, Ir) keskin chegaraga ega bo‘lmaganligi uchun tasvirlarining ko‘ndalang, kesimini o‘lchash ma’lum qiyinchiliklar va xatoliklarga olib keladi. Masalan, lasvirning kattaligi suratga olishdagi ekspozitsiya vaqtiga bog‘liq. Kalla ekspozitsiya bilan olingan tasvirlarda galaktikaning tashqi xira qismlari ham chiqadi, kichik ekspozitsiyada esa faqat uning yorug‘ qismining tasviri hosil bo‘ladi. Shuning uchun galaktikalarning o'lchamlari m a’lum xatolik bilau o‘lchanishi mumkin. Agar barcha galaktikalar bir xil ekspozitsiya bilan olinsa, yaqindagi yorug‘lari katta va uzoqdagi xiralari esa kichik tasvir hosil qiladi. Shuning uchun galaktika qancha uzoqda bo'lsa, uning o‘lchamlari shuncha kichik chiqadi. 5.1-jadvalda ayrim galaktikalarning fizik ko‘rsal kichlari keltirilgan.
Jadvalning yuqorigi qismida bizga yaqin pastki qismida eng yorug‘ va mahalliy tizimdan tashqarida joylashgan galaktikalar to‘g‘risida ma'lumollar olish mumkin. Birinchi ustunda galaktika nomi yoki Messe katalogi bo‘yi cha belgisi, ikkinchisida N G C bo‘yicha tartib raqami, uchinchida sinl'i, to‘rtinchida maksimal ko‘ndalang kesimi burchakiy yoy minutlarida va
kiloparseklar (kpk)da, beshinchisida siqiqligi £ = ^ ~ ~ - , oltinchisida vizual nurlarda ko‘rinma kattaligi va keyingi ustunlarda rang ko‘rsatkichi (B-V),
169
5. J-Jadval
Galakti- N» Diametri Uzoq-
ka NGC Tip bur- 8 ligi, V B-V Mv A y , ign>/iu= chak kps Mps km/s
Mahalliy galaktikalar vakillari
Katta Ir 460 7 0.2 0.052 0.1 0.5 -18.7 95 10
Magel- lan Buluti Androm- eda
(31) 224 Sb 100 16 0.7 0.67 3.5 0.8 -21.1 280 11.5
tuman- ligi Uch- burchak- dagi
tumanlik 598 Sc 35 6 0.3 0.73 5.7 0.6 -18.8 104 10.1
M33 147 Ep 9 1 0.4 0.4 0.66 9.6 0.9 -14.8 9
6822 Ir 15 2 0.47 8.6 0.5 -15.6 110 8.5
Tanlangan yorug' galaktikalar
M81 55 Sc 25 12 2.3 -19.9 190
Mo2 3031 Sb 20 16 0.9 3.2 7.2 1.0 -20.9 260 10.5
M87 3034 Irll 8 7 0.5 3 6.9 0.9 -19.6 180 11.2
M1Q4 4486 EI 4 13 0.7 0.2 13 8.2 8.7 1.0 -21.7 10.5
SentavrA 4594 Sa 6 8 0.3 12 8.1 1.0 -22 12.6
M83 5128 EOp 14 15 0.2 0.2 4.4 7 -20 11.7
M 101 5236 SBc 10 12 0.0 3.2 7.2 7.5 0.7 -20.6 320 11.3
5447 Sc 20 23 3.8 0.6 -20.3 285 11.2
absolut yulduziy kattaligi (Mv), o‘q atrofida aylanish tezligi va nisbiy massasi (Igtty/tt]?®) logarifmi keltirilgan. Galaktikaning chiziqiy diametri uning burchak kattaligi va uzoqligi asosida hisoblanadi. Jadvalda keltirilgan galaktikalar bizning Galaktikadan kichik (eng kattasining diametri 23 kpk), biroq osmonda maktab teleskopida kuzatsa bo‘ladigan darajada katta bur- chakiy o'lchamga ega. Katta Magellan Buluti va Andromeda tumanligi teleskopsiz ham ko‘rinadi.
Uzoq galaktikalarning burchakiy ko‘ndalang kesimi bir yoy minuti- dan kichik va yorug‘ligi esa V > 20m. Galaktikalar olamida hatto yulduzsi- mon Galaktikalar ham kuzatiladi, ular kvazaglar deb ataladi va ular bizdan o‘nlab megaparsek (Mpk) uzoqlikda joylashgan. Jadvaldan ko‘rish mumkin, bir xil sinfga kiruvchi galaktika (mas. NGC 598 va 55 yoki KMB va NGC 6822) lar diametri bo‘yicha bir-biridan bir necha marta farq qilishi mumkin. Bu farq elliptik (E) galaktikalarda kam, spiral (S) va noto‘g‘ri (Ir) galaktikalarda ko‘pdir. Buning sababi yuqorida aytganimizdek, galaktikalar keskin chegaraga ega emasligi bilan bog‘liq.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |