R e f e r a t mavzu: Psixodiagnostika metodlari. Ekspert baholash metodi Bajard: 9-2pss-20 Davronova S. K



Download 480,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana31.12.2021
Hajmi480,41 Kb.
#260581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Eekspert baholash metodi

So‘rovnomalar turi 

Savolnomali  psixodiagnostik  metodlar  maxsus  standart  bo‘yicha  tanlab  olingan 

savollarga yozma  og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi 

mavjud:  anketa,  savolnoma,  intervYu.  Sinaluvchi  savollarga  javob  berishidan 

tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi. 



Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar 

ochiq va yopiq usulda bo‘ladi. 

Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar 

deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish 

qiyin». 

Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu 

javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi. 

Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  aks  ettiruvchi  savollar  hamda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yo‘naltirilmagan  savollar 

usulida  bo‘lishi  mumkin.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  yo‘naltirilgan  savollarga  sinaluvchi 

o‘zida  u  yoki  bu  psixologik  sifatlarning  ko‘rinishlari  bor    yo‘qligi  haqida  javob 

beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan 

xususiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining 

bu  xususiyati  psixologik  taraqqiyotini  o‘rganishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Masalan, 

shaxs  sifatlaridan  «xavotirlanish»ni  diagnostika  qilish  uchun  savollarga  murojaat 

qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik): 

Ochiq  savol:  «Kuchli  xavotirlanish  holatiga  tushib  qoladigan  hodisalar  haqida 

gapirib bersangiz». 

Yopiq  savol:  «Siz  ko‘p  hollarda  xavotirlanish  holatida  bo‘lasizmi?  Quyidagi 

javoblardan birini tanlang va belgilang «ha», «yo‘q», «ba'zan», «bilmayman». 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri  yo‘naltirilgan  savol:  «Sizda  xavotirlanish  degan  shaxs  sifati 

mavjudmi?». 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati 

vujudga keladimi?». 

Yozma savolnomalardan tashqari, og‘zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu 

deb Yuritiladi. Unda psixolog sinaluvchiga o‘zi savol berib, o‘zi javoblarni yozib 

boradi, bu savollar oldindan aniqlanib, tayyorlab qo‘yiladi ular xuddi yozma savollar 

tipidagi kabi bo‘lishi mumkin. 

Psixodiagnostik  metodlardan  yana  biri  faoliyat  mahsullarini  analiz  qilish  orqali 

kontent-analiz  hisoblanadi.  Kontent-analizning  vazifasi  shundan  iboratki,  u 




kishining psixologik tavsifini aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, 

asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali o‘rganishga qaratilgandir. 

Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari shundan iboratki, 

sinaluvchining  biron-bir  xususiyatini  baholashda  maxsus  psixodiagnostik 

eksperiment ishlab chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir 

qancha  tibbiy  voqeliklarni  o‘z  ichiga  oladi,  ya'ni  bu  hodisalar  sinaluvchining 

o‘rganilayotgan  xususiyatini  namoyon  qilish  hamda  bu  sifatning  taraqqiyotini 

baholash  va  belgilashning  standart  metodikasini  ishlab  chiqishga  qaratilgan. 

Psixodiagnostik  eksperimentni  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  natijasida  tadqiqotchi 

o‘zini  qiziqtirayotgan  muammolar,  bo‘yicha  maxsus  tarzda  tashkil  qilingan 

eksperimental tadqiqotda sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega 

bo‘ladi.  Masalan,  tadqiqotchini  shaxs  sifatlaridan  xavotirlanish  muammosi 

qiziqtiradi.  Bu  holda  diagnostik  eksperiment  quyidagi  tarzda  olib  boriladi. 

Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi  qandaydir murakkab 

ishni vaqt tig‘izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni 

bajarayotgan paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib 

va belgilab borilishi mumkin. 

Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‘llanishi haqida 

ma'lumotlar berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishi 

uchun,  albatta,  ushbu  psixodiagnostik  metodlarni  o‘zlashtirishi  va  amaliyotda 

foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi shart 

Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan 

o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi. 

Eksperimental  tadqiqot  sharoitida  yuqoridagi  belgilarning  mavjudligi  so‘zli, 

predmetli va psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda 

olingan  ma'lumotlarni  sifatiy  tahlil  qilish  va  ularni  boshqa  metodlardan  olingan 

natijalar bilan bog‘lash zarur. 

Psixologik  diagnostikada  metodikalarning  ishonchliligi  muhim  hisoblanadi. 

Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‘lik to‘g‘riligini 

ko‘rsatadi».  (A.Anastazi).  Har  qanday  metodikaning,  testning  ishonchliligi 




o‘rganilayotgan  psixologik  xususiyatlarning  ularda  aks  etishi  nuqtai  nazaridan 

to‘g‘ri qo‘llanishini xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak 

(L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989). 

Shunday  qilib,  maqsadga  muvofiq  tanlangan  metodika  va  testlar  psixik  faoliyat 

ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. 

Bolalar  ustida  psixologik  tadqiqotlar  o‘tkazish  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki, 

qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik 

jarayonlarni  o‘rganish  metodikalariga  ajratish  mumkin.  (L.I.Poperechnaya  1978; 

L.A.Venger,  V.V.Xolmovskaya  1978;  Z.I.Kalmikova,  1982;  V.M.Bleyxer, 

I.V.Kruk,  1986).  Masalan,  bola  xotirasi  haqida  faqat  bir  metod  asosida  xulosa 

chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu 

bilan  bir  vaqtda,  har  bir  eksperimental  metodika  o‘zining  asosiy  yo‘nalishidan 

tashqari  (ya'ni  shaxsning  ma'lum  xususiyatini  o‘rganishdan  tashqari)  psixikaning 

boshqa  xususiyatlarining  holati  haqida  ba'zi  ma'lumotlar  beradi.  Masalan:  bolaga 

berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, 

balki  ixtiyoriy  diqqati,  harakatlarining  maqsadga  yo‘naltirilganligi,  ularning 

sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi. 

Psixologik-pedagogik 

tadqiqotning 

sifati 


eksperimentda 

qo‘llaniladigan 

metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar bilan 

tadqiqot o‘tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun 

bir  tadqiqot  o‘tkazganda,  tadqiqot  vazifalariga  bog‘liq  ravishda  tanlangan  5  –  7 

metodikadan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Bir  necha  bosqichda  o‘tkaziladigan 

tadqiqotlarda  ko‘proq  metodikalardan  ham  foydalanish  mumkin.  Eksperimental 

tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola 

bilan  qanchalik  yaxshi  munosabatda  bo‘lsa,  bola  topshiriqni  shunchalik  yaxshi 

bajaradi. 

Tadqiqot  o‘tkazish  uchun  eksperimental  metodikalarni  tanlashda  quyidagilarni 

e'tiborga olish zarur: 

a)                  tadqiqot  maqsadi  –  psixik  taraqqiyot  darajasini  aniqlash, uning  yoshiga, 

ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash; 




b)                  sinaluvchining  yoshi  va  uning  hayot  tajribasi,  unga  ta'lim  va  tarbiya 

berilayotgan sharoit; 

v)         bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal 

aloqa o‘rnatish xususiyatlari. 

Bolaga  tanlangan  eksperimental  psixologik  metodikalarni  qiyinligi  o‘sib  borish 

darajasida berish kerak. 

Shunday qilib, ushbu  mavzuda metod va metodika, standartlashtirilgan  metodlar, 

testlar, ularning turlari, so’rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik. 



 

Download 480,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish