R. M. Xudayqulov aloqa yo„llari, undagi xizmat qiluvchi inshootlar



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana13.06.2022
Hajmi5,25 Mb.
#661969
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
aloqa yo\'llari haqida

 
5.2. Aeroportlar 
 
Aeroportlar havo transporti korxonalaridan biri bo„lib, yo„lovchilar, yuk va 
pochta jo„natish va qabul qilish hamda samolyotlarni uchishga tayyorlash va 
uchishni tashkil qilish ishlari bilan shug‟ullanadi. Aeroportlar tarkibiga havo 
roboti, vokzal, maxsus injenerlik bino va inshoolari hamda vertolyotlar qo„nish 
maydonlari kiradi.
Aeroport hududida har-xil injenerlik kommunikatsiyalari, kanalizatsiya
elektr va bosimli havo ta‟minoti, yoritish va aloqa tarmoqlari ham bo„ladi. 
Aeroportlar o„z vazifalari bo„yicha xalqaro aeroportlarga, mamlakat ichi 
magistral trassasida uchishga xizmat qiluvchi va mahalliy trassalarda uchishga 
xizmat qiluvchi aeroportlarga bo„linadi. 


44 
Xalqaro va mamlakatimiz magistral trassalariga xizmat qiluvchi aeroportlar 
murakkab meteorologik sharoitlarda ham muntazam va kechayu -kunduz ishlashga 
mo„ljallangan bo„ladi 5.3-rasm. 
5.3-rasm. Toshkent xalqaro aeroport bosh rejasi. 
1va 2 - sun‟iy uchush qo„nish tasmasi (SUQT); 3-16-yurgizib borish 
yo„lakchasi (YuBY); 17-19-to„xtab turish joylari (TTJ-1) 
Yo„lovchilar oqimi yillik xajmiga qarab aeroportlar besh sinfga bo„linadi.
7 mln dan ortiq yo„lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori 
aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo„lovchilar oqimiga xizmat 
qiluvchi aeroportlar xam sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati 
va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar miqdori va darajasi belgilanadi. 
Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir. Xavo raboti samolyot 
va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo„llar (tasmalar) 
hamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayyorlangan er 
uchastkalaridir. 5.4-rasmda Buxoro va Tashkent aeroportlari keltirilgan. 


45 
5.4-rasm. Buxoro va Toshkent aeroportlari
Vertolyotlar 
qo„nishi 
yoki 
uchishi 
uchun 
maxsus 
tayyorlangan 
maydonchalar - uchish, qo„nish va burilish uchun tegishli ravishda jixozlangan 
bino va inshootlar bo„lib, ular vertolyotlarda yuk va yo„lovchilar tashishga 
mo„ljallangan bo„ladi. 
Havo raboti o„z vazifalariga ko„ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul 
qiluvchi havo rabotlari, maxsus havo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o„quv 
xamda sport klublari havo rabotlariga bo„linadi. 
Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko„ra havo rabotlar muntazam 
ishlovchi havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni 
bajaruvchi havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin.
Havo rabotlar vazifalariga ko„ra boshlang‟ich va eng so„ngi punktlaridagi 
asosiy havo rabotlar, oraliq punktlaridagi havo rabotlar va zaxiradagi havo rabotlar 
ixtiyorida bo„ladilar. Samolyot va vertolyotlar hamda uchuvchi komandalar asosiy 
havo rabotlar ixtiyorida bo„ladilar. Boshlang‟ich yoki eng so„nggi havo rabotlardan 
samolyotlar 
uchishni 
belgilangan 
trassalar 
bo„yicha 
boshlaydilar 
yoki 
tamomlaydilar. Oraliq punktlaridagi havo rabotlarda samolyotlar jadvallar buyicha 
yo„lovchilar bir qismini tushirishadi yoki chiqarishadi hamda texnik qarovdan 
o„tkaziladi va yoqilg‟i zapaslarini oladi. Favqulodda xollarda samolyotlarni yo„lda 
qo„nishi uchun ham zaxira havo rabotlari bo„lishi kerak. 


46 
Havo rabotlari uchish, texnik xizmat ko„rsatish va turar joy zonalaridan 
iborat bo„ladi.
Uchish zonalari-uchish maydonchasi, xavfsizlik tasmasi va havodan tushish 
tasmasidir. Uchish maydonchalari maxsus jixozlangan hududdan iborat bo„lib, 
samolyotlarning uchish va qo„nish oldi harakatlari uchun xizmat qiladi. Uchish 
tasmalari soni va joylashishi havo rabotining samolyotlar o„tkaza olish qobilyatiga, 
shamolning havo raboti rayoni yonidagi aksariy yo„nalishiga, maydon relefi va 
gidrogeologik sharoitlariga bog‟liqdir. Samolyot va vertolyotlar uchish va qo„nishi 
uchun uchish zonasining bir qismidagi tasmalar ustiga sementbeton va asfaltbeton 
qoplamalari yotqiziladi, ular har qanday ob-havo sharoitida ham samolyot va 
vertolyotlarning uchishi va qo„nishini ta‟minlashga qaratilgan bo„lib, uchish va 
qo„nish tasmalari deb ataladi. Havo rabotlari kategoriyalariga qarab bunday 
tasmalar umumiy uzunligi 600-2600 metr va undan ham ortiq bo„ladi, kengligi esa 
25-80 metr va undan ortiq bo„lishi zarur. Uchish va qo„nish tasmasidan 
samolyotlarning qo„nish joylarigacha yoki perronlargacha bo„lgan yo„llar yurgizib 
borish yo„llari deb ataladi. Ularning kengligi 10-25 metr atrofida bo„ladi. 
Samolyot va vertolyotlarni to„xtatib qo„yish joylari ham qattiq qoplamali 
yo„llardan iborat bo„lib, ularda samolyot va vertolyotlarga texnik xizmat 
ko„rsatiladi. Tungi soatlarda va murakkab ob-havo sharoitlarida samolyotlar 
muntazam qatnashi uchun havo rabotlari hududidagi yo„llar maxsus elektr chirog‟i 
va radio-texnika bilan jihozlangan bo„ladi. 
Havo raboti hududi atrofida uchish xavfsizligini ta‟minlash uchun ma‟lum 
radiusdagi bino va inshootlar cheklangan bo„lib, u havo raboti oldi hududi 
deyiladi. 
Havo raboti oldi hududi va uning ustidagi taxminan 50 kilometrlar atrofidagi 
havo fazosi aerotoriya yoki aeroport hududi deb ataladi.
Havo transportining asosiy xususiyati-samolyotlarning katta tezligi
yo„lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining qisqalgidir. Gaz-turbina dvigatelli 
samolyot o„rta hisobda soatiga 600-800 km tezlikda yo„lovchi tashiy oladi.


47 
Gaztrubinali havo kemalarida yo„lovchilarning o„rtacha uchish masofasi 2000 km 
ga etdi. Samolyotlarning baland ucha olishi uning poezdlar va avtomobillar bora 
olmaydigan eng chekka o„lkalarga ham etib borishiga imkon beradi.

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish