Alisher Navoiyning yirik asarlari
“Xamsa” asari 5 dostondan iborat:
“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)
“Farhod va Shirin”
“Layli va Majnun”
“Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”)
“Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”)
“Xazoyinul maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”)devoni g‘azallar, ruboiylar, qit’alar, tuyuqlar, fardlar va dostonlardan iborat.
“Lison ut-tayr” (“Qushlar tili”) va “Nasoim ul-muhabbat” falsafiy dostonlar bo‘lib, tasavvufga bag‘ishlangan.
“Muhokamatul-lug‘atayin” (“Ikki til muhokamasi”) turkiy tilining afzalligini isbotlashga bag‘ishlangan prozaik asar.
“Majolisun nafois” (“Nafislar majlisi”) Navoiy yashagan davrdagi shoir, yozuvchi, rassom, umuman, san’at va adabiyot vakillari haqidagi prozaik asar.
Shuningdek, Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Mahmud”, “Mufradot”, “Munshoot” kabi asarlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |