ALIFBE TUZISHNING TAHLIL - TARKIB USULI
Boshlang‘ich sin
fl
arda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgi-
lab beruvchi ruhiy, ta’limiy asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti
savod chiqarishning asosi bo‘lgan alifbe darsligining ta’limiy-tarbiyaviy
sifat darajasiga bog‘liq.
Savodga o‘rgatish davrida ta’lim jarayonida qo‘llash uchun asos bo‘lib
xizmat qiladigan tahlil-tarkib tovush usulining asosiy xususiyatlari quyi-
dagilardan iborat:
1. Savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan
adabiy nutqdagi tovushni chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alif-
begacha bo‘lgan davrda, shuningdek, bog‘chaning maktabga tayyorlov
guruhlarida nutqdagi tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi.
Alifbe davrida esa tovushni so‘zdan ajratib olishga, shu tovushni ifoda-
laydigan harfni tanishga o‘rgatiladi. Bunda tanishtirilishi lozim bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |