asosiy
kapital
(loyiha-tadqiqot ishlari, maydonchalarni tayyorlash, bino va inshootlarni
qurish va ta‘mirlash, asbob-uskunalarni xarid qilish va o‗rnatish, xodimlarni o‗qitish
va hokazolar) va
aylanma kapital
(xomashyo va materiallar xarid qilish, sotib
olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‗i va energiya, mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari va hokazolardan iborat bo‗ladi.
Aylanma kapitalni hisob-kitob qilishda qisqa muddatli kreditlarning chiqarib
tashlanishi sababli u aksiyadorlik kapitali yoki uzoq muddatli majburiyatlar hisobiga
moliyalashtirioishi lozim. Xo‗jalik yili davomida vujudga keluvchi moddiy
resurslarni qisqa muddatli oshirish qisqa yoki o‗rta muddatli kreditlar hisobiga
moliyalashtirish mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli shakl va usullar bilan amalga
oshiriladi. Ularning orasida egsh tarqalganlari quyidagilar sanaladi:
aksiyalar yordamida investitsiyalash
– pul mablag‗larini aksiyalar xarid qilish
yo‗li bilan kiritishni ifodalaydi;
budjetdan investitsiyalash
–
bevosita subsidiyalash orqali investitsion
dasturlar hisobiga amalga oshiriladi;
lizing –
investitsiyalarni moliyalashtirishning mulkka egalik huquqini ijaraga
beruvchida saqlab qolgan holda uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan shakli
sifatida (mashinalar, asbob-uskunalar, transport va boshqa vositalarni o‗rta va uzoq
muddatli ijaraga berish);
bank kreditlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari
hisobiga shakllanuvchi
qarzga moliyalashtirish
;
96
ipoteka
– pul ssudasi olish maqsadida ko‗chmas mulkni (erlar, korxonalar,
bino va inshootlar, er bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan boshqa obyektlar) garovga
qo‗yish.
Bu shakllarning har biri o‗z yutuq va kamchiliklariga ega bo‗lib, shu sababdan
turli xildagi moliyalashtirish usullaridan foydalanish oqibatlarini to‗g‗ri baholashga
faqat ularning muqobil variantlarini taqqoslash yo‗li bilan erishish mumkin. Masalan,
uzoq muddatli qarz va aksiyadorlik kapitali o‗rtasida nisbatni tanlash muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki qarzga olingan mablag‗lar ulushi qanchalik katta bo‗lsa,
foiz ko‗rinishida shunchalik ko‗p mablag‗ to‗lanadi.
Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish manbalari
ham turlicha bo‗lishi
mumkin. Bu, masalan:
xo‗jalik subyektlarining
o‗z moliyaviy vositalari
- foyda, amortizatsion
ajratmalar, sug‗urta tashkilotlari tomonidan tabiiy ofatlardan (avariya va hokazolar)
ko‗rilgan zarar uchun to‗lanuvchi mablag‗lar, boshqa aktiv turlari (asosiy fondlar, er
maydonglari va b.) va jalb etilgan mablag‗lar, masalan, aksiyalarni sotishdan olingan
mablag‗lar, shuningdek, yuqori xolding va aksiyadorlik kompaniyalari, sanoat-
moliya guruhlari tomonidan ajratiluvchi xayriya mablag‗lari va boshqa badallar;
turli darajadagi (respublika, mahalliy) byujet hisobiga, tadbirkorlikni
qo‗llab-quvvatlash, budjetdan tashqari fondlar tomonidan xayriya yoki imtiyozli
asosda taqdim etiluvchi
budjet mablag‗lari
;
chet el investitsiyalari -
qo‗shma korxonalar gizom kapitalida moliyaviy
yoki boshqa ko‗rinishda ishtirok etish, shuningdek, amadjagi qonunchilikka muvofiq
xalqaro tashkilotlar, mulkchilik shakli turlicha bo‗lgan moliyaviy munosabatlar va
xususiy shaxslarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri pul mablag‗lari hisobiga shakllanuvchi chet
ellik yuridik va jismoniy shaxslar kapitali;
qarzga olingan mablag‗lar
– davlat va tijorat banklari, chet ellik investorlar
(masalan, Jahon banki, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki, xalqaro jamg‗armalar,
agentliklar va yirik sug‗urta kompaniyalari) tomonidan qaytarib berish sharti bilan
taqdim etiluvchi kreditlar.
97
Investitsiyalar
o‗zini-o‗zi moliyalashtirishining eng tarqalgan shakli
korxonalarning taqsimlanmagan foyda va amortizatsiya ajratmalari shaklidagi,
qimmatli qog‗ozlar emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan olingan kapital bilan
to‗ldirilgan mablag‗lari hisoblanadi. Shu bilan birga kapital sig‗imi katta bo‗lgan
investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaror qilgan korxona kamdan-kam hollarda
o‗z moliyaviy resurslari bilangina barcha ishlarni bitirishi mumkin, shu sababli u
qarzga olingan mablag‗lardan foydalanish, obligatsiyalar va boshqa qarz
majburiyatlari chiqarish yoki turli moliyaviy institutlarga (baknlar, sug‗urta
kompaniyalari) kredit olish uchun murojaat qilishga, jumladan, markazlashgan
investitsiyalar va boshqa davlat imtiyozlaridan foydalanishga majbur bo‗ladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirishni tashkil qilish loyihalarni boshqarishning
ularni nafaqat ishlab chiqarish fondlariga kiritilgan pul mablag‗lari (asosiy va
aylanma kapital) bilan, balki mulk huquqi va nomoddiy aktivlar, kreditlar, zaemlar,
soliqlar, yerdan foydalanish huquqi va hokazolar bilan ham ta‘minlashni qamrab
oluvchi vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu kreditlash shaklarini baholash,
investitsiyalar ajratuvchi tashkilotlarni aniqlash, loyihani amalga oshirish va uni
moliyalashtirish shartlarini nazorat qilish hamdir.
Moliyalashtirish manbasi sifatida aholining mablag‗larini jalb qilishni ham
ko‗rib chiqish mumkin. Masalan, tijorat banklarining kreditlari va chet el valyuta
mablag‗larini jalb qilar ekan, qarz oluvchilar ko‗pincha aholi o‗z qo‗yilmalari
bo‗yicha oluvchi mablag‗lardan ancha ko‗p foizlar to‗laydi. Tadqiqotlarning
ko‗rsatishicha, aholining valyuta qo‗yilmalari bo‗yicha foiz stavkasini hech
bo‗lmaganda tijorat banklari darajasigacha oshirishda investitsiya mablag‗larini jalb
qilish bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗plab muammolar o‗z yechimini topgan bo‗lar edi.
Bunda qo‗yilmalar sirini saqlash, daromadlarni deklartsiya qilishdan bosh tortish,
shuningdek, davlatning qo‗yilgan mablag‗larni saqlash va o‗z vaqtida qaytarib berish,
ulardan eng ustuvor yo‗nalishlarda foydalanishni kafolatlashi zarur.
Loyihalarni moliyalashtirish tizimi ularni manbalar bo‗yicha tasniflaydi:
mulkchilik shakli bo‗yicha -
xususiy, jalb qilingan va qarzga olingan;
98
mulk egalari darajasi bo‗yicha
– davlat, korxona va investitsiya loyihasi
darajasida. Bugungi kunda
davlat darajasida
ularning manbasi budjet va budjetdan
tashqari fondlar, davlat kredit-moliya va sug‗urta tizimlari, ichki va tashqi qarz
mablag‗lari;
loyiha darajasida
– budjet mablag‗lari va xo‗jalik subyektlari (mahalliy
korxona va tashkilotlar, jamoa institutsional investorlar) mablag‗lari, turli shakldagi
chet el investitsiyalari hisoblanadi.
Korxona darajasida
quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
o‗z mablag‗lari
- foyda, amortizatsiya ajratmalari, tabiiy ofatlardan ko‗rilgan
zararni qoplash uchun sug‗urta mablag‗lari, asosiy va aylanma mablag‗larining
immobilizatsion ortiqchaligi, nomoddiy aktivlar va b.;
jalb qlingan mablag‗lar
(o‗z kapitali tarkibiga kiritiladi) – aksiyalar
chiqarish va joylashtirish hisobiga jalb etiluvchi, yuqori tashkilotlar tomonidan
ajratiluvchi grantlar, xayriya badallari, davlat subsidiyalari, bevosita va bilvosita
imtiyozlar va b.;
qarzga olingan mablag‗lar
(o‗z kapitali tarkibiga kiritilmaydi) – bank
kreditlari va boshqa qarzlar, obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish hisobiga jalb
etiluvchi mablag‗lar, mashina va asbob-uskunalar, lizing (moliyaviy, operatsion)
asosida foydalaniladigan boshqa pulsiz vositalar va b.
Loyihalarni moliyalashtirish tizimi nafaqat uning manbalarini, balki
quyidagilarga taqsilanuvchi tashkiliy shakllarni ham qamrab oladi:
aksiyadorlik shakli
– nizom kapitlaida ishtirok etish, korporativ
moliyalashtirish;
davlat shakli
- qaytarib berish asosida budjet kreditlari va xayriya shaklidagi
budjet ajratmalari, davlat maqsadli investitsion dasturlari, loyihalarni davlatdan qarz
olish hisobiga moliyalashtirish;
loyiha shakli
– to‗liq regress huquqi bilan, regreass huquqisiz va mastik
regress huquqi bilan kreditlash;
99
qarz shakli
- lizing, bank ssuda va kreditlari, chet el kreditlari, investorlar
jamoasi investitsiyalari va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |