Go’yo yordamchisi qo’shma gapda komponentlarni biriktiruvchi grammatik vositalarnig biri sifatida xizmat qiladi.
Qo’shma gapdagi vazifasiga ko’ra u faqat yuklamagina emas, bog’lovchi – yuklama sanaladi. Chunki u ba’zan komponentlari –ganday (dek) yordamchisi orqali birikkan qo’shma gaplarning ergash gapi tarkibida yoki ta’kidlab ko’rsatadi. Ayrim hollarda u tahminan o’xshatish mazmunini ifodalovchi gaplarda ham qo’llanadi.
Shuningdek, -ganidek yordamchisi qo’llanmagan taqdirda u komponentlarni biriktiruvchi – bog’lovchi vazifasini bajaradi.
Misollar: Mana sho’x-sho’x oqayotgan buloq suvlari hayotbaxsh qo’shiqlarini aytib jildirab oqmoqda, go’yo ariq to’la suv, sevimli dehqonni chaqirayotganday har kuni saharda takror bo’ladigan do’stona uchrashuvini qumsayotganday tuyulardi (Sh.Rashidov). Shunday uxladiki, go’yo bu qumning ozgina harakati so’zni to’g’ri o’qishga zo’r halal berar edi (A.Qahhor).
Bu misollarning oldigisida go’yo yordamchisi o’xshatish ergash gapi tarkibida yuklamaga yaqin vazifani bajargan, keyingisida esa, qo’shma gap komponentlariga o’xshatish ottenkasini berib, ularni bir-biriga bog’lab kelgan – bog’lovchi vazifasida qo’llangan. Quyidagi qo’shma gaplar tarkibida go’yo so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llangan: Siz kirdingiz-u, go’yo harobaga oftob tushdi (S.Abdulla). Traktor biroz yurdi, go’yo dala qashlandi. O’qidim…go’yo dimog’imga urildi kelib, Farg’onada o’sgan gullarning hidi. Keyingi gapda go’yo bog’lovchisini qo’llamasak, ergash gap bosh gapni o’xshatish orqali aniqlamay, uning natijasini bildiradi – natija ergash gapli qo’shma gap hosil qilingan bo’ladi.
Go’yo yordamchisi ergash gap oldida kelib, real o’xshatish yoki real bo’lmagan, taxminiy, faraz qilingan, ba’zan, xayoliy o’xshatishni bildiradi.
Yerga qo’yishga ham ayaysan, kishi, Go’yo sinmasin deb baldoqda yoqut (H.G’ulom).
Ertaga nikoh bo’ladi, go’yo men uning xotini (Oybek). Poytaxtimiz osmonida salyut porlar gumbirlab, go’yo yulduz ehtiromla yo’limizga to’kildi (X.Sharipov).
Bosh gapga bu xil birikkan ergash gaplarning kesimi fe’l yoki ot kesim bo’lishi mumkin: O’lkani qoplagan o’yin va kulgi, go’yo dalalarda, vodiylarda to’y (Uyg’un). Chaqaloq qiyqiradi, go’yo u o’z-o’zini olqishlaydi (Said Ahmad).
Go’yo yordamchisi faqat o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagina qo’llanmay, boshqa ergash gaplarga ham noaniqlik, taxmin yoki gumon ottenkalarini berib, ularni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vositalar bilan birga qo’llanadi:
to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida kelib,bajarilishi gumon tutilgan, oaniq voqeani ifodalovchi ergash gapni bosh gapga bog’lashda ki yordamchisi bilan birga ishtirok etadi.
Misollar: Toshmuhammedov bora-bora shu narsaga ko’nikib qoldiki, go’yo mahalla aholisi uning butun maishatini ko’tarishi, oilasini tebratishi kerak emish («Mushtum» jurnali).
2) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida kelib, ergash gap bosh gapdagi predmetni o’xshatish yo’li bilan aniqlaydi.
Misollar: Unda shunday tuyg’u bor ediki, go’yo u osmonni ham aldaganday edi (G.Nikolayeva).
3) sabab ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida qo’llanib, noaniq, taxminiy sababni ifodalovchi ergash gapni bosh gapga bog’lashda xizmat qiladi.
Misollar: Hojiya go’yo faqat Ruzvon xolla uyida bo’lmagani uchungina ketmoqchi bo’ldi (A.Muxtor).
4) to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap tarkibida kelib, bosh gapdagi voqea faraz qilish yoki o’xshatish orqali izohlaydi.
Misol: Hali hech narsa gullagan bo’lmasa ham, go’yo uzoqdan gul hidi kelardi (P.Qodirov).
ko’chirma gapli qo’shma gap shaklida tuzilgan gaplar tarkibida kelib, ko’chirma gap mazmunini taxminiy yoki noaniq ekanligini ko’rsatadi. Ko’pincha bunday ko’chirma gaplar aytilgan fikrni emas, faraz qilingan, o’ylangan, xayol qilingan fikrni ifodalaydi.
Misol: Uning chiroyli, atir gulga o’xshagan yuzlari, uch kunlik oyni eslatuvchi qayrilma qoshlari, uzundan-uzun kipriklari, katta-katta hamisha kulib turgan ko’zlari go’yo nega jim turibsan? Nega bir so’z aytmaysan? Nega pokiza sevging to’g’risida lom-lum demaysan? deya so’roqlayotganday tuyulardi (Sh.Rashidov).
6) go’yo yordamchisi ba’zan bog’langan qo’shma gaplar tarkibida kelib, qo’shma gapning mazmunidan faraz yoki taxmin ma’nolari anglatilganligini bildiradi.
Misollar: Go’yo chiroq o’chdi-yu, qorong’ida u ko’rinmay qoldi (S.Anorboyev).
Go’yo yordamchisi ki elementi bilan birga go’yo shaklida ham qo’llanadi: o’qidim..go’yoki quloqlarida yangradi do’stlarning quvnoq kulgisi.
Xuddi yordamchisi ham go’yo so’ziga o’xshash o’xshatish yoki voqea-hodisalarning yuzaga kelishiga biroz ishonchsizlik, gumon bilan qarash ma’nolarini bildiradi.
Xuddi so’zi ishtirok etgan komponentlarning ham kesimlari ko’pincha –ganiday (dek) affikslarini olib, bosh gapga bog’lanib keladi.
Misollar: Latofat xuddi orqasidan birov quvlab kelayotgandek o’z xonasiga tez kirib ketdi. Kampir xuddi hozir o’g’li kelini bilan qo’l ushlashib kelayotganday, eshikka qaradi (A.Qahhor). Naimiy xuddi chayon chaqqanday sakrab o’rnidan turdi (A.Muxtor).
Toki yordamchisi to affiksi+ki yordamchisi shaklida tuzilgan bo’lib, yuqoridagi yordamchi so’zlarga o’xshash bog’lovchi – yuklama sanaladi.
Bu so’z komponentlari deb yordamchisi orqali birikkan qo’shma gaplar tarkibida kelib, yuklama vazifasini bajaradi.
Deb yordamchisi qo’llanmagan qo’shma gaplar tarkibida kelib, undagi komponentlarni biriktirish uchun xizmat qiladi – bog’lovchi bo’lib keladi.
Toki yordamchisi quyidagi ergash gaplarni bosh gapga biriktirish uchun xizmat qiladi:
1) Maqsad ergash gap bosh gap bilan toki yordamchisi orqali birikadi. Bunday qo’shma gaplarda ham ergash gapning kesimi fe’lning buyruq mayli formasida, bosh gapning fe’l kesimi esa, harakat nomi formasida kelib, kerak, lozim, zarur kabi so’zlar bilan birga qo’llanadi.
Komponentlari toki orqali birikadigan qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Masalan: Ertaga artelda ham, klubda ham butun xotinlarni yig’ib, voqeani aytib beramiz, ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida kelib, toki bu qabihlikni hamma bilsin (A.Muxtor).
Mazmunidan maqsad va sabab ma’nolari anglashilgan ergash gap bosh gap bilan toki yordamchisi orqali birikadi.
Misollar: Yaxshilab ta’zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna bo’lsin (P.Tursun).
Bu shaharlarga ba’zi korxonalarni ko’chirish lozim, toki mehnatkashlar bu korxonada ishlasinlar (Gazetadan).
Ba’zan payt ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida ishlatiladi. Bunday qo’shma gaplarda ergash gapning kesimi tarkibida –(a)r ekan yordamchisi ishlatilgan bo’lib, toki so’zi shu ergash komponentning oldida keladi. Bunday payt ergash gapdagi yordamchilar rus tilidagi noka so’ziga yaqin ma’noni bildiradi.
Misol: Toki jonim bo’lar ekan tanamda
Do’stlik kuyin kuylay ulug’ vatanda.
Do'stlaringiz bilan baham: |