R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet19/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

3- topshiriq. Yuqoridagi matnni og‘zaki gapirib bering va savollar tuzing?

Bilib oling:

Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma'lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda.

O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Mahmud Zamaxshariyning (18.03.1075-1144) “Muqaddimat ul-adab”(Adab ilmiga muqaddima) asari alohida ilmiy ahamiyatga ega. Otsiz Xorazmshohga bag‘ishlab tuzilgan asardagi arabcha so‘zlar ostida forscha va turkiycha tarjimalarning berilishi o‘zbek tarixiy leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli hisoblanadi. Lug‘at besh qismdan iborat bo‘lib, ot, fe'l, bog‘lovchi hamda ot o‘zgarishlari va fe'l o‘zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Lug‘at muallifi asarda o‘sha davr arab tilida qo‘llanishda bo‘lgan hamma so‘zlarni, iboralarni qamrab olgan holda izohlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasini aniqlashga intilgan. Lug‘at arabchadan fors, eski o‘zbek tili (chig‘atoy tili), mo‘g‘ul hamda turk tillariga ilk bor 1706 yilda Xoja Is’hoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Zamaxshariyning mazkur asarida she'rshunoslik, uslubshunoslik xususida ham baxs yuritilgan. Badiiy tasvir vositalariga aniq, lo‘nda izohlar keltirilgan. Chunonchi, kinoya va tarz badiiy san'atlari orasidagi farq ko‘rsatib berilgan. O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida X1V asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o‘rni borligi turkologiyada allaqachon e'tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida baxs yurishishga yo‘naltirilgan Abu Hayyonning (vafoti 1344 yil) “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, M.T.

Xoutsma fikricha, 1245 yilda Mamlyuklar davlati(1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”, muallifi noma'lum “Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- turk va-l-qifchaq”, XU1 asr boshida Qohirada ta'lif etilgan “Al-qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug‘atit-turkiya” singari asrlarda turkiy tilning so‘z boyligi,alalxusus, terminlar tizimi ma'lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar siistemasini “Tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari - Alaqush, Aqtay, Altuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Astronimlar: Ulkar; geografik nomlar: Sham, Misr; zoonimlar: at, okuz, qatir, bog‘a, ayg‘ir va h.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k.; qush va hashoratlar: qartal “burgut”, sarcha “chumchuq”, qaz, qarlag‘ach, qarg‘a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar: ya, kirish “yoy ipi(tetiva)”, sungu “nayza”, qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik “kasallik, illat”, ag‘ri “og‘riq”, sokan “bemor, kasal”, isitma, oturmak “yo‘tal” va h.k.; musiqiy terminlar: duduk “musiqa asbobi”, tomru “do‘mbira”, yaqliq “rubob”, sibizg‘u “sivizg‘a” va h.k.

O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Alisher Navoiy va o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan lug‘atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo ko‘rsatmasiga binoan 1405 yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan “Badoye ul-lug‘at”, Turkiya (Rum)da yaratilgan muallifi noma'lum chig‘atoycha(eski o‘zbekcha)-usmonli turkcha “Abushqa” (XU1 asr), Muhammad Mahdiyxonning eski o‘zbekcha-forscha “Sanglox” (1748), Fathali Kojar Qazviniyning 1862 yilda tuzilgan “Lug‘ati atrokiya”, Ya'qub Chingiyning “Kelurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” kabi asrlar o‘zbek lug‘atnavisligining durdonalari safidan o‘rin olgan.

X1X asrning 70-yillaridan e'tiboran o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o‘zlashmalar ta'sirida rivojlanish pallasiga qadam qo‘ydi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashmalar terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar qatori ruscha-baynalmilal terminlarning roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi Globallashuv va Internetga qadam qo‘yilgan XX1 asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.

O‘zbek terminologiyasi va lug‘atshunosligi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi na faqat o‘z resurslari, shuningdek qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o‘rni bilan foydalangan holda o‘z rivojlanish yo‘lida davom etdi.

Mavzu bo‘yicha savollar:


  1. Muzey eksponatlari va uning ahamiyati haqida so‘zlab bering?

  2. Muzeylarning shaxs kamolotidagi o‘rni haqida nimalar bilasiz?

  3. Tibbiy sohaga oid terminlar haqida gapirib bering?

Adabiyot:



  1. Normatova Sh, Abdurahmonova M. Оzbek tili (darslik). - Toshkent: JI DU 2014,- 192 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Dаvlаt tili haqida”gi qonuni (yangi tahrirda) / O‘zRОliy KеngashiningАхborotnomasi, 1989. - 26-28-sоn, 453-mоssа; 1991.- 11-sоn, 273-mоddа.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “O‘zbekiston muzeylari” mavzusida referat tayyorlash



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish