R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi


V bob. IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/104
Sana11.01.2022
Hajmi6,12 Mb.
#345999
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

V bob. IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI
21 [3 1 ] mart 1685,  Eyzenax
— 
28 iyul 1750,  Leypsig
Jahon musiqa san’atida o‘chmas iz qoldirgan daho kompozitor- 
lar  qatorida  Iogann  Sebastyan  Bax  nomi  alohida  o ‘rin  egallaydi. 
Bugunda kompozitoming jahon musiqa san’atidagi o‘mi va mavqeyi 
shu  darajada yuqori  baholanadiki,  unga qiyoslab teng topilgan  hech 
bir ijodkor nomini  bir qatorga qo‘yib boim aydi deb ta’kidlanadi  va 
bu haqiqatdan ham shunday.
I.S. 
Bax ijodi  ma’lum m a’noda  o‘zi  yashagan davriga yakuniy 
xulosa yasab berdi, desak bo‘ladi. Uning musiqasi o‘z ichiga musiqa 
olamida  ochilgan,  rivojlanib  an’anaga  aylangan  barcha  musiqiy 
jabhalami qamrab olgan holda, kompozitor ularga tayanib ijod qiladi.
I.S.  Bax  nemis  organ  musiqasi,  Uyg'onish  davrining  xor polifonik 
san’ati,  italyan va nemis skripka maktablarining yorqin va mahoratli 
bilimdoni boigan.
0 ‘z vaqiida I.S.  Baxning notalarni xattotlik yozish san’ati ham- 
mani lol qoldirib kelgani bois, u zamondoshlarining asarlarini notaga 
ko'chirib,  bu  y o i  orqali  fransuz  klavesinistlari  (aw alo  Küpperen), 
italyan  skripka  ustalari  va  sozandalari  (Korelli,  Vivaldi),  bir  qator 
italyan opera vakillarining taniqli asarlari  bilan bevosita tanishish va 
ularni o ‘rganishga muvaffaq boMgan.
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangiliklarga  va  tabiatdan  tinmay  izlanishlarga  shay  b o igan 
ijodkor bu  borada erishgan tajribalarini  umumlashtirib  takomillash- 
tirdi,  jahon  musiqa  san’atida  erishilgan  yutuqlarni  jamlab,  musiqa 
san’ati  rivojida  yangi  istiqbolli  y o ilam i  belgilashda  o‘z  ulushini 
qo‘shdi. Bu borada I.S. Báxning so‘nggi avlod ijodkorlari (Betxoven, 
Brams,  Vagner,  Glinka,  Taneyev,  Shostakovich,  Onegger  va  b.)ga 
o'tkazgan ta’siri va ahamiyatini inkor qilib boim aydi.
Kompozitoming  ijodiy  bisoti  nihoyatda  ulkan  b o iib ,  lOOOdan 
ortiq  turli  janrlarga  mansub  asarlami  tashkil  qiladi.  Ular  ayrimla- 
rining shaklu shamoyili esa, o ‘z davr musiqiy an’ana talablari sharti- 
dan birmuncha chiqib, yangicha ko‘rinishni tashkil etadi.
M uallif asarlarini asosiy uchta janr guruhlarga b o iish  mumkin:
• vokal-cholg‘u musiqa;
• organ musiqa;
• xilma-xil cholg‘ular (klavir, skripka, fleyta va h.z.) va cholg‘u 
ansambllar, orkestr uchun musiqani tashkil qiladi.
Har  bir  guruhdagi  asarlar  kompozitoming  hayotiy  tarjimai 
holidagi  lavha  b o iib ,  o ‘tgan  ijodiy  davrlar  bilan  uzviy  bogianib 
keladi.  Eng  yirik  organ  asarlarini  kompozitor  Veymar  shahrida  : 
yaratgan b o isa ,  klavir  va  orkestr  uchun  asarlarni  asosan  Kyotenda, 
vokal-cholg‘u asarlami ésa Leipsigda yaratgan.
1.5. Bax asosan an’anaviy janrlarda ijod qilgan, bular: messa va 
passionlar, kantata va oratoriyalar, xor uchun qayta ishlangan asarlar, 
prelyudiya va  fugalar,  raqs  syuita  va  konsertlardir.  0 ‘zidan  aw algi 
avlod  kompozitorlar  an’analarini  davom  ettirgan  holda,  kompozitor 
ularga  mislsiz  ko‘rinish  baxsh  etdi.  U  an’anaviy  janrlami  yangi 
musiqa ifoda vositalari  bilan boyitib,  boshqa  ijod janrlardan  olingan 
vositalár  bilan  mukammalashtirdi.  Buning  yorqin  misoli  o ‘mida 
kompozitor  qalamiga  mansub 

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish