R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


fasl. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili va ma’rifat yo’llari



Download 0,7 Mb.
bet121/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

fasl. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili va ma’rifat yo’llari.


Asotir tafakkur hukmronligidan e’tiqodiy bag’rikenglik aro milliy tafakkurga o’ta boshlagan turkiy elatlar tavhid e’tiqodi tufayli qo’shni xalqlar bilan yagona madaniy mintaqaga birlashdilar. Ushbu yagona madaniy birlik doirasida milliy ma’naviyatimiz yangi ufqlar sari yuksalib bordi. Biz VIII – XV asrlarni o’z ichiga olgan ushbu qutlug’ davrni 4 bosqichga ajratib o’rgandik. Ammo bir narsani, albatta ta’kidlab o’tish joiz. Mushriklik e’tiqodining rad etilishi aslo qadimgi madaniyat samaralarini yoppasiga rad etish deb tushunmaslik kerak. Aksincha, islom mintaqa madaniyati o’zidan oldingi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlarni chuqur o’zlashtirdi. Qolaversa, islom mintaqa madaniyati doirasidagi milliy ma’naviyatimiz rivojining birinchi pog’onasi bo’lmish sunna bosqichi, birinchi navbatda, ibratga qurilgan bo’lsa ham, hech qachon ilmni, riyozatni, mehrni inkor etgan emas. Keyingi bosqichlarning ham etakchi tamoyillariga biz alohida urg’u berganligimiz oldingi bosqichdagi tamoyillar yo’q bo’lib ketganini yoki nazardan chetda qolganini bildirmaydi. Milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining har bir davri, har bir bosqichi o’ta murakkab mazmunga, turli tamoyillarining o’zaro uzviy tutashgan muayyan uyg’unlikdagi tizimiga ega bo’lib, ularning har birini alohida o’rganish lozim. Ammo biz masalani ilk umumiy yondoshuv darajasida talqin etganimiz sababli, eng yorqin tamoyillarni yoritishga intildik va ko’p nozik jihatlar soyada qolib ketganini tan olib o’tamiz.
Xalqimizning VIII-XV asrlar yagona islom mintaqa madaniyati doirasida ma’naviy kamoloti millatimizning bugungi ma’naviy qiyofasi shakllanuvida ayricha ahamiyatga ega bo’ldi. Bu davr ajdodlarimiz merosidan xabardorlik, ushbu
206
ma’naviy takomil jarayonini to’g’ri idrok etish milliy ma’naviyatimizning tarkibiy jihatlari haqida salmoqli tasavvur beradi. Islom mintaqasi doirasidagi yaxlit ma’naviy takomil jarayoni - insonning o’zligini anglash yo’lidir. Bu yo’lning asl mohiyati Tavhid e’tiqodi bo’lib, uni ibtidoda ibrat darajasida, axloqiy kamolot egalariga ergashuv tariqasida qabul etilgan bo’lsa, keyinroq aql, mantiqiy tafakkurga tayanib, umumbashariyat yaratgan yaxlit ilmiy va madaniy merosni anglab etishga intilish kuchaydi. Borliqning yagonaligi haqidagi ilmiy-falsafiy tasavvur shakllandi, yagona borliq mohiyatiga qarashlar xilma-xilligi idrok etildi. E’tiqod ilm bilan mustahkamlandi. Inson o’zini va voqelikni tushunishda asotir tafakkur bosqichidan ilmiy tafakkur bosqichiga ko’tarildi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish