Innovatsion loyihalar va ularning samaradorligini baholash usullari
“Innovatsion loyiha” tushunchasi.
Innovatsion loyihaning tuzilishi.
Innovatsion loyihalarning turlari va ularni ishlab chiqish bosqichlari
Ilmiy texnik, texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish bilan yo‘lga qo‘yiladi. Innovatsiya loyihalari, bizningcha, shakllantirilgan yangi texnik, texnologik g‘oyalarni, ilmiy jihatdan asoslangan texnik, texnologik ishlanmalarni kuchli raqobat muhitida, makon va zamonda aniq maqsadlarga erishish uchun ehtimoli bo‘lmish risklar asosida belgilangan muddatlarda amaliyotga joriy etilishiga qaratiladi va innovatsiya jarayonining keyingi uzviy ravishda bog‘liq bo‘lgan bosqichlarini tashkil etadi.
Mamlakatimizda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish mustaqillik yillaridan boshlab yangi rivojlanish tarixiga ega bo‘lib kelmoqda, natijada har yili mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash asosida jahon bozoriga raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim institutlari kafedralari, ilmiy bo‘limlari olimlari tomonidan bajarilmoqda. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Har qanday investitsiya loyihasi kabi innovatsiya loyihalari aniq maqsadga ega bo‘lib, unga erishishning mavjud imkoniyatlari, ya’ni moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari, vaqt birligi (zamon va makonda) bilan birga doimo intellektual salohiyatga tayangan holda, yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish-faoliyatni boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan, aniq ma’lumotlar hisob-kitoblari, tahlillari asosida istiqbolga qilingan bashoratlarni o‘z ichiga oluvchi kompleks hujjatlar yig‘indisi hisoblanadi.
Innovatsiya loyihaning asosiy maqsadlaridan biri – korxona yuqori sifatga ega bo‘lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
Innovatsiya loyihasi‖ tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin:
– innovatsiya maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig‘indisi
sifatida;
– innovatsiya faoliyatini amalga oshirish jarayoni sifatida;
– ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida. Ushbu uch jihatlar innovatsiya loyihasining innovatsiya faoliyatini tashkil
qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va
investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
investitsich loyihalari, masalan, yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‘yilmalar;
ilmiy-texnik (innovatsiya) – ilg‘or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |