2. Kondensatorli asinxron motor va uch fаzali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni bir fаzali manbadan ishlatish Kondensatorli asinxron motor. Bunday motorning statorida bir xil sondagi pazlarni egallagan va fаzoda bir-biriga nisbatan 90 elektr burchakka siljigan ikkita (normal rejimda «ishchi») chulg‘am bo‘ladi.Ayrim hollarda aylanma maydon olish uchun ishga tushirish paytida va birorbir yuklamada kondensatorlar parallel ulanadi. Yuklamada birta kondensator ishlasa ishga tushirishda ikkala kondensator ham ulanadi.Kondensatorli motorlarning FIK xuddi shunday quvvatli uch Fаzali asinxron motornikiga yaqin, cos esa hatto, katta ham bo‘lishi ham mumkin.
Uch fаzali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarni bir fаzali asinxron motor sifаtida ishlatish. Buning uchun uch fаzali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni 1-rasmdagi sxemalar asosida ulash kerak bo‘ladi. Bu sxemalar bo‘yicha motorni ulash uchun chulg‘amlarning 6 ta uchlari ham tashqariga (klemmalar qutisiga) chiqarilgan bo‘lishi lozim. Bu rasmdagi sxemalar bo‘yicha ishlayotgan motor bir fаzali motorga ekvivalent hisoblanadi. Uch fаzali motor bir fаzali motor sifаtida ishlaganda uning quvvati uch fаzali motor nominal quvvatining taxminan 70% ni tashkil qiladi. Bunday motorlar kichik yuklamada ishlaganda ularning texnik ko‘rsatkichlari nisbatan yomon bo‘ladi.
2-rasm. Kondensatorli asinxron motor sxemasi (a) va uning mexanik xarakteristikasi (b); uch fаzali asinxron motorni bir fаzali tarmoqdan ishlatishda stator chul amini ulash sxemalari (c); K - kalit
Sxemalardagi (2-rasm) ishga tushirish qarshiliklari (sig‘im va aktiv qarshilik) motor ishga tushirilgandan keyin uzib qo‘yiladi. Agar sig‘im motorning ish jarayonida ham sxemada ulanib qolsa uning yuklama rejimida ishlashini yaxshilaydi.
3. Maxsus maqsadli asinxron mashinalarning ba’zi turlari Ko‘pgina sohalarda umumiy maqsadli asinxron motorlar bilan bir qatorda maxsus maqsadli asinxron mashinalari ham ishlatiladi. Bunday maxsus mashinalarga asinxron chastota o‘zgartgich, fаza rostlagich, induksion regulyator, aylanuvchi (buriluvchi) transformator, selsinlar, chiziqli motorlar va boshqalar kiradi. Ular yordamida chastotani, fаzani va kuchlanish qiymatlarini rostlash; rotorning burilish burchagini shu burchakka yoki uning biror bir funksiyasiga mutanosib o‘zgaradigan kuchlanishga aylantirish; o‘zaro mexanik bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki bir nechta o‘qlarning sinxron burilishi yoki aylanishini ta’minlash; mexanik ob’ektlarning chiziqli yoki yoysimon siljishini amalga oshirish mumkin.