242
baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni
tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
9.2-rasm. Materiallarni kirim qilishda baholash usullari.
9.3. Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga
muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri
bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i
bilan
15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y.
ro‘yxatga olingan) (9.3 - rasm).
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy
zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi
partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa.
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmat-
baho
metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini
bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda
maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydala-
niladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiya-
langan tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning
alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljal-
Materiallarni kirim qilishda baholash
usullari
Sotib olingan
materiallar xarid bahosi va
keltirish xarajatlarini qo‘shgan holda
Debitor qarzni qoplash uchun sotilgan tovarlar
qiymati bo‘yicha
Korxonada tayyorlangan materiallar haqiqiy
tannarxi bo‘yicha
Sifati buzilgan yoki ma’naviy eskirgan
materiallar sotish mumkin bo‘lgan
bahoda
Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan
materiallar ta’sischilar kelishgan bahoda
Balansdan tashqari schotlarga qabul qilinganda
shartnoma
bahosida
Tekinga olinganda bozor bahosi bo‘yicha
Valuta sotib olinganda shu sanadagi O‘zR MB
kursi bo‘yicha
243
langan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan
qat’i nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining
qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan
qiymatidan va davr davomida sotib olingan
yoki ishlab chiqarilgan
o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli
bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning
umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy
tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar
tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan
miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha
miqdor korxona tomonidan
tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi
Do'stlaringiz bilan baham: