Bola 3 -4 oylik boiganda tili chiqa boshlaydi. Unda ayrim tovushlar paydo bo‘ladi. Go'dakning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta'siri sezila boshlaydi. Go'dak tevarak-atrofdagi kishilarning nutqini eshitib, nutq brikmalariga o‘zi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Kar-soqov (gung) bolalarda qichqirish va guvrash bo‘ladi, lekin nutq faqat sog'lom bolalardagina odatdagicha rivojlanib boradi. Bolalarning til chiqara boshlashi nutqning o'sish jarayonida tayyorgarlik rolini o'ynaydi: til chiqarayotgan davrda turli tovushlar va bularning birikmalari hosil bo'ladi, nutq apparati rivojlanib, mustahkamlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |