10.6. Xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash metodlari
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini
kalkulatsiyalash usullari deganda xarajatlarning kalkulatsiyalash
obyektlari bo‘yicha analitik hisobi usullari va mahsulot(ish, xizmat)lar
tannarxini hisoblash amallari tushuniladi.
Korxonalarda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xiz-
mat)lar tannarxini kalkulatsiyalashning quyidagi usullari qo‘llaniladi
(10.9-rasm).
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini
kalkulatsiyalash usullari korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi
lozim. U korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, qo‘llanilayotgan
texnologiyalar, mahsulotlar assortimenti va hokazolarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |