R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Bob Kitobiy olimlik- ziynat, ammo u poydevor



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/338
Sana31.05.2023
Hajmi8,08 Mb.
#947012
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   338
Bog'liq
4e77da28b2343f76b7a96823a4b8cac2 Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Bob
Kitobiy olimlik- ziynat, ammo u poydevor 
emas. 
M.Monten
 
KORXONANING HISOB 
SIYOSATI 
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz: 
- hisob siyosatining mohiyati, vazifalari va normativ 
– 
huquqiy asoslari; 
- hisob siyosatini shakllantirish jarayoni
- hisob siyosatini shakllantirish prisiplari 
to`grisida 
bilimlarga

- b
uxgalteriya hisobining uslubiy ta’minotini; 
- b
uxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini; 
- b
uxgalteriya hisobining texnik ta’minotini; 
- hisob siyosatini shakllantirish hamda unga 
o‘zgartirishlar 
kiritish
ko`nikmalariga ega bo`lasiz.


393 
15-bob. KORXONANING HISOB SIYOSATI
 
Kitobiy olimlik- ziynat,
ammo u poydevor emas. 
M.Monten
 
15.1. Hisob siyosatining mohiyati va vazifalari 
 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish usullarining 
tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini 
dastlabki kuzatish (
hujjatlashtirish va inventarizatsiya
), qiymat o‘lchovida 
ifodalash (
baholash va kalkulatsiya
), joriy guruhlash (
schotlar va 
ikkiyoqlama yozuv
) va yakuniy umumlashtirish (
balanslashtirish va
hisobot
)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil 
korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, 
kalkulatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va hokazolarning 
muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini 
shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi. 
Hisob siyosatining asosiy vazifasi 
– korxona faoliyatini yuqori darajada 
obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq 
va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat. 
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
­
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq 
aks ettirish (to‘liqlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili); 
­
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va 
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin 
rezervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib 
chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan 
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan 
ustuvorligi tamoyili); 
­
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va obo-
rotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik 
tamoyili); 


394 
­
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan 
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik 
tamoyili). 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan 
hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, 
buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt uchun hisob yuritish 
usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi mumkin. Har ikkala 
holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya 
hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu 
quyidagilarni bildiradi: tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning 
barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilganlari ham 
qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish 
mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan 
usulni, agar boshqachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; 
masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul – 
tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish 
me’yoriga qarab aniqlanadi. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish