R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet39/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

Maqolaning belgilari

1. Aniq fikrni izchil rivojlantirish.

Bunda bitta aniq mavzu tanlanib, o‘rganilishi va yoritilishi kerak. Agar jurnalist bitta maqolaning o‘ziga bir necha savolni qo‘yib unga javob berishga xarakat qilsa, yo‘lini yo‘qotishi tayin. Maqola janr sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi. Gazetadagi maqola faqat bitta savolga yoki bitta masalaga bag‘ishlanishi kerak. Maqolada bitta savolga yoki masalaga javob topishning o‘zi fikrini ma'lum yo‘nalishga qratilganligi uni ko‘p mavzulikdan xalos etadi. Buning uchun maqolaga qo‘yilgan talab aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil o‘rganiladigan bo‘lishi kerak. Qo‘yilgan savolni mayda detallarga bo‘linishi, voqyelikni turli tomonlarda va o‘lchamlarda tahlil qilish lozim bo‘ladi.

2. Maqolaning boshqa janrlar bilan tengligi. U ham fakt bilan boshlanadi. Fikr va uning ortidan muallifning asosli mulohazalari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi kerak. Fikrlashning boshlanishi aniq dalilli xabarga tashaladi. Bu xabar (signal) muallifning qarashlariga mos tushishi yoki aksincha qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Bunga javoban ob'yektga baho berish orqali fikr ishlashni boshlaydi. Mana shu bir mavzu atrofidagi fakrlar shu mavzuga tegishli bo‘lgan bir necha savollarni paydo qiladi. Jurnalist ana shu savollarga javob izlash orqali yoritmoqchi bo‘lgan mavzusi tekshirish bilan ochib boradi.

Fakt haqiqiymi yo haqiqiy emasmi, yoki tasodifiymi, u vaziyatga bog‘liqmi yoki alohidami, ana shu sodir bo‘lgan, voqyelikning jamiyatga yoki ma'lum guruh uchun qanday foydali yoki zararli tomonlari bor, uning boshqa sodir bo‘lgan hodisalar bilan qanday uzviy tomonlari bor.

3.Ko‘tarilgan va rivojlantirilgan tugallik. Muallif fikri oxir oqibatda maqolaning mavzusini belgilaydi. Uni isbotlash uchun esa maqolani bir tizimga solish va dalillash kerak bo‘ladi. Dalillash, ya'ni argumentlash muammosi jurnalistni ayniqsa, tahlilchi jurnalist uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

4. Mavzuda savolning qo‘yilishi.

Mavzuni ishlashda juda ko‘p savollar tug‘iladi. Ularni tekshirish orqali ochib berish jurnalist avval o‘ziga, keyin o‘quvchiga voqyelikni ochib beradi.

5.Maqolada faktlar va dalillarni yig‘ish.

Maqola yozishda jurnalist juda katta bilim doirasiga, zahirasiga ega bo‘lishi lozim. Har gal uning nazariy bilimlar zahirasi, biror voqelikni ochish, izlanish orqali yangi bilimlarga boyib boraveradi. Ammo ba'zan nazariy bilimlar jurnalistning hayotini turli sohalaridagi, jarayonlaridagi, vaziyatlaridagi, hodisalaridagi holatlarni ochib berishga, faktlar bilan isbotlashga kamlik qiladi. Shunday xollarda jurnalist maxsus adabiyotlardan, ma'lumotnoma, lug‘atlardan foydalanishi kerak.Bundan tashqari faktlarni aniq isbotlash uchun, faqat bilimlardan, tashqari jurnalist shaxsiy kuzatuviga ham tayyorlanishi kerak Dalillar bilan bir paytda maqolada aniq faktlar muhim rol o‘ynaydi. Uning aniq belgilanishi - guvohi bo‘lmoq, shohidi bo‘lmoq juda muhimdir. Mana nima uchun, maqolaning tayyor xolatga keltirishga jurnalist bitta mavzuni har tomonlama o‘rganadi, iloji boricha ko‘p dalillar topadi. Bu faktlarning hammasi ham maqolada aks etishi shart emas.

6. Maqolada muallif fikrining ifodalanishi.

Faktlarning umumiy yig‘indisiga asoslanib, muallif fikri o‘z tasdiqini topishi kerak. Ya'ni muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr faktlar asosida ifodalanmog‘i kerak.Ular esa muallifning to‘g‘ri mulohazalari va qarashlarini beradi. Muallifning qarashlaridagi tizim voqyelikni kuzatishlari orqali isbotlanadi. Fakt maqolada haqiqiy va ishonarli bo‘lishi kerak, aks xolda u maqolaning xulosalariga mos kelmasligi yoki jurnalist chiqargan xulosalar bilan qarama-qarshi bo‘lib qolishi mumkin. Faktlar bilan ishlashda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashda muallifning o‘z pozitsiyasi, tutgan yo‘li bo‘lishi kerak.

Fikrning asta-sekin rivojlana borishi, uning fakt va dalillar hisobiga to‘liqlashgani sari maqolaning muallifi o‘quvchini xulosa qilishga undaydi.

Muallif fikrining izchil rivojlanishi orqali paydo bo‘ladigan mantiqiy nutqdir.

U o‘quvchiga hayotdagi ma'lum bir voqyelik haqida tasavvur beradi. Maqolada ko‘tarilgan savolning yechimini ko‘rsatish orqali. Shulardan kelib chiqib maqolaga ta'rif beramiz.

Maqola-publitsistikaning eng asosiy janrlardan biri bo‘lib, aniq faktga va isbotga asoslangan jamiyatdagi ma'lum voqea, hodisalariga nisbatan jiddiy fikrlarning rivojlantirish tufayli muallifning erishgan aniq natijalariga asoslangan xulosalaridir.

Mazmun mohiyatiga ko‘ra maqolalar bir necha turga bo‘linadi.
Mavzu bo‘yicha savollar:


  1. Global muammo deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan harakati haqida nimalar bilasiz?

  3. Maqola janrining turlari haqida so‘zlab bering?

Adabiyot:



  1. Lafasov U. O‘zbektili (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: ToshDSHI, 2016. 532 -b.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “Muammo va yechim” mavzusida matn tayyorlash



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish