91
ssuda kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan bo‗lib, moliyaviy
investitsiyalar orqali harakat qiladi. Sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona
faoliyatiga barqaror ta‘sir o‗tkazishga intilib, real, bevosita investitsiyalar orqali
harakat qiladi.
2. Investitsion muhit manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo‗lishi kerak,
chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, investitsiyalarni yetkazib beruvchi ham
turli maqsadlarni ko‗zlaydi. Ularning birinchisi mamlakatdagi mavjud mahalliy
resurslardan tejamli foydalangan holda, ishlab chiqarish (xizmatlar ko‗rsatish)ning
ustuvor sohalarini rivojlantirish va eksportbop zamonaviy tovar (xizmat)lar
ishlab
chiqarish kabi maksimum maqsadlarni ko‗zlasa, ikkinchisi – yuqori foyda olish va
mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq va muqim egallashga intiladi.
3. Investitsion muhit, bir tomondan, uzoq vaqt davomida barqaror bo‗lishi
lozim, ikkinchi tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda
shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy,
tadbirkorlik,
boshqaruv, texnologik) nisbatan yuz berayotgan o‗zgarishlarni hisobga ola biladigan
bo‗lishi darkor.
4. Investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va
xizmatchilarning malakasi va kunikmalarining yuksalishi bilan aniq bog‗langan
bo‗lishi lozim.
5. Investitsion muhit xo‗jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish
tizimlari xavfsizligiga raxna solmasligi kerak.
6. Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
manfaatlari muvozanatini ta‘minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning
samarali ekanligini va investitsion muhitning qulayligini kompleks baholash talab
etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb
qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy
etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini hisobga olish darkor.
Investitsion muhitning yuqorida bayon qilingan uslublari asosliligi va amaliy
ahmiyatini izohlash uchun chet el tajribasini ko‗rib chiqamiz. Investitsion muhitga
baho berish uslublari bir-biridan farq qilib, odatda chet elda makroiqtisodiy sohaga
nisbatan baho ishlatiladi.
92
Investitsion muhitni baholashning ko‗p omilli usuli uslubiy talablarga ko‗proq
to‗g‗ri keladi. Uning afzallik tomonlari: resurs-omillarning o‗zaro ta‘sirini hisobga
olish; baho berishda subyektivizmni kamaytiradigan statistik ma‘lumotlardan
foydalanish;
iqtisodning
turli
darajalariga
alohida-alohida
yondashuv;
investitsiyalarning barcha mumkin bo‗lgan manbalarini
maksimal darajada samarali
qo‗llashni ta‘minlashga intilish.
Risk darajasi bilan bog‗liq baholash usuli eng avvalo strategik investor uchun
qiziqish uyg‗otadi. U nafaqat investitsiyalash uchun jozibadorlikni aniqlab qolmay,
balki, investitsiyalarni qo‗yiladigan yangi obyektga xos bo‗lgan xavf darajasi bilan
hozirda mavjud bo‗lgan, investor uchun biznes yuritish odatiy bo‗lgan risk darajasini
qiyoslaydi. Ushbu yondashuvda, shuningdek, investorning ham iqtisodiy, ham
siyosiy manfaatlari hisobga olinadi.
Zamonaviy
iqtisodiy
tafakkurning
etakchi
yo‗nalishlaridan
bo‗lgan
institutsionalizm investitsion muhit tahlili uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shuni
ta‘kilash joizki, investitsion muhit iqtisodiyotning institutsional
tizimida alohida
(qism tizim) tizim osti bo‗lib, u ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va ilmiy-
texnikaviy yangilanish jarayonida faol investitsion faoliyat orqali ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish vazifasiga ega.
Tadqiqotlarimiz maqsadlari uchun kengaytirilgan ijtimoiy ishlab chiqarishning
iqtisodni samarali tashkil etishni va oxir-oqibatda iqtisodiy yuksalishni
ta‘minlaydigan institutsional shart-sharoitlar tavsifini bilish muhim.
Xo‗jalik tizimining investitsion muhiti dinamizmga ega bo‗lib, u doim yaxshi
yoki yomon tomonga o‗zgarib turadi. Shu sababdan uni monitoring qilish,
doimiy
kuzatishni tashkil qilish muhimdir. Jahon amaliyotida bunday monitoringning uch xil
varianti eng ko‗p tarqalgan:
26
26
Haydarov N.H. Iktisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-solik
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.
Toshkent-2003. 60 bet.
93
birinchi variant
mintaqalar va tarmoqlarni ajratmagan holda butun mamlakat
investitsion muhitini yaxlit kuzatib boriladi. Bu variantdagi kuzatuv ko‗p hollarda
chet el konsalting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi;
ikkinchi variant
mintaqalar va mamlakatning butun investitsiya muhiti
kuzatib boriladi;
uchinchi variant
mintaqalar, tarmoqlar, yiriklashtirilgan mintaqalararo
iqtisodiy zonalar investitsion muhiti kuzatiladi.
Uchinchi variant umume‘tirof etilgan variant hisoblanib, mamlakat investitsion
muhitini tavsiflashning mukammal kurinishidir. U љuyidagi imkoniyatlarni beradi:
mintaqalararo iqtisodiy tuzilmalarning investitsion shart-sharoitlari o‗rtasidagi
o‗xshashlik, farqi va o‗ziga xosligini aniqlash; mamlakat
investitsion siyosatida u
yoki bu mintaqaning o‗sib borayotgan ahamiyatini e‘tiborga olish; subyektivizmni
kamaytirish, axborotni yig‗ish, qayta ishlash, uzatish jarayonini soddalashtirish, turli
iqtisodiy darajalardagi investitsion muhitni yaxshilash bo‗yicha muayyan tavsiyalar
berish. Shuningdek, investitsion muhitni aniqlovchi turli xil omillardan, ya‘ni,
statistik, faktologik va axborot materiallarini o‗rganish, tahlil qilish va shu kabi
boshqa omillardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: