Ma’lumki, adabiyot mavzularining markazida inson, uning ruhiyat dunyosi yotadi.
Insonning kechinmalari esa, asosan, ikki yo’nalishda kechadi:
biri - insonning Oliy haqiqatga, Haqqa, Borliqning mohiyatiga, sodda qilib aytsak, maxluqning Xoliqqa munosabati, nisbati masalasi;
118
ikkinchisi insonning o’zi singari maxluqlarga, ya’ni o’zga insonlarga, atrof-voqelik, mavjud jamiyatga munosabati.
Birinchi yo’nalish Insonni o’z ko’ngli bilan suhbatga chaqiradi, ruhiyatning ichki teran qatlamlariga yo’nalgan bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalishda ijtimoiy munosabatlar tizimida har bir insonning o’rni masalasiga ko’proq e’tibor qaratiladi.
Keyinchalik Jaloliddin Rumiy (1207-1273) yozgan edi:
Attor ruh budu Sanoiy du chashmi o’,
Mo az pai Sanoiyu Attor omadem.58 (Attor ruh edi, Sanoiy uning ikki ko’zi, Biz Sanoiy va Attor izidan keldik.)
Sanoiy “ikki ko’z”ga qiyos etilmoqda. Ko’z tashqaridagi narsalarni ko’radi, ichkaridan tashqariga yo’nalgan bo’ladi. Attor esa “ruh” - uning nazmdan maqsadi “asrori ilohiy adosi” (“ilohiy sirlarni bayon etish”) - inson ruhiyatidagi ilohiy asror pardalarini birma-bir ochib ko’rsatish. “Masnaviyi ma’naviy” dek buyuk irfoniy qomusni yaratgan Jaloliddin Rumiy ham ayni shu yo’ldan bordi. Tasavvuf she’riyatining mohiyati aslida shu.
Fors tilida ijod etgan buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy esa faqat inson ruhiyati-ning ichki qatlamlariga teran nazar tashlash bilan cheklanib qolmay o’z dostonlarida shaxsning Haq va jamiyat oldidagi mas’uliyati masalasiga ham alohida e’tibor qaratishni lozim topdi, ya’ni, uning asarlarida irfoniy va ijtimoiy muammolar oliy bir uyg’unlikda ifodalandi. Ayni shu uyg’unlik ifodasiga keyinchalik Alisher Navoiy tomonidan “Majoz tariqi” deb nom berilgan edi. Ammo XII asrda hanuz “Haqiqat” va “majoz” tazodi kun tartibiga ro’yirost qo’yilgan emas, Nizomiy asarlarida “majoz” atamasi umuman iste’molga ham kirgan emas edi. Navoiy bu yo’nalishda mumtoz natijalarga erishgan zot asarlarini o’z ijodiy yo’lini belgilashda porloq bir namuna sifatida tanlagan bo’lsa-da, nazariy tadqiqotlarida Nizomiy nomini biror guruhga mansub etib tilga olmaydi.
XI asrda tasavvuf she’riyati kichik lirik janrlar (ruboiy, g’azal) bilan cheklangan bo’lsa, XII asrdan boshlab tasavvufiy ruhda dostonlar yaratildi. XII - XIII asrlar mobaynida islom mintaqa madaniyati doirasida irfoniy she’riyat va tasavvuf falsafasi yuksak cho’qqilarga ko’tarildi. Fors tilida Farididdin Attor (1147-1229) va Jaloliddin Rumiy (1207-1273)larning tasavvufiy ehtirosga yo’g’rilgan buyuk epik asarlari, arab tilida irfoniy ishqning otashin kuychisi Ibn al-Farid (1181-1234) she’riyati va Ibn al-Arabiy (1165-1240) yaratgan timsoliy tafakkurning mumtoz namunasi “Futuhoti Makkiya” asari ushbu davr mintaqa ma’naviyatining noyob namunalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |