R e j a: Mахsus o’zgаruvchаn tоk mаshinаlаri


Fаza rostlagich (fаzoregulyator)



Download 357,2 Kb.
bet4/5
Sana26.04.2022
Hajmi357,2 Kb.
#584235
1   2   3   4   5
Bog'liq
Бир фазали асинхрон моторлар

Fаza rostlagich (fаzoregulyator). Fаzoregulyator (4,с-rasm) konstruksiyasi jihatidan fаza rotorli asinxron mashina bo‘lib, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining qiymati o‘zgartirilmagan holda uning birlam­chi kuchlanishga nisbatan fаzasini o‘zgartirib beradi. Uning induksion regulyatordan fаrqi shuki, fаzoregulyatorda rotor va stator chulg‘amlari o‘zaro elektr jihatdan ulanmagan, ya’ni transformator bog‘lanishga ega, shuning uchun ham uni ayrim holda buriluvchi transformator deb ataladi.
Ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi fаzasini rotorni statorga nisbatan burish bilan amalga oshiriladi (stator chulg‘amini birlamchi chulg‘am deyiladi).

4-rasm. Kuchlanishni induksion rostlagichning ulanish sxemasi (a) va vektor diagrammasi (b); fаzoregulyatorning ulanish sxemasi (с)

Agarda fаza rotorli asinxron mashinaning rotori va statorining bir xil fаza o‘qlari mos tushsa, aylanuvchi magnit oqimi stator va rotor chulg‘amlarini bir vaqtda kesib o‘tadi demak, hosil bo‘lgan EYK E1 va E2 larning fаzalari ham bir xil bo‘ladi. Rotorni u yoki bu tomonga  burchakka burib (4,c-rasm), kerak bo‘lgan EYK fаzasini olish mumkin, ya’ni:


. (6)
Fаza rostlagich avtomatikada fаza bo‘yicha xatolikni kompensat­siya­lash­da, boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda, elektr o‘lchov asboblari­ni tekshirishda va boshqalarda ishlatiladi.
Aylanuvchi (buriluvchi) transformator. Aylanuvchi transforma­tor o‘zgaruvchan tok elektr mikromashinasi bo‘lib, u rotorning burilish burchagini kuchlanishga aylantirib beradi va bu kuchlanish shu bur­chakka yoki uning biror bir funksiyasiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aylanuvchi transformatorning tuzilishi (5-rasm) xuddi fаza rotorli asinxron motorniki kabi bo‘ladi. Stator va rotorning har qaysiga bir-biriga nisbatan fаza 90 ga siljigan ikkita bir fаzali tarqalgan chul­g‘am­lar joylashgan. Magnit o‘zak bir-biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik po‘lat tunukalardan yig‘ilgan bo‘ladi.
Aylanuvchi transformator burilish yoki aylanish rejimida ishlashi mumkin.Burilib ishlash rejimida rotorning statorga nisbatan holati buradigan mexanizm (reduktorli ijrochi motor) yordamida o‘zgartiriladi.Bunda stator chulg‘amining bittasi – qo‘zg‘atish chulg‘ami (QCH) o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi, boshqa kompensatsiyalovchi chulg‘ami (K) esa qarshilikka ulanadi yoki qisqa tutashtiriladi.Ayrim hollarda statorning ikkala chulg‘amlari ham o‘zgaruvchan tok manbalariga mustaqil ravishda ulanadi.

5-rasm. Aylanuvchi transformatorning umumiy ko‘rinishi (a): 1 - korpus (tana), 2 - stator, 3 - stator chulg’ami, 4 - rotor, 5 - rotor chul ami, 6 - kontakt halqalar, 7 – cho‘tkalar; b - prinsipial sxemasi
Rotorning sinus (S) va kosinus (C) chulg‘amlari kontakt halqalarga cho‘tkalar orqali ulangan bo‘ladi. Aylanuvchi transformator uzluksiz aylanish ish rejimiga mo‘ljallanganda qo‘zg‘atish va kompensatsiyalov­chi chulg‘amlar rotorda, sinus va kosinus chulg‘amlar esa statorda joy­las­h­gan bo‘ladi.
Bunday holatda kompensatsiyalovchi chulg‘am qisqa tutashtiriladi, qo‘zg‘atish chulg‘ami esa ikkita kontakt halqa yordamida o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi.

Download 357,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish