5
Kirish
Bundan bir necha yuz yillar avval xalqlarni bir - biri bilan bog‟lagan karvon
yo„llari bugun magistral yo„llarga aylandi. Shunday yo„llardan biri Buyuk Ipak
yo„lidir. Mag‟ribu, mashriqni bog‟lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng
kuchli xalqalaridan biri bo„lgan Buyuk Ipak yo„li
dunyoga mashhur Buxoro ,
Samarqand, Qo„qon va O„sh shaharlari orqali Qashqardan o„tib, yo„nalishini
davom ettirgan.
Bu yo„nalish Evropo qit‟asini Osiyoning okean sarhadlari bilan
bog‟laydigan va xalqaro miq‟yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim
arteriya hisoblanadi. Hozirda esa “ Transkontinental yo„nalishi” deb nom olgan
Prezidentimizning tashabbusi bilan “ Buyuk Ipak yo„li” ni tiklash to„g‟risidagi
qonunni qabul qilinishidan, transport yo„lagi bo„yicha
xalqaro anjumanlarda
qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Evropa -Kavkaz- Osiyo”
transport yo„lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo„yicha olib borilayotgan ishlardan
maqsad portlarga , dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O„zbekistonning rivojiga
rivoj qo„shishdir.
Respublikamiz bo„yicha barcha turdagi transportlarda tashilayotgan
yo„lovchilarning 96,6% , yuklarni esa 83% aynan avtomobil transporti hissasiga
to„g‟ri keladi. Demak, mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo„l
tarmog‟ini umumiy uzunligi respublika bo„yicha 184000 km.
O„zbekiston xalqining boyligi va mamlakatimizning "Qon tomirlari" bo„lgan
va bugungi kunda 42654 kilometr uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil
yo„llari, jumladan 3979 km xalqaro, 14069 km davlat, 24606 km mahalliy
ahamiyatidagi avtomobil yo„llari texnik soz holatda asraldi,
saqlandi,
rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-havo sharoitida transport
vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta‟minlanib kelinmoqda.
O„tgan yiliarda jami 23002 km.lik yo„l ishlari bajarilib, jumladan umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo„llarida 2722 kilometrdan ortik yangi yo„llar qurildi
6
va rekonstruktsiya qilindi, 3800 km avtomobil yo„llarida mukammal ta‟mirlash va
21978 km avtomobil yo„llarida ta‟mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek
o„tgan davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 pm. bo„lgan ko„priklar, 19 dona
3938 pm. yo„l o„tkazgich va transport echimlari qurildi va rekonstruktsiya qilindi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil
22-apreldagi
PQ-1103
sonli
“2009-2014 yillarda O„zbekiston milliy
avtomagistralini
rekonstruksiya
qilish
va
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to„g„risida”gi 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446 sonli “2011-2015 yillarda
infratuzilmani,
transport
va
kommunikasiya
qurilshini
rivojlantirishni
jadallashtirish to„g„risida”gi hamda 2015 yil 6-mart PQ-2313 sonli “2015-2019
yillarda muhandislik kommunikatsiya va yo„l transport infratuzilmani
rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarorlar.
Avtomobil yo„llarini, avvalo xalqaro va davlat ahamiyatiga ega yo„llarning
transport - ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me‟yorlar va standartlar talablari
darajasiga ko„tarish, yuklar va yo„lovchilarni tashishning barcha yo„nalishlari
bo„yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, hamda avariyalarni kamaytirish
ko„rilgan
Xulosa o„rnida aytish mumkinki yangi yo„llarni barpo ètilishi va èskilarning
qayta ta‟mirlanishi hududlarga yangi xayot nafasini olib keladi.
Katta xajmdagi
qurilish , bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko„rsatish tarmoqlari bilan
birga yangi uy-joylar barpo ètiladi. Yo„llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga
yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko„plab imkoniyatlar ham yaratib beradi.