163
12-amaliy mashg‘ulot
12. MEVA VA UZUMLARNI
QAYTA ISHLASH USULLARI
(2 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni
meva va uzumlarni quritish
hamda ho‘lligicha asrash usullari bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:
1. Sh. Temurov. Uzumchilik. – T.: «O‘zbekiston milliy ensik-
lopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – 2002, 180–188-betlar.
Qisqacha tushuntirish:
O‘zbekiston quritilgan meva yetkazib berish bo‘yicha dun-
yoda asosiy o‘rinni egallaydi. Mevalar pishgan vaqtda bulutsiz
va yog‘ingarchiliksiz
kunlarning uzoq turishi, havoning quruq
va issiq bo‘lishi mevalarni quyosh nurida quritishga katta im-
kon beradi.
Bog‘ va tokzorlar maydonining
kengayishi va ularning
yildan yilga hosildorligi oshib borishi fermer xo‘jaliklarida meva
va uzumlardan quritish ishlarini keng hajmda uyushtirishni ta-
lab qiladi.
Terilgan hosil xo‘jalikning o‘zida avtomobil,
traktor hamda
ot aravada tashiladi. Uzoq joylarga yuborishda esa avtomobil
va temiryo‘l transporti, ba’zan samolyotlardan foydalaniladi.
Ayniqsa, avtorefrijeratorlar, refrijeratorli vagonlarda (harorat
2–5°C) tashish juda qulay. Buning uchun oldindan maxsus so-
vitkichlarda uzumni 12– 20°C haroratda ushlab turish lozim.
Temiryo‘1 transporti orqali jo‘natiladigan
uzumning yaxshi
saqlanib borishi uchun uzum solingan har bir yashikka 10 gr
kaliy metabisulfitning tabletkalari joylashtirilishi lozim. Ular-
dan ajralib chiqadigan angidrid gazi g‘ujumlarni mog‘orlashdan
saqlaydi.
Qishda saqlashga mo‘ljallangan uzumlar GOST talabidagi
ya shi k laкga bandini yuqoriga qaratib joylanadi. Maxsus sovit-
kichlarga joylashdan oldin xona oltingugurt gazi bilan dudlanadi.
Uzum havo harorati 1–2°C, namligi 90–95 foiz atrofida saqlani-
164
shi lozim. Sovitkichlardagi uzumni birdaniga issiq muhitga olib
chiqish yaramaydi («terlab» tezda qorayadi).
Quritilgan mahsulotlar tezda o‘ziga namni tortib olib,
bir-biri-
ga yopishib qoladi, bosilib ketadi. Shuning uchun meva qoqilari
va mayizlarni taxta polli, quruq binolar ichida saqlash kerak.
Quruq mahsulot ozroq bo‘lsa ularni qoplarga solib ham saqlash
mumkin, ammo ularni vaqti-vaqti bilan qoplardan ag‘darib, sha-
mollatib tu rish kerak.
Ko‘p miqdordagi qoqi esa binoga 2
metrcha qalinlikda yoyib
qo‘yiladi. Saqlash vaqtida bir-biriga yopishib ketmaslikgi uchun
yog‘och kurak bilan tez-tez ag‘darib turish lozim.
O‘zbekiston sharoitida mevalardan pyure, pavidlo, murabbo,
djem,
uzumlardan esa sharbat, shinni, kompot, pastila va sukata-
lar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: