r
Mazkur tizim okíavani 12 bir xil yarimtonlarga boiinishini
nazarda tutgan. Tabiiy tizimda klavir cholg‘usi kichik son belgili
tonalliklarda jaranglaníshiga moijallangan. Temperatsiya tizimi esa
klavir cholg‘usini nafaqat major va minoming barcha tonalliklarida
chalishni, balki modulatsiyalar orqali boshqa tonalliklarga erkin
o‘tish yoilarini ochib berdi. Temperatsiya Baxdan avval ma’lum
boigan, biroq faqat kompozitor sa’y-harakati bilan, uni badiiy
amaliyotga kiritish va undan avval kam ishlatilgan ko‘p belgili
tonalliklami ijro amaliyotiga joriy etilishi uchun yo‘l ochib berdi.
0 ‘z oldiga birinchi galda sof amaliy vazifalami qo‘ygan kom
pozitor asi san’atkor yondashuvidan yiroqlashmadi. U mazmunan
boy va serma’no ikki qismli polifonik turkumning orasida solishtirish
turlarining xilma-xil yoilarini inkishof qildi. Organ musiqa kabi bu
solishtirish asosida erkin badihalikka asoslangan prelyudiyani jiddiy,
aniq yaratish tamoyillariga tayangan fuga bilan qarama-qarshi
taqqoslash usuli asos b o id i. Ba’zan bu kontrast prelyudiya va fugani
butkul bir-biriga o‘xshamasligi, xususan, turli emotsional, janr,
tematik, kuy mavzular harakati va boshqa omillar bilan farqlanishida,
ba’zan esa ular bir-biriga qardosh ohanglar rishtalari bilan bog‘-
liqligida namoyon qilinadi.
Agar organ polifonik turkumlarga dabdabalik, yuqori mahorat
mohirligi, konsert kenglik, monumentallik xos boisa, klavir asarlari
xonakilik tabiati bilan farqlanadi. G‘oyaning chuqur va ifodaviy aksi
asar markaziga qoilgan. Shu bois, klavir turkumlarida boshqacha
uslubiy usullar kompozitor tomonidan qoilanilganligini ko‘ramiz.
Qirq sakkizta prelyudiya va fugada Bax hech biriga o‘xshamas ifoda
vositalarini mohirona ishlatadi.
Yaxshi temperatsiya qilingan klavir va kompozitoming ko‘plab
klavir opuslari orasida jahon san’atining durdonalariga aylangan
namunalar ko‘p. Birmuncha murakkab, shu bois, kam ijro etiluvchi
polifonik asarlarini kompozitor ijodining yakuniy bosqichida
Leypsigda yaratgan.
Bularga partitalar, “Goldenbergli5 variatsiyalar”,
“Musiqiy tuhfa”, “Fuga san’ati” kabi yuksak professional ijrochilik
5 Goldberg, mohir klavisinchi Baxning shogirlaridan biri bo‘lib, o‘z vaqtida g raf Kayzerling
q o iid a xizmat qilgaii. Kechalari u uyqusizlikka duchor b o ig an grafni musiqa bilan ko'nglini
olishga harakat qilgau. O 'z shogirdiga yordain berish niyatida Bax ariya va o'ttizta variatsiyalardan
tashkil topgan asarni yozib, uni “Goldbergli variatsiyalar» deb atagan.
71
www.ziyouz.com kutubxonasi
mahoratiga da’vogarlik qilgan asarlar kiradi. Bu asarlar harn klavir,
ham organ variantida bizgacha saqlanib qolgan.
1
Kompozitoming orkestr uchun asariari, ko‘p boimasa-da,
ijodiy izlanishlar borasida e’tiborga loyiq. M aium ki, kompozitor ■
hayoti davomida orkestr bilan ko‘p ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
Kyotenda uning tasarrufida ajoyib orkestr boigan, shu yerlik hokim
Leapold Angal-Ketenlik ham klavesin, skripka, viola da gamba
cholg'usida chalgani m aium . Shaxsan san’at rahnamosini o ‘zi turli
kecha, bazm va tadbirlarda qatnashishi kutilgan. Bu tadbirlar uchun
musiqani kompozitor yozib, o‘zi bu tadbirlarning rahbari boigan.
Aynan shu bois, bu yerda skripka solo uchun sonata va partitalar,
violonchel uchun syuitalar, orkestr uchun Brangdeburg grafi
buyurtmasi asosida yozilgan “Branderburg” konsertiar yaratilgan.
Bax cholg‘u asarlami kechroq Leypsigda ham yaratadi. Biroq
bu yerda asosiy janrlar o‘rnida yangilari - vokal-cholg‘u janrlar
ko‘tarildi. Leypsigda avliyo Foma cherkovining bosh kantori
lavozimida ishlagan Baxning e’tibori tabiiy holda vokal musiqani
yaratishdagi izlanishlarga qaratildi. Vokal musiqani kompozitor
yoshligida yaratgan, jumladan, Amshtad va Myulxauzendagi davrda
“Pasxali” va “Saylovli” kantatalar yaratgan edi. So‘ng Kyoten va
Veymarda bu sohadagi tajribalarni amalga oshirgan. Biroq bu
sohadagi samarali ijodiy izlanishlar aynan Leypsigda amalga
oshirildi. Bu davr kompozitor ijodining eng yetuklik va yuqori
mahoratga ko'tarilgan cho‘qqi davridir. Aynan shu davrda Baxning
300 ga yaqin
Do'stlaringiz bilan baham: