R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad


Mavzu :  Radioaktiv  zararlanish va ularni oqibatlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/91
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#224507
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
hayotiy faoliyati xavfsizligi fani maqsadi va vazifalari tabiiy

     Mavzu :  Radioaktiv  zararlanish va ularni oqibatlari 

         REJA : 

1.Rdiasiyaviy  holat va uni boxolash. 

2.Radiasiyaviy xavfning  odamlarga  va xalq  xo‘jaligiga ta'siri. 

3.Yadroviy portlashning zararli omillari. 

4.Nurlanish kasalligi va uning darajalari. 




 

  Radiasiyaviy  holatlar  va  ularning  xavfsizligi  bo‘yicha  O‘zbekiston 

Respublikasining 2000 yil 31 avgustda "Radiasiyaviy xavfsizlik to’g’risida" gi  

qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning  maqsadi insonlar xayoti, sog‘lig‘i va  mol-

mulki, 

shuningdek, 

atrof-muhitni 

ionlashtiruvchi 

nurlanish, 

radioaktiv 

ifloslanishlarining  zararli    ta'sirlaridan  muhofaza  qilishni  ta'minlash  bilan  bog‘liq 

masalalarni tartibga solishdan iborat. 

  Radiasiyaviy  holat  deganda  ,joylarni  radioaktiv  zararlanish  darajasi  va 

o‘lchami tushunilib, bu aholining yashashiga xamda xalq xo‘jaligi ishlab chiqarish  

ob'ektlarida ishlashlariga ta'sir etadi. 

  Qonunga  radiasiyaviy  xavfsizlikka  doir    yangi  taxrirdagi  tushunchalar  ham 

kiritilgan, jumladan: 

  Ionlashtiruvchi  nurlanish  -  radioaktiv  parchalanishda  ,  yadroviy 

yemirilishlarda, 

moddadagi 

zaryadlangan 

zarrachalar 

xarakatlanishini 

sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta'sir etish chog‘ida har 

xil  qutbli  ionlarni hosil qiladigan nurlanish; 

  Ionlashtiruvchi  nurlanish  manba  i-  o‘zidan    ionlashtiruvchi  nurlarni 

chiqaruvchi qurilma yoki radioaktiv modda; 

  Radiasiyaviy  avariya  -  uskuna  nosozligi,  xodimlarning  xatti-xarakatlari 

tabiiy  va  texnologik  xususiyatli  FV  tufayli  kelib  chiqqan,  fu1arolarning 

belgilangan  me'yordan  ko‘proq  nurlanish  olishga  yoki  atrof-muhitning  radioaktiv  

ifloslanishiga    olib  keluvchi  yoxud  olib  kelgan  ionlashtiruvchi  nurlanish  manbai 

ustidan boshqaruvning izdan chiqishi; 

  Radiasiyaviy xavfsizlik-fuqarolarning va atrof-muhitning ionlashtiruvchi  

nurlanishning zararli ta'siridan muhofazalanganlik holati; 

  Yadroviy  xavfsizlik  -  yadroviy  materialdan  xavfsiz  foydalanishni   

ta'minlovchi chora-tadbirlar majmui; 

  Kuzatuv zonasi-Radiasiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-muhofaza 

zonasidan tashqaridagi  xudud. 

  Bir  qancha  ilmiy-tekshirish  muassasalarida  va  sanoat  korxonalarida  xar  xil 

maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan  foydalaniladi. 

  Masalan    mashinasozlik  sanoatida  radioaktiv  moddalardan  quyma 

detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning  sifatini 

aniqlashda keng qo‘llaniladi. 

  Kristallsimon  moddalarning  tarkibini  tahlil  qilish,  ishlab  chiqarish 

jarayonlarini  nazorat  qilish  va  avtomatlashtirishda  ham  radioaktiv  nurlar  yaxshi 

natija beradi. 




  Er  osti va yer usti yadro portlashlari natijasida radioaktiv moddalar  havo va 

tuproq  maxsulotlari  bilan  aralashadi,  so‘ng  havo  oqimi    bo‘ylab  xarakatlanib, 

sekin-asta yerga tushadi.Bunda  ko‘zga ko‘rinmaydigan radioaktiv  zararlanish izi 

hosil    bo‘ladi,  bu  iz  qanchalik    ko‘p    bo‘lsa,  insonlarning    yashashlari    va 

ishlashlari  uchun shuncha uzoq vaqt xavf tug‘diradi. Xuddi shunday holat yadro 

zaryadi bilan ishlaydigan tarmoqlarda (AES, gamma nuridan foydalanadigan ilmiy 

labarotoriyalarda)  avariya  natijasida  ham  kuzatilishi  mumkin.Jumladan,  1986 

yildagi Ukrainani Chernobil AES da ga avariya oqibatida to‘rtinchi energoblokdan  

chiqqan   radioaktiv   moddalar   30 km  .li masofagacha tarqalib, u  yerdagi    jamiki  

ob'ektlarni  (atrof-muhitni  ,  insonlarning  yashash-ishlash  joylarini  kiyim-

kechaklarini,  moddiy  resurslarni,  suvni  va  boshqalarni)  shikastlagan.  Yana  bir 

daxshatli holat 2011yil 11martda Yaponiyada  magnitudasi 9 ga teng bo‘lgan yer 

silkinishi oqibatida "sunami" bo‘lib, Fukusima shaxardagi AES da  portlashlar yuz 

berdi.  Buni    oqibatida  atrof-muhitga  meyoridan  ortiqcha  iod    va  seziy  izotopi  bir 

necha yuz marotaba ko‘p  tarqaldi va Tinch okeanga tarqalishi kuzatildi.Yaponiya 

xalqi  nafaqat  yer  silkinishidan, radiasiyaviy  zararlanishlardan qo‘rqdi.Fukusima 

AES  ida        30  dan  ortiq  qutqaruvchilar  xalqini  og‘ir  vaziyatidan  qutqarish 

maqsadida, o‘zligi bilgan xolda yillik radiasiyani kuniga oldi. 




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish