Nazorat savollari
1.0‘rta asr cherkov musiqasining qisqacha tavsifini bering.
0‘rta asr katolik qo'shiqchiligidagi islohotni amalga oshirgan shaxs kim bo'lgan?
Grigoryan xoralning kuylash uslublarini so‘zlab bering.
Nota yozuvini amaliyotga kiritgan italyan musiqachisi kim boMgan?
Ilk cherkov madhiyalari muallifi kim?
0‘rta asr sayyoh artistlari.
Sarkarda (ritsar)Iar doirasida XI asrga kelib shakllangan san’at namoyandalari haqida so‘zlab bering.
Adabiyotlar
Гуревич E. История зарубежной музыки. 2-е изд. - М, 2000.
Сапонов М. Менестрели. Книга о музыке средневековой Европы. - М., 2004.
Mirhaydarova Z. Jahon xalqlari musiqa san’atining rivoj- lanish jarayoni. - T., 2008.
Trigulova A. Xorijiy musiqa adabiyoti (o‘quv qoMlanma). -T„ 2009.
21
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ill bob. UYG‘ONISH DAVRI MUSIQA SAN’ATI
Bu davmi aynan “Uyg‘onish” (Renessam) nomi bilan qayd etilishiga nima sabab bo‘lgan?
Avvalo “Uyg‘onish” deganda, o‘rta asrda jamiyatni mudrab yotgan ongi uyg‘onishi, antik davr san’ati va ijtimoiy hayotning qayta jonlanib tiklanishi, kuch-quwatga to‘lib, o‘rta asr zulmatidan ozod bo‘lgan yangi davr kelishini namoyon etgan. Uyg‘onish davri buyuk jug‘rofiy kashfiyotlari bilan dunyo haqida inson tasavvurlarini butkul o‘zgartirdi. Qadimdan qolib ketgan diniy qoidalardan voz kechish, o‘z navbatida, ilm sohasining dadil rivojlanishi va gullashiga, jamiyatda shakllangan yangi erkin samarali iqtisodiy munosabatlar yangicha ko‘rinishda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qadriyatlarni rivoj topishiga turtki berdi. Asta-sekin “gumanizm” (humanus - lotinchadan insoniylik) nomi bilan ataluvchi yangi insoniyat tafakkuri shakllandi.
Shunday sharoitda tasviriy san'at, adabiyot va musiqa san’ati ham gurkirab rivoj topdi. Agar o‘rta asr musiqa san’atida muallifning shaxsiy uslubi imkon qadar bostirilib, yo‘qqa chiqarilgan bo‘lsa, bu davrda aksincha, uning timsoli birinchi darajaga ko'tarilib, iqtidorini yangicha nazar bilan baholandi. Ma’lumki, avvallari jamiyatda “ras- som”, “kompozitor” kabi tushunchalar katta ahamiyat kasb etmagan.
Darhaqiqat, Rafael, Leonardo da Vinchi tasviriy polotnolariga, Mikelandjelo haykallariga e’tibor qaratganimizda, ularda inson va
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning qadr-qimmati alohida bo‘rttirilib namoyon qilinganining guvohi bo'lamiz. Djovanni Pyerluidji va Palestrina, Josken Depre, Ioxaness Okegem va Orlando Lasso musiqiy asarlari yuqori, aniq va yuksak insoniy hissiyotlar tizimini aks etuvchi yangi davr tarovatini namoyon etadi.
Ushbu davrda o‘ziga hosligi bilan ajraluvchi yangi milliy musiqa maktablari shakllandi. Shular qatorida Niderland (Frank- flamand maktabi nomi bilan ham e’tirof etiladi) polifonik maktabi - G. Dyufai, I. Okegem, Ya. Obrext, J. Depre, O. Lasso nomi bilan; italyan milliy maktabi - Dj. Palestrina, Dj. Gabriyeli; ispan maktabi- К. Morales va T. de Viktorirya; ingliz maktabi - U. Byord va T. Talis; nemis maktabi - X. L Xasler, L. Zenfl; polyak maktabi - Shamotulli Vatslav, Lvovli Marsin, M. Zelenskiy; chex maktabi - Y. Turnovskiy, K. Garant kabi kompozitorlar nomi bilan mashhur. Ushbu kompozi- torlar ijodida cherkov va dunyoviy musiqiy janrlar, jumladan, messa, motet, madrigal, qo‘shiq va turli xil raqslar (pavana) keng rivoj topadi. Dunyoviy va cherkov musiqasida ko‘p ovozlikning eng yuksak ko'rinishi -polifoniya yuqori cho‘qqilarga qadar ko‘tariladi.
Barokko davri musiqa madaniyati. XVII asr va XVIII asr boshlari musiqa tarixida katta ziddiyatlar va o'zgarishlar ro‘y berishi bilan belgilandi. Fransuz “Quyosh” qiroli Lyudovik XIV ning hukmronlik davri, Angliyada Oliver Kromvel boshchiligidagi burjua inqilobi kapitalizm davrida yangi bosqichni namoyon etdi (16421660). Absolyutizmga qarshi chiqqan ijtimoiy harakat (1648-1653)
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
“fronda” nomi bilan mashhur bo‘3ib, urush davri (1618-1648) o‘zining safiga ko'plab Yevropa mamlakatlami jalb etib, nihoyat, Vestfal tinchligi bilan yakun topdi va Gabsburglar hokimiyatini xonavayron bo‘ Jishini anglatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |