111
va shirkat xo‘jaliklari iqtisodiyotining kelgusida mustahkamlan-
ishi va rivojlanishiga bog‘liq. Shuni qayd etish lozimki, meva-
ni saqlash va qayta ishlashni bilmaydigan mutaxassislar qo‘lida
mavjud eng yaxshi hosil ham sifatsiz mahsulotga aylanib qolishi
mumkin.
Muddatidan
ilgari uzilgan mevalar nordon, shirasiz, rangi
xunuk va tez zaharlanadigan bo‘ladi. Ularni saqlab qo‘yganda
buri shib qoladi, uzoqroq joylarga tashishga yaroqsiz bo‘ladi
va tezda sasib ketadi. Kech uzilgan mevalar esa shirasiz va
mazasini yo‘qotib qo‘yadi. Bunday mevalarni uzoq saqlab
bo‘lmaydi.
Meva va uzumlarni uzish muddati ularning pishganligini
ko‘rsatadigan nav belgilariga qarab aniqlanadi. Pishgan meva-
larni uzish muddati ularning iste’mol
qilinishiga qarab ham turli-
cha bo‘lishi mumkin, ya’ni ularni sanoatda qayta ishlash, ho‘llik
vaqtida ye yish yoki sotish hamda uzoqroq joy larga yuborilishiga
qarab ertaroq va kechroq uzish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston sharoitida sanoatda qayta ishlash uchun uzilgan
turli xil mevalar konserva qilingandan keyin ham o‘zlarining
eng yaxshi xislatlarini saqlab qolishlari kerak. Masalan, o‘rik,
shaftoli, olxo‘rini yashillik (dumbulroq) vaqtida uzib, murabbo
pishirilsa, ular ezilib ketmaydi.
O‘zbekistonning uzoq joylariga yuboriladigan mevalarning
juda ozchiligi ko‘k vaqtida uziladi.
Bunday mevalar uzoq joy-
larga yetkazib berilguncha buzilmasdan, yaxshi pishib o‘zining
sifatini saqlagan holda xaridorlarga yetib boradi. Agar ular
ho‘lligida ye yiladigan yoki o‘sha joyning o‘zida sotiladigan
bo‘lsa, bu mevalarni to‘la yetilib pishgan vaqtda uzish tavsiya
etiladi. Bu mevalarning mazasi, hidi, rangi va etining qattiq-
yumshoqligi o‘sha meva ning naviga qarab bo‘ladi.
Ularni saqlab
qo‘yganda pishib o‘ta boshlaydi, sifatini yo‘qotadi va buziladi.
Qishki olma, noklar esa uzilgandan bir necha oy o‘tganidan ke-
yingina yeyishga yaroqli bo‘ladi.
Mevalarning pishganligini ko‘rsatadigan eng asosiy bel-
gilardan biri – ularning rangidir. Urug‘li mevalarning pish-
112
magani yashil va yashil-sariq, pishgani esa sariq rangda
bo‘ladi. Danakli meva va uzumlarning pishmagani yashil va
yashil-sariq,
pishgani esa sariq, qizil-ko‘k, qora va boshqa
rang larda bo‘ladi.
Rang mevaning po‘stida yoki etida bo‘lishi mumkin.
Mevalar ning rangi daraxtning o‘sish sharoitiga, quyosh nurla-
rining tushishiga, tuproqqa, o‘g‘itlashga, havo haroratiga, shox-
shabbalar ning qalinligiga va boshqa faktorlarga qarab to‘q yoki
och bo‘lib o‘zgarishi mumkin. Meva pishganida o‘ziga xos rang-
ga va hidga ega bo‘ladi.
Olma. Olmaning yozgi navlari
to‘la pishib yetilishidan bir hafta
ilgari uzilganda ularni uzoq joy-
larga olib borish mumkin. Kuzgi
navlarini esa yetilib pishishidan
10–15
kun ilgariroq uzish tavsiya
etiladi. Qishki navlarini ob-havo
sharoiti imkon berganicha daraxt
ustida uzoqroq saqlash mumkin.
Shunda ham ular yeyish uchun
yaroqli bo‘lishidan ancha ilgari
uzilgan bo‘ladi.
Nok. Nokni to‘la pishib yetil-
gunicha daraxt ustida qoldirilsa,
ularning eti yirik donachalarga
to‘ladi va o‘sha
donachalar tosh-
ga o‘xshab qota boshlaydi. Nok
meva sining urug‘lari asosan jigar-
rang tusga kirganda uzish tavsiya
etiladi.
Behi. Behi to‘q yashildan
och sariq rangga aylana boshla-
ganida uzila boshlanadi. Kuzgi
nav behilarning rangi sentabr
oyining ikkinchi yarmida va
Do'stlaringiz bilan baham: