Yazasimon shox-shabba. Shox-shabbadan odatda, yarus
ko‘rinishida 3–5 ta asosiy shoxlar chiqarib, daraxtni boqqa
o‘tqazish vaqtida markaziy shox olib tashlanadi. Bu holda daraxt
kosasimon formada (shaklda) bo‘ladi.
Yotib o‘sadigan shox-shabba. Shox-shabba yer yuzasidan
30–60 sm oraliqda, tuproq qavatiga yaqin joylashadi.
Butasimon shox-shabba. Ularning markaziy tanasi bo‘l-
maydi, yer ostida o‘sadigan bir necha mustaqil tanalardan iborat
bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi: Talabalar turli xil mevali daraxtlar-
ning o‘sish kuchi, biologik xususiyatlari hamda agrotexnika cho-
ra-tadbirlarni bajarish darajasini inobatga olib kesish usullari va
shakl berish texnikasini o‘rganadilar. Bu ishlarni bajarish uchun
bog‘ asboblarining asosiy turlari bo‘lishi zarur. Talabalar daf-
tarlariga O‘zbekistonda keng tarqalgan mevali daraxtlarga shakl
berish usullarini hamda tartibini yozib oladilar.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |