Radiatsiya bilan zararlangan hududlarda bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
Hududda «xavfli: radiatsiya» yozuvli maxsus ko’rsatkichlarga e’tibor berish;
Tanani to’la-to’kis yopib turadigan kiyim kiyib olish;
Xonadon (kvartira)ga kirishdan oldin kiyimni yaxshilab qoqish (yaxshilab changini tozalash va poyabzalni yuvish), ko’cha kiyimini almashtirish va «ishlatilgan» kiyimni tashqarida qoldirish;
Hududlardagi daraxtlar mevasi hamda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ishlatmaslik;
Ariq, ko’l va to’planib qolgan suv manbalaridan foydalanmaslik;
Ovqatlanishdan oldin albatta qo’lni sovun bilan yuvish va og’izni chayish;
Ishlatiladigan sabzavot va mevalarni ham yaxshilab yuvish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |