R e f e r a t mavzu: Psixodiagnostika metodlari. Ekspert baholash metodi Bajard: 9-2pss-20 Davronova S. K



Download 480,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi480,41 Kb.
#260581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Eekspert baholash metodi

Kuzatish.  Ilmiy  emperik  metod  sifatida  19  asrning  oxiridan  boshlab  ijtimoiy, 

pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng 




qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng 

qo’llanilmoqda.  Kuzatish  uchun  eng  muhim  jihat  bu  tashqi  validlikning  saqlanib 

qolishidir. 

Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, 

kuzatish  kuzatilayotgan  shaxslarning  odatdagi  xulq-atvorlarini  o’zgartirmaydi. 

Kuzatishni  bitta  odam  ustida  xam  va  bir  gurux  shaxslar  ustida  xam  olib  borish 

mumkin.  Bu  metod  bolalar  bog’chasi  guruxlaridagi  yoki  maktab  sinfidagi 

bolalarni    o’rganish  uchun  qulaydir.  Kuzatish  metodining  kamchiligi  uning 

anchagina  mehnat  talab  qilishidir.  Tadqiqotchi  psixologni  xulq-atvorning  istalgan 

qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon 

bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik 

xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan 

tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd 

qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga 

ishonch hosil qilishi kerak. 

Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli 

bo’lmagan  kuzatish  maydon  tadqiqot  jarayonida  o’tkazilib,  etnopsixologiya, 

rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi. 

Tizimli  bo’lmagan  kuzatuvni  o’tkazayotgan  tadqiqotchi  uchun  sababli 

bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki 

gurux  xatti-  harakatlarining  qandaydir  umumlashgan  manzarasini  yaratish  muhim 

hisoblanadi. 

Tadqiqotchi  qayd  etilayotgan  xulq-  atvorning  o’ziga  xos-xususiyatlarini 

(o’zgaruvchilarni) ajratib k o’rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi. 

Tizimli  kuzatishning  rejasi  eksperimentning  chizmasiga  yoki  korrelyatsion 

tadqiqotga mos keladi. 

Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud. 

Birinchi  turida  tadqiqotchi  (yoki  tadqiqotlar  guruxi)  maksimal  batafsil  kuzatish 

uchun t o’g’ri keladigan xatti- xarakatning barcha o’ziga xosliklarini qayd etadi. 



Ikkinchi  turida  esa  (tanlovni)  tadqiqotchi  o’z  e`tiborini  faqatgina  xulq-atvorning 

aniq biror parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi. 

Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o’lishi chastotasini yoki ona-bolaning 

kun davomidagi o’zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi. 

Kuzatish  bevosita  yoki  kuzatuv  asboblaridan  foydalangan  holda  o’tkazilishi 

mumkin. 


Ularning  qatoriga  audio  va    video  apparatlar    o’ziga  xos  kuzatish  apparatlari  va 

xokazolar kiradi. 

Kuzatish  natijalarining  fiksatsiyasi  (qayd  etilishi)  kuzatuv  jarayonida  yoki 

vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin. 

Vaqt  o’tgandan  so’ng  natijalarning  qayd  etilishida  kuzatuvchi  xotirasining 

ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi, 

shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi. 

Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Agar individ yoki gurux o’zining  kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning 

xulq-atvori o’ zgaradi. 

Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo’lsa, agarda u obro’li 

b o’lsa hamda sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u 

holda  Yuqorida  aytilgan  effekt ortadi.  Faollashtirilgan  kuzatuvning ikkita varianti 

bor: 


1.Kuzatuvchilar  o’zlarining  xulq-  atvorlari  tadqiqotchi  tomonidan  qayd 

etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi 

ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda). 

2.Kuzatuvchilar    o’zlarining  xulq-  atvorlari  qayd  etilayotganligidan  bexabar 

bo’ladilar  (masalan  xonada  o’ynayotgan  bolalar,  bu  xonaning  bir  devori  -  gazzel 

oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar). 

Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 

Ø    Kuzatish         predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux), 

vaziyat aniqlanadi. 

Ø    Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi 




Ø    Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti) 

Ø    Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi 

Ø    Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi 

Kuzatish metodining kamchiliklari: 

Birinchi  navbatda  kuzatuvchi  tomonidan  yo’l  qo’yilgan  barcha  xatoliklar 

kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok 

qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi. 

U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o’zgarishlarni payqamay 

qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar. 

A.A.Ershov (1977Y) kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib 

ko’rsatadi: 

1.        Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko’p 

idrok qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi. 

2.        Bo’lib o’tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi. 

3.                Markaziy  tendentsiya  xatoligi.  Kuzatuvchi  kuzatilayotgan  xulq-

atvorga o’rtachalashgan bahoni berishga intiladi. 

4.                Korreleltsiya  xatosi.  Xulq-atvorning  bir  belgisini  baxolash  boshqa  bir 

kuzatilayotgan belgining asosida bo’ladi. 

5.        Kontrast xatolik. 

Kuzatuvchining o’zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi       bo’lgan xususiyatlarni 

kuzatuvchilarda ajratib ko’rsatilishi. 

6.        Birinchi taassurot xatoligi. 

Ammo ushbu kamchiliklarga qaramay, kuzatish juda zarur metod hisoblanadi. 

Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo’lishi hamda eksperimentlash 

jarayoniga kiritilgan metod tarzida ko’rilishi mumkin. 


Download 480,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish