R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

rejalashtirish 
^
tashkil etish 
^
motivatsiya 
^
nazorat qilish
B) Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy tarifidan aniq ish 
rejalariga o ’tish imkonini beradi.
Q o’yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo’ladi. Agar yaxshi natijalarga 
erishmoqchi bo’lsangiz, o ’z oldingizga yaxshi maqsadlar quying. Maq-sadlar qisqa 
muddatli va uzoq muddatli bo’ladi, yana moliyaviy va strategik ham bo’ladi.
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki moliyaviy mablag’ etishmasa, 
kompaniya tang ahvolga tushib qoladi.
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchay-tirishga 
qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda hajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul 
tushumi, dividentlar kabi ko’rsatkichlarni ko’paytirishga qaratiladi. Ular firmaning 
raqobatbardoshliligini oshirish natijasida rivojlanishning yuqoriroq sur’atlarga, 
bozordagi salmog’ini oshirishga, kam xarajatlarga erishishga, firmaning obro’yini 
oshirishga qaratilgan bo’ladi.
V) Maqsadlar natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo ’llari sanaladi. 
Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o’rganilishi 
lozim. Kompaniya strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi:
- chuqur o’ylangan, maqsadga qaratilgan harakatlar;
- voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish.
Strategiya faqatgina menejerlar avvalroq o ’ylab chiqqan harakatlar emas, balki
kutilmagan vaziyatlarda kiritilishi lozim bo’lgan tuzatishlar hamdir. Strategiyani 
ishlab chiqish uchun tadbirkorlik iste’dodi va fikrlashning strategik tarzi bo’lishi 
kerak. Strategiyani ishlab chiqish mahorati menejerning tadbirkorlik iste’dodiga 
bog’liq.
Menejerning tadbirkorlik mahoratini belgilash mezoni uning yangi strategik 
imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o ’chligidir. Tadbirkorlik iste’dodiga ega
20


bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirg’ochlar bo’ladilar. Ular yangiliklarni tez 
o ’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar.
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish m e’yoriy oddiy hol hisob-lanadi. 
B a’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan-kam 
hollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o ’ta oladi. Strategiyani qanday 
qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni hech qachon tark etmasligi lozim. 
Shuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir.
Kompaniya strategiyasi mohiyatan qator savollarga javob beradi. Bu savollar 
quyidagilardan iborat:
- Ishni qanday rivojlantirish kerak?
- Mijozlarni qanday qilib qanoatlantirish mumkin?
- Raqiblardan qanday qilib o’zib ketsa bo’ladi?
- O ’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim?
- Kompaniyaning ayrim funktsional bo’limlarini qanday boshqarish kerak?
- Moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin?
Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash
va strategiyani tanlash, kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashda asosiy 
vazifalardir. Kechikib tuzilgan strategik rejalar yoki o ’z vaqtida kiritilmagan tuzatishlar 
hech qanday natija bermaydi.
G) Strategshshi amalga oshirish ishlari m a’muriy vazifalarga kiradi. U 
quyidagilardan iborat :
-strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;
- mablag’larni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;
- firma strategiyasini amalga oshirishni ta ’minlovchi siyosatni belgilash;
- xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun rag’batlantirish;
- erishiladigan natija va mukofotlar hajmini bir-biriga bog’lash;
- kompaniyada 
belgilangan 
vazifalarni 
bajarish 
uchun 
qulay 
muhit 
yaratish;
- kompaniya personalini ta ’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni har bir 
personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
- ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilg’or tajribalardan foydalanish;
-ichki rahbarlikni ta’minlash.
D) Yuqoridagi 4 ta vazifa bir necha bor qayta ko ’rib chiqiladi, chunki yangidan 
yuzaga keladigan holatlar har xil tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Utgan tajribalar 
natijasi va kompaniyaning istiqbol maqsadlari shunday o’zgartirishlar kiritilishga sabab 
bo’lishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini axtarish doimiy 
hisoblanadi. Strategiyani amalga oshirishda uning ayrim qismlari keraksiz bo’lgani 
bois o’zgartirish talab etiladi.
21


Yuqorida ko’rib o ’tilgan strategik boshqarish vazifalarining har biri doimiy tahlil 
va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish 
kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik menejment doimiy 
harakatdagi jarayondir.
Bu besh vazifa bir-biri bilan o ’zaro uzviy bog’langan. Masalan, kompaniyaning 
missiyalariga bog’liq masalalar muayyan maqsadlar bilan bog’langan.
Mazkur besh vazifa alohida holda amalga oshirilmaydi.
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish og’ir jarayon hisoblanib, 
menejerlardan turli xil harakatlarni talab qiladi.
Strategik m enejm entga doimiy 
etarlicha 
e ’tibor berish 
strategiyani 
takomillashtirish zaruriyatidir. Uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning 
sifati, samaradorligini oshirish har bir xodimdan talab qilinadi.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Biznes sohasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish
Firmaning asl maqsadini alohida uzoq va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga 
aylantirish.
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.
5.Faoliyatni baholash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish.
Bu bosqichlar o’rtasidagi o ’zaro bog’liqlik 3-chizmada ko’rsatilgan.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish