Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
Hamma oila a’zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va zarurati bo’lganda darhol uni taqib olish;
Yakka muhofaza vositalari bo’lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlash va zarurat bo’lganda darhol taqib olish;
Xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rish;
Televideniya, radio orqali olingan ma’lumotlar va ko’rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va yashayotgan xonadondan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalarga yashirinish;
Panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalardan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, uyda deraza va eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish va ularni qalin mato bilan yopish.
Do'stlaringiz bilan baham: |