NAZORA T SA VOLLARI:
16.
Lyuminessent tahlil usuli haqida ma’lumot bering.
17.
Fluorimetrning tarkibiy qismlari va ularning funksiyalari haqida ma’lumot bering.
18.
Fluorimetriya usulilda dori moddalarining konsentratsiyasi qanday topiladi.
19.
Fluorimetr haqida ma’lumot bering.
20.
Fluorimetrik usul bilan eritma muhitini aniqlash tartibi qanday?
21.
Sifat lyuminessent tahli
22.
Miqdoriy lyuminessent tahlil
« BILAMAN * BILIShNIXOHLAYMAN *. BILIB OLDIM»
TRENINGI
Г
Л
—
B IL A M A N * B IL IS hN I X O H L A Y M A N * B IL IB O L D IM ” treyningi
b o ’y ich a yak k a tartib d a m avzuni o ’zlashtirish jaray o n id a quyidagi jad v aln i
to ’ldiring*:
v
J
MAVZUNING AHAMIYATI
242
BILAMAN
BILIShNI XOHLAYMAN
BILIB OLDIM
*
“BILAMAN * BILIShNI XOHLAYMAN * BILIB OLDIM” treyningi muayyan
mavzular bo’yicha olgan bilim darajasini baholashga yordam beradi. Usuldan foydalanish
quyidagi bosqichlarda amlaga oshiriladi: olgan bilimi bo’yicha tushunchaga egalik darajasi
aniqlanadi; mavzu bo’yicha bilimlarni boyitishga bo’lgan ehtiyoji o’rganiladi; talaba olgan
bilimi bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildiradi va o’zi xulosa chiqaradi.
16-
LABORATORIYA M A SH G U LO T I. DORI VOSITALARNI T AHLILIDA
FARMAKOPEYA USULINI TANLASH. NAMUNA OLISH VA TA HLIL UCHUN NAMUNA
TAYYORLASH.
L aboratoriya mashg‘ulotining rejasi
1. Dori vositalarni tahlilida farmakopeya usulini tanlash.
2. Namuna olish va tahlil uchun namuna tayyorlash.
M ashg’ulotmaqsadi:
L aboratoriya m ashg’ulotini bajarish davridakutilayotgan natijalar:
-Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‘llaniladigan reaktivlar va reagentlar qo‘yiladigan talablar,
ularning turlari, tozalash va tayyorlashni o‘rganish
-Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan
tanishtirish.;
L aboratoriyam ashg'ulotlarinio'tkazishuchunzarurasbob-uskunalar:
Darslik,
ma’ruzamatni,
o‘quvqo‘llanmalar,xromatografik qog‘ozlar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar, chizg’ich, purkagich,
UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar,voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmalimateriallarlar,
skotch, qog‘oz
L aboratoriya jihozlari :Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
17- LABORATORIYA M A SH G U LO T I. Q O G ‘OZ XROMATOGRAFIYASI USULIDA
RUTINNI TAHLIL QILISH
L aboratoriya mashg‘ulotining rejasi
1. Qog‘oz xrom atografiya usuli haqida ma’lumot.
2. Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan
tanishtirish.
M ashg’ulot maqsadi: Talabalarni qog‘ozda bajariluvchi taqsimlash xromatografiyasi variantlari
bilan tanishtirish. Qog‘oz xromatografiyasidagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar haqida to‘liq
ma’lumot berish. Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‘llaniladigan xromatografik qog‘ozlarga
qo‘yiladigan talablar, ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‘ozlarni
tayyorlashni o‘rganish. Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash
imkoniyatlari bilan tanishtirish.
243
L aboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:
-
L aboratoriya
ishlar bajarish uchun qo‘llaniladigan xromatografik qog‘ozlarga qo‘yiladigan
talablar, ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‘ozlarni tayyorlashni
o ‘rganish
- Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan
tanishtirish.;
L aboratoriya m ashg'ulotlarini o'tkazish uchun z a ru r asbob-uskunalar:
Darslik, m a’ruza matni,
o ‘quv qo‘llanmalar, xromatografik qog‘ozlar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar, chizg’ich, purkagich,
UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmali materiallarlar,
skotch, qog‘oz
L aboratoriya jihozlari :
Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Qog‘oz xrom atografiyasida qo‘llaniladigan xrom atografik qog‘ozlarga
qo‘yiladigan talablar
Taqsimlanish xromatografiyasi usulida ishlatiladigan qog‘ozlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Qog‘oz kimyoviy toza b o ‘lishi, kimyoviy nuqtai-nazardan neytral bo ‘lishi, bir xil zichlikka ega
bo ‘lishi, erituvchilarni bir xil tezlikda harakatlanishini ta ’minlashi lozim bo ‘ladi. Bundan tashqari
qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz strukturasi, qog‘oz tolalarini joylashishi ham
asosiy talablardan xisoblanadi.
Dori vositalarini xromatografik tahlil qilishda qo‘llanadigan va sanoatda ishlab chiqarilgan
qog‘ozni turli reagentlar bilan ishlanadi. Masalan: ami-nosirka kislotasi, trilon B, 8-oksixinolin va
boshqalar. Bu reaktivlar qog‘oz tarkibidagi turli noorganik moddalar bilan kompleks birikmalar
hosil qiladi. Hosil bo ‘lgan kompleks birikmalar turli erituvchilar bilan yuvib tashlanadi.
Xromatografik qog‘oz sifatida maxsus tayyorlangan qog‘ozlardan tashqari zichligi yuqori
bo ‘lgan filtr qog‘ozlar, vatman xromatografik qog‘ozlarini ham ishlatish mumkin.
Odatda to‘rt xil xromatografik qog‘ozlar ishlab chiqiladi. N1,2,3,4. Ular tolalarini zichligi,
erituvchilarni qo‘zg‘alishi tezligi bilan bir-biridan farqlanadi.
N1,2 raqamli xromatografik qog‘ozlar zichligi kam bo ‘lgani uchun ular "tez",3, 4 raqamlilar
esa zichligi yuqori b o ‘lgani uchun "sekin" xromatogramma olinuvchi xromatografik qog‘ozlar deb
yuritiladi.
Xromatografik qog‘ozni asosan uni 1 m hajmini og‘irligi (gr.), qatlam qalinligi (mm), vaqt
birligida erituvchini, suvni hamda n-butanol - sirka kislotasi - suv (4:1:5) aralashmasini qo‘zg‘alish
vaqti xisobi bilan belgilanadi.
Aniq xromatogramma olishda, ya’ni moddalar aralashmasini aniq ajralishini ta ’minlashda
qog‘oz tolalarini erituvchini yurish yo‘li b o ‘yicha joylashishi katta ahamiyatga ega.
Qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz o ‘z tarkibida m a’lum miqdorda qo‘zg‘almas
faza ya’ni suv saqlashi lozim. Odatda xromatografik qog‘oz gidrofil bo ‘ladi, chunki qog‘oz tarkibida
20-22 % suv saqlaydi.
XROM ATOGRAFIK Q O G ‘OZLARNI GIDROFOBLASH
Suvda erimaydigan
moddalarni
ajratishda qog‘ozni gidrofil holatidan gidrofob holatiga
o ‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: qog‘ozni turli gidrofob moddalar bilan
shimdirish va qog‘ozni atsetillash.
Masalan: qog‘ozni 1% parafinni petroleyn efiridagi eritmasi bilan shimdirish, 0,5% kauchukni
benzoldagi eritmasi bilan shimdirish, 1-2% tozalangan o‘simlik yog‘ini etil efiridagi eritmasi bilan
shimdirish.
Qog‘ozni atsetirlash uchun uni atsetirlovchi aralashma bilan shimdiriladi. Atsetirlovchi
aralashma 90 ml sirka angidridi,10ml petroleyn efiri, 8-10 tomchi konsentrlangan sulfat kislota
aralashmasidan tayyorlanib, qog‘oz shu aralashmaga 45 daqiqaga bo ‘ktiriladi, so‘ngra uni olib, oqar
suvda 15 daqiqa davomida yuviladi, 10-15 daqiqa distillangan suvda qoldirilib, so‘ng yuviladi va
quritiladi.
244
Yuqoridagi usullarda ishlangan qog‘ozni gidrofobligi tekshiriladi. Buning uchun qog‘ozga bir
tomchi suv tomiziladi. Bunda suv tomchisi qog‘ozni namlamasdan uni yuzasidan oqib tushib ketishi
lozim.
Gidrofoblangan qog‘ozda bajariladigan xromatogramma asosan suvda erimaydigan yoki
yomon eriydigan moddalarga nisbatan keng qo‘llaniladi. Gidro-foblangan xromatografik qog‘ozda
qo‘zg‘almas faza sifatida qutbsiz erituvchi, qo‘zg‘aluvchi faza sifatida qutbli erituvchilar olinadi.
MODDALARNI XROM ATOGRAFIK Q O G ‘OZDA TAQSIM LANISH NAZARIYASI
Xromatografik qog‘oz o ‘z g ‘ovaklarida havodan shimilgan namlik xisobiga 22% gacha suv
saqlaydi. Ana shu namlik qog‘ozda qo‘zg‘almas faza vazifasini o ‘taydi.
Xromatografik jarayonni bajarish uchun zarur bo ‘lgan qog‘oz o ‘lchami qirqib olingach, uning
bir tomoniga (start), qirg‘og‘idan 2-3 sm yuqorida nuqtalar belgilanib, tekshiriluvchi namuna eritmasi
kapillyar naychalar yordamida shimdi-riladi, bunda shimilishdan hosil bo ‘ladigan namlik diametri
0,5 sm dan oshmasligi kerak. Nuqta qurigach xromatografik lenta avvaldan qo‘zg ‘aluvchi faza
porlari bilan 20-30 daqiqa davomida to ‘yintirilgan kolonkaga joylashtiriladi.
Xromatografik jarayon davomida nuqtaga shimdirilgan modda qo‘zg‘aluvchi fazaga o ‘tadi va
qog‘oz kapillyarlari bo ‘ylab turli tezlikda harakatlanadi.
Bunda moddalar qog‘ozdagi saqlagan namlik (qo‘zg‘almas faza) va erituvchi (qo‘zg‘aluvchi
faza) orasida qayta taqsimlanadi.
Moddalarni qog‘oz lentasi bo ‘yicha taqsimlanishi R f koeffitsenti bo ‘yicha aniqlanadi ( Rf-
qanday aniqlanadi).
R f qiymatiga qo‘zg ‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar hamda
aniqlanuvchi
moddalar xarakterlari, kameraning erituvchi sistema porlari bilan to ‘yinganligi, eksperiment olib
borish sharoitlari (harorat, bosim, namlik darajasi) ta ’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun R f qiymati nisbiy bo ‘lib, moddalar sifatini aniqlashda yo ‘naltiruvchi
ahamiyatga ega.
Q og‘oz xromatografiyasi variantlari bir tomonlama yuqoridan pastga, bir tomonlama pastdan
yuqoriga, ikki tomonlama xromatografik usulda, aylana
(radial) xromatografik usulda, qog‘oz
kolonkali xromatografiyasi hamda elektroforetik xromatografik taqsimlanish usullaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |